03.04.1992 yildagi 572-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT BIRLAShMALARI QONUNGA XILOF RAVIShDA MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yilning 15-fevralida respublikada qabul qilingan «Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida»gi Qonun haqiqiy mustaqillikka erishish, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish yoʻlida jamiyatni jipslashtirishga umuman ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga keyingi paytda ayrim jamoat birlashmalarini ana shu birlashmalarining roʻyxatdan oʻtkazilgan ustavlarida koʻzda tutilmagan mablagʻlar hisobidan qonunga xilof ravishda mablagʻ bilan taʼminlash hollari qayd etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan qonunga amal qilgan holda va unda koʻzda tutilgan qoidalarni soʻzsiz bajarish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 1-moddasida koʻzda tutilgan jamoat birlashmalarining ustavlarini ular oʻz faoliyatlarini, shu jumladan noshirlik faoliyatlarini, matbaa nashrlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbaalari xususidagi dalolatnoma (deklaratsiya) taqdim etganlaridan keyingina roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Prokuraturasi, Davlat soliq bosh boshqarmasi yuqorida qayd etib oʻtilgan Qonunga muvofiq tarzda roʻyxatdan oʻtgan jamoat birlashmalari faoliyatining mablagʻ bilan taʼminlanishining qonunda koʻzda tutilgan tartibi va manbalari toʻgʻrisidagi qoidalariga qatʼiy rioya etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya intizomi buzilganligi hollari aniqlansa ularga nisbatan qonunda belgilangan choralar, hatto materiallarni sud idoralariga oʻtkazish choralari qoʻllansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar diniy tashkilotlardan, shuningdek xorijiy davlatlar, tashkilot va fuqarolardan tushayotgan mablagʻlar hisobidan noshirlik faoliyatini amalga oshirishga hamda matbaa nashrini pul bilan taʼminlashga haqli emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari qoʻmitasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish xususida takliflar tayyorlasin va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosari B. BUGROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
572-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 6-son, 260-modda)