Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2011 01.05.2002 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KEKSALAR VA MEHNATGA LAYoQATSIZ FUQAROLAR, NOGIRON BOLALAR VA BOLALIKDAN NOGIRONLARNING DAFN MAROSIMI UChUN BIR YOʻLA BERILADIGAN NAFAQALAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli “Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturiga muvofiq va aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot chogʻida nafaqa olgan shaxslarning dafn marosimi uchun 2002-yil 1 maydan boshlab eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Keksalar va mehnatga layoqsatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yoʻla beriladigan nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yoʻla beriladigan nafaqalarga soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 1 may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 1 maydagi 149-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yoʻla beriladigan nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dafn marosimi uchun bir yoʻla beriladigan nafaqani (keyingi oʻrinlarda “bir yoʻla beriladigan nafaqa” deb yuritiladi) olish huquqiga Vazirlar Mahkamasining “Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot chogʻida nafaqa olgan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarni dafn etgan oila aʼzolaridan biri yoki jismoniy shaxs ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir yoʻla beriladigan nafaqa mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan fuqarolar vafot etgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida tayinlanadi va toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir yoʻla beriladigan nafaqa, uni olish uchun fuqaro vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir yoʻla beriladigan nafaqani tayinlash toʻgʻrisidagi ariza vafot etgan shaxs nafaqa oluvchi sifatida hisobda turgan tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir yoʻla beriladigan nafaqa olish uchun fuqarolik holatlarini qayd etish organi tomonidan vafot etganlik toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma (asl nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining dafn etishning arizachi tomonidan amalga oshirilishini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar vafot etgan fuqaro nafaqa oluvchi sifatida tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida hisobda turmagan boʻlsa;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nafaqa tayinlash yuzasidan ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy oʻtgandan keyin murojaat qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birortasi taqdim etilmaganda rad qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishning rad etilishi yuzasidan yuqori tashkilotga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi ariza tushgandan keyin 3 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoʻla beriladigan nafaqa tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qaroriga binoan rasmiylashtiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi nafaqa tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin 3 kundan kechikmay tegishli qaror nusxasi bilan birgalikda bildirishnomani arizachining qoʻliga beradi yoki unga pochta orqali joʻnatadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tayinlangan bir yoʻla beriladigan nafaqani nafaqa tayinlash toʻgʻrisida ariza berilgan oydan keyingi oydan kechikmay toʻlaydi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachining xohishiga koʻra nafaqa aloqa boʻlimi orqali pochta joʻnatmasi tarzida yoki bankdagi omonatga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bir yoʻla beriladigan nafaqalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bir yoʻla beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va ulardan soliq puli ushlab qolinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlash boʻyicha hisobga olish va hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 1-son, 65-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda)