Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 17.01.2001 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni hamda yer va suvdan foydalanishning yangi tizimlarini joriy etish, qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqaruv organlarining rolini va masʼuliyatini oshirish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 443-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tugatilayotgan yoki boshqa idoralarga berilayotgan hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar va korxonalar roʻyxatiga 9-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 9-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Veterinariya sanitariyasi va akaralogiya ilmiy-tadqiqot institutini Markaz ixtiyoriga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalarining hududiy boʻlinmalarini (filiallar, tajriba stansiyalari, tayanch punktlar, tajriba xoʻjaliklari va boshqalar) Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalar seleksiya, texnologiya va agrotexnika tadqiqotlarini oʻtkazish uchun tajriba maydoni boʻlib xizmat qiladi, yuridik jihatdan mustaqil hisoblanadi hamda ilmiy-metodik ishlar yuzasidan boʻlimlarga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin, ulardan biri Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasining boshligʻi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi, Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari esa ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatilishi darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining tarkibi 15 kishidan iborat etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga zarurat boʻlganda markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning shtatdagi soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari viloyatlar va tumanlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligi viloyat va tuman boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularni joylarga yetkazsin va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ularning tuzilmalarini mazkur qarorga muvofiqlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 17-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi, 8 va 18-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 4-maydagi 215-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorga 3-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga 1-ilovaga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2000-yil 16-maydagi 191-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 4-modda; 6-son, 35-modda; 2003-y., 12-son, 98-modda; 17-18-son, 156-modda; 2004-y., 15-son, 179-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda)