16.12.1966 yildagi -son
 LexUZ sharhi
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi pakt (bundan buyon “Pakt” deb yuritiladi) maqsadlariga bundan keyin ham erishish uchun va uning qarorlarini amalga oshirish uchun Paktning IV qismi asosida ta’sis etiluvchi Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga (bundan buyon “qo‘mita” deb yuritiladi) mazkur protokolda ta’kidlanganidek, ushbu Paktda ifodalangan huquqlarimiz buzilib jabrlanayapmiz, deya ta’kidlayotgan ayrim shaxslarning xabarlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish imkoniyatini berish maqsadga muvofiqligini e’tiborga olib, quyidagilar borasida kelishdilar:
1-modda qoidalariga rioya qilingan hollarda, Paktda qayd etilgan huquqlardan birortasi buzilgan va huquqiy muhofazaning mavjud bo‘lgan barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lindi deb uqtirayotgan shaxslar qo‘mita ko‘rib chiqishi uchun yozma ravishda xabar taqdim etishi mumkin.
1. 3-modda qoidalariga rioya etilgan hollarda ushbu Protokolga muvofiq qo‘mita o‘ziga taqdim etilgan har qanday xabarni mazkur Protokolda ishtirok etuvchi va tasdiqlayotganidek Paktning birorta qoidasini buzuvchi davlat e’tiboriga o‘sha xabarni yetkazadi.
qo‘mita 45-moddada nazarda tutilgan yillik ma’ruzasiga ushbu Protokolga muvofiq o‘z faoliyati haqida qisqacha hisobotni kiritadi.
2. Bekor qilish 21-moddaga asosan bekor qilish kuchga kiradigan sanagacha taqdim etilgan har qanday xabarga ushbu Protokol qoidalarini tatbiq etaverishga to‘sqinlik qilmaydi.
1 Ushbu Protokolning 8-modda 5-bandiga muvofiq berilgan xabarnomalardan qat’i nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Paktning 48-modda 1-bandida qayd etilgan barcha davlatlarga quyidagilarni ma’lum qiladi:
a) 8-moddaga asosan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qo‘shilishlar;
b) 9-moddaga asosan ushbu Protkolning kuchga kirish sanasi va 11-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish vaqti;
s) 12-moddaga ko‘ra bekor qilishlar.