Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019 28.08.2015 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-sonli “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish, eksport kontraktlarini sugʻurta qilishning amaldagi mexanizmini takomillashtirish, shuningdek mahsulotlarning koʻrsatib oʻtilgan turlarini eksport qilishga doir kontraktlarni bojxonada rasmiylashtirishning yanada ochiq-oshkoraligini taʼminlash hamda ularning respublika bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish belgilangan tartibda barcha transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 207-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 292-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yuk joʻnatuvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha talab qilinadigan izotermik va universal harakatlanadigan tarkib belgilangan tartibda oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilish oʻz vaqtida bojxonada rasmiylashtirilishini va qoʻllaniladigan transport vositalari qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 1-oktabrdan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestrini yuritish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisida taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestrini yuritish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislarini aniqlash, shuningdek ularning reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 2015-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari toʻgʻrisidagi axborot har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar xoʻjalik subyektini meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchilarning tashqi savdo kontraktlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlari mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumning bir qismi vakolatli banklarga oʻz vaqtida majburiy sotilmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksport qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik subyektini nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestridan chiqarish xoʻjalik subyektini ushbu reyestrga kiritish uchun asos boʻlgan kamchiliklar ular tomonidan bartaraf etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktlarini sugʻurtalashni alohida hisobga olish, hisobot va sugʻurtalovchilar faoliyatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda sugʻurtalovchilarga huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirsin, bunda eksport kontraktlarining sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonlarini toʻlash muddatlari, shuningdek eksport kontraktlarini sugʻurta qilish boʻyicha hisob va hisobot talablari buzilganligi uchun sugʻurtalovchilarga nisbatan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchilar uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qoʻllanilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 457-modda, 41-son, 527-modda; 2016-y., 3-son, 25-modda, 14-son, 131-modda, 24-son, 292-modda)