04.12.2009 yildagi 693-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari qabul qilinsin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga, aholining daromadlar darajasi va turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda qabul qilingan, iqtisodiy oʻsishning uzoq muddatli barqaror surʼatlariga hamda iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishiga erishishni nazarda tutadigan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi taʼsirining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida investitsiya va innovatsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish orqali iqtisodiyotda uning yetakchi tarmoqlari ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirishga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgartirishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish dasturlarini bajarishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi turmush farovonligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan davlat xarajatlarining, shu jumladan taʼlimni rivojlantirishga, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qilinadigan xarajatlarning ustuvorligini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek mamlakatni modernizatsiya qilish, bandlikni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmat koʻrsatish sohasini va kichik biznesni jadal rivojlantirish choralarini amalga oshirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilashga, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga hamda yangi ish oʻrinlari yaratishni ragʻbatlantirishga koʻmaklashuvchi iqtisodiyot zimmasiga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq maʼmuriyatchiligi tizimini yanada soddalashtirish, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning 2008 — 2012-yillarga moʻljallangan davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlarning dotatsiyaga bogʻliqligini kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qattiq nazorat qilib borilishini taʼminlash, budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi moliyalashtirishning normativ usullarini joriy etishni kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish ishlarini davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti taqchilligini 2010-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablagʻlari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qattiq va taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
693-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 12-son, 478-modda)