Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 267-II-son
Kuchga kirish sanasi
20.09.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga | Hujjat 09.08.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
TOVAR BELGILARI, XIZMAT KOʻRSATISH BELGILARI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMLARI TOʻGʻRISIDA | TOVAR BELGILARI, XIZMAT KOʻRSATISH BELGILARI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMLARI TOʻGʻRISIDA |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonun tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. | Ushbu Qonun tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. |
2-modda. Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi | 3-modda. Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi |
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilardir. | Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilardir. |
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy boʻlishi mumkin. | Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy boʻlishi mumkin. |
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi. | Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi. |
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. | Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. |
Tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. | Tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. |
4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish | 4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish |
Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. | Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. |
Tovar belgisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. | Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. |
5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi | 5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi |
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan buyon matnda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb eʼtirof etiladi. | Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan buyon matnda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb eʼtirof etiladi. |
6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish | 6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish |
Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. | Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi. |
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur joʻgʻrofiy obyektdagi, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. | Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur joʻgʻrofiy obyektdagi, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. |
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, foydalanish huquqini oladi. | Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, foydalanish huquqini oladi. |
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu joʻgʻrofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin. | Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu joʻgʻrofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin. |
7-modda. Vakolatli davlat organi | 7-modda. Vakolatli davlat organi |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. |
Agentlik: | Vazirlik: |
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi; | tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi; |
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi; | tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi; |
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi; | tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi; |
Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini (bundan buyon matnda Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxati deb yuritiladi)yuritadi; | Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini (bundan buyon matnda Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxati deb yuritiladi)yuritadi; |
tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi; | tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi; |
tovar belgilari roʻyxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi, shuningdek tovar belgisi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi; | tovar belgilari roʻyxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi, shuningdek tovar belgisi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi; |
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalar yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi. | |
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish uchun talabnoma berish | 8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish uchun talabnoma berish |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Agentlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi. |
Jamoaviy belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq beriladi. | Jamoaviy belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq beriladi. |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgandan soʻng Vazirlik ushbu talabnoma haqidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi. Talabnoma haqidagi maʼlumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan soʻng manfaatdor shaxslar Vazirlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin; Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi. |
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar koʻrsatilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin. | Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar koʻrsatilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin. |
Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma Agentlik tomonidan belgilangan tartibda beriladi. | Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglamentda belgilangan tartibda beriladi. |
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar | 9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim. |
Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak: | Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak: |
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza; | tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza; |
talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri; | talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri; |
belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati; | belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati; |
tovar ishlab chiqarilgan joyni joʻgʻrofiy obyekt chegarasida koʻrsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi. | tovar ishlab chiqarilgan joyni joʻgʻrofiy obyekt chegarasida koʻrsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi. |
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur: | Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur: |
talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | |
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi; | talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi; |
talabnoma beruvchining zikr etilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar; | talabnoma beruvchining zikr etilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar; |
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. | chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga taalluqli talablar Agentlik tomonidan belgilanadi. | Talabnoma berganlik uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga taalluqli talablar maʼmuriy reglament bilan belgilanadi. |
10-modda. Tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar | 10-modda. Tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar |
Quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi: | Quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi: |
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar; | 1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar; |
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari; | 2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari; |
3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar; | 3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar; |
4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari; | 4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari; |
5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar; | 5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar; |
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar; | 6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar; |
7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar; | 7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar; |
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar; | 8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar; |
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar; | 9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar; |
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; | 10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; |
11) maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa; | 11) maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa; |
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar; | 12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar; |
13) quyidagi belgilar: | 13) quyidagi belgilar: |
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; | ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; |
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; | har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; |
ushbu Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan joy nomi boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno; | qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno; |
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; | belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar; |
14) quyidagi belgilar: | 14) quyidagi belgilar: |
oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar; | oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar; |
sanoat namunalarini, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlsa, takrorlovchi belgilar; | sanoat namunalarini, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlsa, takrorlovchi belgilar; |
Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar; | Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar; |
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar. | atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar. |
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega boʻlmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin. | Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega boʻlmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin. |
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida koʻrsatilgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega boʻlgan taqdirdagina, yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida koʻrsatilgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega boʻlgan taqdirdagina, yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tovar belgisi egasining bu belgini roʻyxatga olish uchun roziligi boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tovar belgisi egasining bu belgini roʻyxatga olish uchun roziligi boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar | 11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar |
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi: | Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi: |
tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar; | tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar; |
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; | tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; |
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar. | tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar. |
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar. | |
12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi | 12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi |
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Agentlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi. | Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi. |
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Agentlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin. | Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin. |
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro koʻrgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday koʻrgazmalarning eksponatlariga qoʻyilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (koʻrgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Agentlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. | Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro koʻrgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday koʻrgazmalarning eksponatlariga qoʻyilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (koʻrgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Vazirlikka tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin. |
Konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligi huquqini soʻrayotgan talabnoma beruvchi qoʻyilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Agentlikka talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida maʼlum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay Agentlikka taqdim etishi lozim. | Konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligi huquqini soʻrayotgan talabnoma beruvchi qoʻyilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Vazirlikka talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida maʼlum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay Davlat muassasasiga taqdim etishi lozim. |
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri boʻyicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi. | Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri boʻyicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi. |
Tovar belgisining ustuvorligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin. | Tovar belgisining ustuvorligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin. |
13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish | 13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan oʻtkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazishdan iborat boʻladi. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan oʻtkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazishdan iborat boʻladi. |
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini oʻzgartirmaydigan maʼlumotlar bilan toʻldirishga haqli. | Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini oʻzgartirmaydigan maʼlumotlar bilan toʻldirishga haqli. |
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab oʻtilgan tovarlarni talabnomalar oʻrtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli. | Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab oʻtilgan tovarlarni talabnomalar oʻrtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli. |
Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Agentlik talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli. | Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Davlat muassasasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli. |
Davlat ekspertizasining soʻroviga binoan qoʻshimcha materiallarni talabnoma beruvchi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etmogʻi lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. | Davlat ekspertizasining soʻroviga binoan qoʻshimcha materiallarni talabnoma beruvchi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etmogʻi lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. |
Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin. | Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi mumkin. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi. |
14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish | 14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish |
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish talabnoma Agentlikka berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. |
Rasmiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Agentlikning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori maʼlum qilinadi. | Rasmiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasining talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori maʼlum qilinadi. |
15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish | 15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish |
Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. | Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash oʻtkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi. Tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza tugaganidan keyin bir oy ichida Davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. |
Ekspertizadan oʻtkazish chogʻida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. | Ekspertizadan oʻtkazish chogʻida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi. |
Ekspertiza natijalariga binoan Agentlik tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida yoxud ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi. | Ekspertiza natijalariga binoan Davlat muassasasi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida yoxud ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi. |
Agentlikning tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga koʻra ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Davlat muassasasining tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga koʻra ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
16-modda. Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat berish | 16-modda. Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat berish |
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli. | Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli. |
Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. |
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli. | Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli. |
17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish | 17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish |
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. | Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. |
18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish | 18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish |
Agentlik davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida, patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda roʻyxatga oladi. | Vazirlik davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida, patent boji toʻlanganda avtomatik tarzda tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda roʻyxatga oladi. |
Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. | Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi maʼmuriy reglament bilan belgilanadi. |
19-modda. Roʻyxatga olish maʼlumotlarini eʼlon qilish | 19-modda. Roʻyxatga olish maʼlumotlarini eʼlon qilish |
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. | Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. |
20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma | 20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma |
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi. | Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi. |
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi. | Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi. |
Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda roʻyxatga olinganidan keyin oʻn ish kuni ichida Agentlik tomonidan beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. | Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda roʻyxatga olinganidan keyin oʻsha kunning oʻzida Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. |
21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati | 21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati |
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida amal qiladi. | Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida amal qiladi. |
22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish | 22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish |
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin. | Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim: patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani topshirishda patent boji toʻlanadi va arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim: |
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi; | patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi; |
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat. | tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat. |
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi. | Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin. |
23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish | 23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish |
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi Agentlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning roʻyxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozuv Agentlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi. | Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi Vazirlikni oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning roʻyxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozuv Vazirlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi. |
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida roʻyxatdan oʻtkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib koʻrsatiladi. | Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida roʻyxatdan oʻtkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib koʻrsatiladi. |
24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish | 24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish |
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismida va 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch yil ichida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin. | Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin. |
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sud qarori asosida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi. | Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma Apellyatsiya kengashining yoki sud qarori asosida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi. |
25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi | 25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi |
Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi: | Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi: |
mazkur joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganda va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishning iloji boʻlmaganda; | mazkur joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganda va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishning iloji boʻlmaganda; |
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yoʻqotganda. | chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yoʻqotganda. |
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi. | Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi. |
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar eʼtiborga olinishi mumkin. | Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar eʼtiborga olinishi mumkin. |
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada koʻrsatilgan vaqt davriga taalluqli boʻlishi kerak. | Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada koʻrsatilgan vaqt davriga taalluqli boʻlishi kerak. |
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi: | Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi: |
Apellyatsiya kengashining qarori asosida; | Apellyatsiya kengashining qarori asosida; |
tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasining Agentlikka bergan arizasi asosida; | tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasining Vazirlikka bergan arizasi asosida; |
sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi. | sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi. |
26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq | 26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq |
Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega. | Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega. |
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi va Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishi davri mobaynida amalga oshiriladi. | Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻsha kunning oʻzida Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. |
Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi. | Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi. |
Tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart. Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi. | |
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi. | Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi. |
27-modda. Tovar belgisidan foydalanish | 27-modda. Tovar belgisidan foydalanish |
Tovar belgisi uni ishlatish uchun roʻyxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda oʻrovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qoʻllanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi. | Tovar belgisi uni ishlatish uchun roʻyxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda oʻrovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qoʻllanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi. |
Tovar belgisining: | Tovar belgisining: |
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida; | reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida; |
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarda; | tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarda; |
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkin. | domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkin. |
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular soxtalashtirilgan boʻladi. | Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi. |
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin. | Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin. |
28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish | 28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish |
Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda oʻrovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi. | Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda oʻrovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi. |
Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi koʻrsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga oʻxshash soʻzlarni qoʻshib qoʻllanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan oʻxshash belgilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi koʻrsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga oʻxshash soʻzlarni qoʻshib qoʻllanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan oʻxshash belgilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
29-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻalash | 29-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻalash |
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzida ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin. | Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzida ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin. |
30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish | 30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish |
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin. | Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin. |
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti u isteʼmolchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalgʻitadigan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi. | Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti u isteʼmolchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalgʻitadigan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin. | Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin. |
Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqida shart qoʻyilgan boʻlishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi koʻrsatilishi lozim. | Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqida shart qoʻyilgan boʻlishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi koʻrsatilishi lozim. |
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. | Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. |
Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas. | Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas. |
31-modda. Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining oʻtishi | 31-modda. Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining oʻtishi |
Tovar belgilarining egalari boʻlmish yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda tovar belgilari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. | Tovar belgilarining egalari boʻlmish yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda tovar belgilari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. |
Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs boʻlinganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga oʻtadigan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini oʻzida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) koʻra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. | Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs boʻlinganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga oʻtadigan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini oʻzida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) koʻra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. |
Tovar belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda tovar belgisiga doir huquq qoʻshib olgan yuridik shaxsga oʻtadi. | Tovar belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda tovar belgisiga doir huquq qoʻshib olgan yuridik shaxsga oʻtadi. |
32-modda. Tovar belgisini takroriy roʻyxatdan oʻtkazish shartlari | 32-modda. Tovar belgisini takroriy roʻyxatdan oʻtkazish shartlari |
Guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi. | Guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi. |
321-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisi | 321-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisi |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada koʻrsatilgan sanadagi holatga koʻra mazkur shaxsning tovarlari xususida Oʻzbekiston Respublikasida tegishli isteʼmolchilar orasida keng maʼlum boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada koʻrsatilgan sanadagi holatga koʻra mazkur shaxsning tovarlari xususida Oʻzbekiston Respublikasida tegishli isteʼmolchilar orasida keng maʼlum boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilishi mumkin. |
Hammaga maʼlum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi. | Hammaga maʼlum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi. |
322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish | 322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish |
Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellyatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi. | Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellyatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi. |
Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Agentlik tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi. | Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Vazirlik tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi. |
Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. | Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Vazirlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. |
Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi. | Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sana boʻyicha Vazirlik tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadigan elektron shaklda amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. |
Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi. | Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi. |
33-modda. Patent bojlari | 33-modda. Patent bojlari |
Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi. | Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi. |
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi. | Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi. |
34-modda. Patent vakillari | 34-modda. Patent vakillari |
Patent vakili Agentlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi. | Patent vakili Vazirlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi. |
Oʻz mamlakati hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Oʻz mamlakati hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar. | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar. |
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini va bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini koʻrsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini va bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini koʻrsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin. |
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. | Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. |
35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish | 35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish |
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli. |
36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari | 36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari |
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar. | Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar. |
37-modda. Nizolarni hal etish | 37-modda. Nizolarni hal etish |
Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
371-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi. Huquq egasining arizasi asosida Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organi deb yuritiladi) tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida adliya organi tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha adliya organining va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, adliya organining mansabdor shaxsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida adliya organi huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror adliya organining rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi. Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, adliya organi jarimani undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi. Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi. Huquqbuzar adliya organining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli. | |
38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102 — 1111-moddalari. | Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102 — 1111-moddalari. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2001-yil 30-avgust, | 2001-yil 30-avgust, |
267-II-son | 267-II-son |