Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2006 05.02.2002 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZOZIQOVQATTAʼMINOT” IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmoni)” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi muassislarining “Oʻzoziqovqattaʼminot” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik kompaniyasini kompaniya aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzoziqovqattaʼminot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini uning tarkibiga kiruvchi korxonalar bilan birga “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga qoʻshib yuborishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan “Oʻzoziqovqattaʼminot” ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi 317-son qaroriga muvofiq yuklangan funksiyalarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo bitimlar va xorijiy kreditlar boʻyicha ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish hamda keyinchalik ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan joylashtirishga muvofiq ravishda mulkchilikning barcha shakllaridagi chakana savdo tashkilotlari orqali aholiga, shuningdek maxsus isteʼmolchilar va davlat taʼminoti muassasalariga belgilangan tartibda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari va aholidan goʻsht tayyorlash hamda uni keyinchalik “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasiga, maxsus isteʼmolchilarga, ijtimoiy soha muassasalari, chakana savdo korxonalariga yetkazib berish uchun sovutgichlarda saqlash funksiyalarini bajarish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoni bilan yuklangan funksiyalar saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasiga yangidan yuklangan funksiyalarni bajarishi uchun boshqaruv apparati xodimlarining sonini 12 shtat birligiga, shu jumladan bitta rais oʻrinbosariga koʻpaytirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi 317-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston” davlat tennis klubini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 29-dekabrdagi 512-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z.Usmonov va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 30-modda)