1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi 414–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi”;
2) 10-moddaning ikkinchi qismi “olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida” degan so‘zlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 11-moddaning ikkinchi qismi “olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda” degan so‘zlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 21-moddaning birinchi qismidagi “18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy” degan so‘zlar “o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda muayyan saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi “olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda” degan so‘zlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “ikki kunlik muddat ichida” degan so‘zlar “yigirma to‘rt soat ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 242-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “kamida besh foizining” degan so‘zlar “kamida bir foizining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Saylovoldi tashviqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi”;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod yoki uning ishonchli vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli”;
10) 30-moddaning ikkinchi qismi “boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida” degan so‘zlardan keyin “qamoqda saqlash joylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi — o‘n birinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga binoan komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi”;
“Markaziy saylov komissiyasi o‘ziga kelib tushgan okrug saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida respublika bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini; saylov byulletenlari va varaqalarini olgan saylovchilar sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini; har bir nomzod uchun berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar sonini aniqlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini zimmasidan soqit qilish yangi shakllantirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi o‘tkazilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari o‘zlarining majlislarida Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi”;
barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro etilishini tashkil etadi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, texnik, texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo xususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda xususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yer resurslarining sifatini saqlash va yaxshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;
davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;
ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng ko‘lamda foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat chegaralarini qo‘riqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini ko‘radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin”;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining O‘zbekiston Respublikasi hukumati yoki unga bo‘ysunuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan parlament so‘rovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, Senati a’zosining shunday so‘rovi yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki hukumati a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berishi shart”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 841–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 10-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi”;
sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 990–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 518–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 132-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2012-yil, № 12, 331-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 1050–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 9-10, 134-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2012-yil, № 12, 331-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi mazmundagi 2293-modda bilan to‘ldirilsin:
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar) 345-moddasi beshinchi qismidagi “2292” raqami “2293” raqami bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, –
“Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, –
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish,–
Ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan to‘ylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari mustasno, –
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
birinchi qismidagi “ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“4) ushbu Kodeksning 561, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — militsiya uchastkasi boshliqlari, militsiya profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda)quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “lombardlar va kredit byurolari” degan so‘zlar “lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining” degan so‘zlardan keyin “valyuta birjasining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 17-moddaning sakkizinchi xatboshisi “lombardlar” degan so‘zdan keyin “valyuta birjasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ–370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Agar qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan bo‘lsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi”;
“Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan (olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan to‘lanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo‘llaniladi”;
3) 58-moddaning to‘rtinchi qismi “jamiyatning yillik hisoboti” degan so‘zlardan keyin “jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash”;
“jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash”;
“Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra jamiyat direktorini yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov bo‘yicha saralash asosida amalga oshiriladi”;
“Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim”;
“Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart”;
8) 106-moddaning ikkinchi qismidagi “listingiga” degan so‘z “birja kotirovkasi varag‘iga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi 400–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 108-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 6-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Axborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin”;
“Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir”;
to‘rtinchi qism “Yozma so‘rovlar” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan so‘rovlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi “olti”degan so‘z “ikki”degan so‘z bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘zga axborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi “shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan” degan so‘zlar “shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida o‘zaro kelishuv bo‘yicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi”.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin”;
“Ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin”;
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi 613–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning o‘n birinchi xatboshisidagi “bu mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Markaziy saylov komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ular qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida o‘sha kunning o‘zida, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinishi lozim”.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 818–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘RQ-348-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 94-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan so‘zlar “tashkiloti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
nomidagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” degan so‘zlar “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan so‘zlar “tashkiloti” degan so‘z bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) 34-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari bo‘yicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o‘z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar ko‘rilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish taqiqlanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 71–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 9, 245-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin”;
“Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir”;
beshinchi qismi “shaklda” degan so‘zdan keyin “shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi qismi “shaklda” degan so‘zdan keyin “shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 22-moddaning yettinchi qismi “ommaviy axborot vositalarida” degan so‘zlardan keyin “shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 23-moddaning beshinchi qismi “ommaviy axborot vositalarida” degan so‘zlardan keyin “shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 24-moddaning to‘rtinchi qismi “ommaviy axborot vositalarida” degan so‘zlardan keyin “shuningdek litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
“Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi”;
yettinchi qismidagi “fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan bo‘lsa” degan so‘zlar “fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda; 2012-yil, № 4, 107-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 10-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi” degan so‘zlar “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Senat a’zosi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, senator so‘roviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi”;
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi”;
“Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi”;
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
birinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan so‘zlar “Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida” degan so‘zlar “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 2-modda) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega”;
“Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir”;
“Yozma so‘rovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak”;
oltinchi qismdagi “uchinchi va to‘rtinchi” degan so‘zlar “to‘rtinchi va beshinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi 441–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 415-modda; 2010-yil, № 9, 333-modda; 2012-yil, № 1, 1-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko‘maklashishi shart bo‘lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi”.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi”;
to‘rtinchi qismidagi “va sanoq komissiyasi” degan so‘zlar “sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi o‘z majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya va deputatlar guruhi o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasining, deputatlar guruhining rahbari nomzodini kiritadi.
Fraksiyadan yoki deputatlar guruhidan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya, deputatlar guruhi o‘z fraksiyasi, deputatlar guruhi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi”;
5) 5-moddaning uchinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan so‘zlar “ularning nomzodlari ko‘rsatilgan fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi”;
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi;
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida mas’ul qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra qaror qabul qiladi;
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi”;
“Qonunchilik palatasida budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin”;
beshinchi qismidagi “saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda” degan so‘zlar “saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlarini inobatga olgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin”;
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
“Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) tashabbusiga ko‘ra nomma-nom o‘tkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi”;
“1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, ushbu konsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; bo‘lg‘usi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilab berilgan bo‘lishi kerak”;
5-bandidagi “(bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Qonunchilik palatasiga ilgari palata tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daxldor bo‘lgan qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi yoxud uni ilgari birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida hal etishga haqli”;
“Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va, bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi. Bunda Qonunchilik palatasi Kengashi fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qo‘mita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi”;
“Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish to‘g‘risida yoki qonun loyihasi ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
“Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin”;
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi. Bunda mas’ul qo‘mitadan bo‘lgan ma’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili Qonunchilik palatasi majlisida qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida so‘zga chiqishi mumkin.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi.
Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur bo‘lgan hollarda esa, Qonunchilik palatasining qaroriga ko‘ra ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Mas’ul qo‘mita kelib tushgan fikrlar va takliflarni qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida umumlashtiradi. Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga ularning ushbu qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.
Mas’ul qo‘mita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daxldor qonun loyihalari muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan fikrlar va takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.
Muhokama natijalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qishlar tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 151, 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan materiallar yuboriladi”;
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”;
“Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibiga o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart”;
nomidagi “Qonunni” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 19-moddaning yettinchi qismidagi “hisobga olinishi shart” degan so‘zlar “majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi”;
ikkinchi qismidagi “mas’ul qo‘mitaga” degan so‘zlar “Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “hisobga olinishi shart” degan so‘zlar “majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi, fraksiyalar (deputatlar guruhlari) vakillarining o‘z fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan ma’ruzalari eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunni belgilangan tartibda qabul qilmasa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish tartib-taomilidan o‘tmagan hisoblanadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi”;
“Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif palata qo‘mitalari, fraksiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Qonunchilik palatasi parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘roviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi”;
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”;
Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 32-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi”;
Qonunchilik palatasi zarur bo‘lgan hollarda o‘zining majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng fraksiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlari Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga o‘z takliflari hamda fikrlarini yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraksiyalar va deputatlar guruhlari taqdim etgan takliflar hamda fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasining deputatlari davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari yoki Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan so‘ralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
Qonunchilik palatasi deputati o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, fraksiyaning faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;
Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.
Qonunchilik palatasi deputati saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun fraksiyalar zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qonunchilik palatasi deputatini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, ushbu Qonunga va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi”;
“Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.
Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi”;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oralig‘ida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi”;
“Senatda budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi, fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin”;
Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Senatning qo‘mitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin”;
8) 11-moddaning to‘rtinchi qismidagi “14-moddasida” degan so‘zlar “13 va 14-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Senatga yuboriladi”;
ikkinchi qismidagi “mas’ul qo‘mita” degan so‘zlar “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi eshitilganidan so‘ng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qarori qabul qilinadi, qaror Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
“Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”;
“Senat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin ko‘rib chiqadi.
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim”;
“Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif Senat qo‘mitalari yoki Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Senatning parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Senat Raisiga masalani Senatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Senatning qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
Senat parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Senatning majlisida Senat belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament so‘roviga yozma javob Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘roviga javob Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi”;
Senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”;
Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Qonunning 31-moddasiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlari dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senat qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda Senat qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng Senat qo‘mitalarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi senatorlar taqdim etgan takliflar va fikrlarni inobatga olgan holda mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Senatning qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Senat O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek Senatning boshqa qo‘mitalari vakillarining chiqishlarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Senatning qo‘mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Senatning qo‘mitalari yoki senatorlar tomonidan so‘ralayotgan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Senat qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Senat va uning Kengashi qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi qarorlarining, palata qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Senatning qo‘mitasi qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Senat qo‘mitalari vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 617–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“Siyosiy partiyalarga, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bankda bank hisobvaraqlariga, shuningdek chet el banklarida hisobvaraqlarga ega bo‘lish taqiqlanadi”;
“Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin:
asosiy hisobvaraq — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni nazorat qilish uchun;
a) a’zolik badallari, xayriyalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushadigan mablag‘larni o‘tkazish va ulardan foydalanish uchun”;
ikkinchi qismidagi “hisob-kitob varaqlariga” degan so‘zlar “bank hisobvaraqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi va bu mablag‘lardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi”.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi 704–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “parlament so‘rovi” degan so‘zlar “so‘rov” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta saylovchilarga o‘z faoliyati haqida axborot beradi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi.
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraksiyasining faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida o‘rganadi;
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin”;
Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.
Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraksiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraksiyalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi zarur bo‘lgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun o‘z mas’ul vakillarini deputatning taklifiga ko‘ra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”;
Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat, senator so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas”.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning o‘z ustavi bilan vakolatli bo‘lgan organ tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari to‘g‘risidagi axboroti va saylangan deputatlar ro‘yxati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“34) aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv xodimi sifatida o‘z faoliyatidan olgan daromadlari”;
“aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga”;
3) 330-moddaning 14-bandidagi “davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da’vo bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini to‘lash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ–341-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 332-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yozma so‘roviga” degan so‘zlar “yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘roviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risidagi arizada tadbirkorlik subyektining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning o‘z arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir”;
3) 18-moddaning uchinchi qismi “shaklda” degan so‘zdan keyin “shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va tadbirkorlik subyekti mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi yozma yoki elektron xabar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak”;
beshinchi qismi “shaklda” degan so‘zdan keyin “shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 25-moddaning to‘rtinchi qismi “ommaviy axborot vositalarida” degan so‘zlardan keyin “shuningdek vakolatli organning rasmiy veb-saytida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 29-modda birinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 30-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 39-moddaning matnidagi “davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni” degan so‘zlar “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va ushbu Kodeksning 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi xatboshisi “kadastr” degan so‘zdan keyin “shuningdek geologiya qidiruv” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi xatboshisi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 76-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 89-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi “predshestvuyuщiye” degan so‘z “predstoyaщiye” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan”;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1-iyunigacha”;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi”;
“Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi”;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi”;
“Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi”;
“Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha uch nusxada tuziladi”;
14) 105-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “daromadlar va jamlanma” degan so‘zlar “jamlanma daromadlar va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “tasdiqlangan” degan so‘zdan keyin “jamlanma xarajatlar smetalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtinchalik xarajatlar smetalari asosida tegishli budjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik xarajatlari yoyilmasi tuziladi”;
16) 119-moddaning ikkinchi qismidagi “ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdorlaridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan so‘zlar “ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 121-moddaning uchinchi qismidagi “xaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin joylashtirilishi kerak” degan so‘zlar “xaridlar amalga oshirilishidan kamida o‘n kun oldin, biroq joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan joylashtirilishi kerak” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 123-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida” degan so‘zlar “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
“Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar soni hisobga olinayotganda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun budjet tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bir moddadan boshqa moddaga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar hisobga olinmaydi”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
21) 25-bobning nomidagi “yillik hisobotni” degan so‘zlar “hisobotlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi”;
23) 170-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “respublika budjetidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “yo‘naltirish” degan so‘z “moliya yili davomida yo‘naltirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “rioya etmaslik” degan so‘z “rioya etmasdan moliya yili davomida to‘lovlarni amalga oshirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini moliya yili davomida sarflashdir:
noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni xarajatlar smetasiga kiritish;
xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik;
Ushbu Qonunning 12, 14-moddalari, 15-moddasi 2-bandi, 20, 25, 26 va 33-moddalari “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 13-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 15-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 1 — 18, 20 — 25-bandlari 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 16-moddasi, 21-moddasi 1-bandi, 34-moddasi 19-bandi 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi