02.07.1992 yildagi 613-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I. A. KARIMOVNING AXBOROTI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning respublika Hukumati oʻtkazayotgan ichki va tashqi siyosatning asosiy yoʻnalishlari, iqtisodiy va ijtimoiy ahvol, mavjud obyektiv qiyinchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oʻtkazib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni har taraflama mustahkamlashga, koʻp millatli respublika barcha aholisining teng huquqliligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlar asosan maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Oʻzbekistonning chinakam mustaqilligiga erishish, uning xalqaro obru-eʼtiborini yanada oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni bundan buyon ham izchilik bilan amalga oshirib boraverish taklif etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 119-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 194-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosini yanada toʻlaroq taʼminlash yuzasidan normativ hujjatlar ishlab chiqish va qabul qilishni jadallashtirsin. Respublika iqtisodiyotining bozor munosabatlariga kirishi bilan bogʻliq masalalarga, shuningdek yangicha sharoitda aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish siyosatini sabot bilan amalga oshirish zarurligiga eʼtibor bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 1992-1993-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi qabul qilingunga qadar “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun amalga kiritilganidan keyin tuzilgan mulkchilik shaklini hamda davlat mol-mulkining egalarini oʻzgartirish haqidagi shartnomalarni (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorida qayd etilgan hollar bundan mustasnodir) haqiqiy emas, deb topsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasini Qoʻshilmaslik harakatiga aʼzolikka qabul qilish iltimosi bilan murojaat etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
613-XII-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 2 va 3-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 119-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 194-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 325-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 194-modda)