Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022 19.07.2002 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKAGA ISTEʼMOL TOVARLARI NOQONUNIY OLIB KELINIShI VA SOTILIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 11-iyuldagi PF 3105-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-sentabrdagi 327-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 138-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekistonning bojxona chegarasi orqali olib kelinadigan isteʼmol tovarlari roʻyxatini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, bunda texnologiya ehtiyojlari uchun tovarlar va yarim tayyor mahsulotlar istisno qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Savdo komplekslarida yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan barcha import isteʼmol tovarlariga ular tomonidan tovarlarning respublika hududiga olib kirilganligi faktini va ularning bojxona rasmiylashtiruvini, muvofiqlik sertifikatini, bojxona toʻlovlari hamda belgilangan soliqlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak boʻlgan tartibi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda import isteʼmol tovarlari belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda import isteʼmol tovarlarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning amaldagi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda isteʼmol tovarlarini olib oʻtish va bojxonada rasmiylashtirishning belgilangan normalari va tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning masʼuliyati darajasi oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 19-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 14-son, 109-modda, 17-18-son, 138-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son)