31.12.2014 yildagi -son
XPK 149-moddasining uchinchi qismiga asosan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
XPK 124-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Vaholanki, XPK 149-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.
3. XPK 149-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.
XPK 149-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishi lozimligi belgilangan.
XPK 149-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.
Vaholanki, XPK 149-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa,hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.
XPK 90-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, xo‘jalik sudi tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni o‘z joyida ko‘zdan kechirish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summa, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
XPK 90-moddasi birinchi qismining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, pochta xarajatlari ham sud xarajatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Da’vogar sudga ariza bilan murojaat qilib, sud hujjatini XPK 150-moddasiga asosan tushuntirib berishni so‘ragan. Bunga asos qilib javobgar vakili O‘zbekiston Respublikasi hududida emasligi, hal qiluv qarorining xulosa qismida aksiyalarni jamiyatning o‘zbek aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanishi ko‘rsatilmaganligi, bu esa sud hujjatini ijro etishda qiyinchilikka olib kelishini ko‘rsatgan. Shuningdek, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariyasi” davlat korxonasiga tegishli ko‘rsatma berishni so‘ragan.
XPK 150-moddasining birinchi qismiga ko‘ra hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, nizoni hal qilgan xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki sud ijrochisining arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga haqlidir.
XPK 142-moddasining birinchi qismiga binoan javobgar zimmasiga mol-mulkni berish yoki pul summasini undirish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori qabul qilinganida xo‘jalik sudi uning xulosa qismida shu harakatlarni kim, qayerda, qachon yoki qaysi davr mobaynida bajarishi shartligini ko‘rsatadi.
XPK 151-moddasining birinchi qismiga ko‘ra xo‘jalik sudi ish ko‘rishni keyinga qoldirganda, ish yuritishni to‘xtatib turganda, tugatganda, da’voni ko‘rmasdan qoldirganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga binoan alohida hujjat tariqasida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Mazkur holatda, sud yozuvdagi xatoni tuzatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarishda XPKning ushbu talablariga rioya qilmagan. Ajrimning kirish qismida “sudya viloyat xo‘jalik sudining 11-1405/15273-sonli ishi yuzasidan 2014-yil 14-iyulda qabul qilingan hal qiluv qarorini o‘rganib chiqqanligini”, bayon qismida “hal qiluv qaroridagi “Zangiota tumani” so‘zlari o‘rniga texnik xatolik tufayli “Parkent tumani” so‘zlari yozilganligi”, asoslantiruvchi qismida esa XPK 150-moddasining birinchi qismining matni keltirilib, “texnik xatolikni tuzatish lozimligi”, xulosa qismida “hal qiluv qaroridagi “Parkent tumani” so‘zlari “Zangiota tumani” so‘zlariga tuzatilishi” ko‘rsatilgan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 14-bandining yettinchi qismiga ko‘ra, undirilishi ko‘rsatilgan pul mablag‘i miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat, agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi bo‘lgan holda yo‘l qo‘yiladi.
XPK 150-moddasining birinchi qismiga ko‘ra hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, nizoni hal qilgan xo‘jalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki sud ijrochisining arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda, tuzatishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandining birinchi qismiga ko‘ra undiruvni garov narsasiga sud tartibida qaratishda sudning qarorida garovdagi mol-mulkning nomi, joylashgan joyi, garov shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordagi boshlang‘ich sotuv bahosi ko‘rsatilishi lozim.
Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandining ikkinchi qismiga ko‘ra garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymati yuzasidan nizo vujudga kelgan hollarda, u taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha tayinlangan mutaxassis (ekspert)ning xulosasiga ko‘ra belgilanadi. Bunda mutaxassis (ekspert) sifatida baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ham jismoniy, ham yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
Qayd etilgan Plenum qarorining ikkinchi qismi mazmunidan ko‘rinib turibdiki, garovga qo‘yilgan mol-mulkning boshlang‘ich bahosi taraflar o‘rtasida muhokama qilinishi kerak. Agar uning qiymati yuzasidan nizo kelib chiqsa, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Vaholanki, XPKning 153-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksga muvofiq, ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
12. XPK 150-moddasining uchinchi qismiga asosan hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
XPK 150-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga binoan hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
2014-yil 10-noyabrda sud o‘z tashabbusi bilan XPKning 150-moddasiga asosan yo‘l qo‘yilgan harfiy xatolarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqarib, ushbu holatni texnik xato sifatida baholab, hal qiluv qarorining faqatgina xulosa qismiga tuzatish kiritgan. Ya’ni, hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rsatilmay qolgan 3 240 420 so‘m asosiy qarz va 518 467 so‘m penya summalari kiritilgan va davlat bojini undirish qismi 107 635 so‘mga tuzatilgan. Hal qiluv qarorining kirish, bayon va asoslantiruvchi qismlarida noto‘g‘ri yozilgan da’vo summalariga tuzatish kiritilmagan.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 41-bandining ikkinchi qismiga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha yoki o‘zining tashabbusi bilan tuzatishga haqli. Bunda nazarda tutish kerakki, hal qiluv qarorining mazmunini, dalillarni tekshirish, holatlarni aniqlash va qonunni qo‘llash natijasida kelingan xulosalarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur holatda jarima miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida hal qiluv qaroriga tuzatish kiritilib noto‘g‘ri to‘xtamga kelingan, chunki sud jarima miqdorini FKning 326-moddasiga asoslangan holda 12 700 000 so‘mgacha kamaytirgan. Sud ajrim chiqarishi bilan hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qarori 41-bandining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha yoki o‘zining tashabbusi bilan tuzatishga haqli. Bunda nazarda tutish kerakki, hal qiluv qarorining mazmunini, dalillarni tekshirish, holatlarni aniqlash va qonunni qo‘llash natijasida kelingan xulosalarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi beshinchi xatboshisiga ko‘ra, sudning xatosi da’voning mazmuni bo‘yicha sudning xulosasiga muvofiq kelmagan holda sud qo‘shimcha qaror chiqarishga haqli emas. Bunday holda sudning xatosini tuzatish qarorni XPKda belgilangan tartibda qayta ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi.