22.08.2003 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOSHQARUV XODIMLARI SONINI TARTIBGA SOLISH VA ULARGA SARFLANADIGAN XARAJATLARNI MAQBULLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha darajalardagi, birinchi navbatda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ajratadigan mablagʻlar hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlari xodimlarining amaldagi sonini oʻrganib chiqish natijasida xodimlar sonining asossiz ravishda oʻsishi hamda xodimlar soni koʻp boʻlgan boshqaruv apparati saqlanib kelinishi bilan bogʻliq salbiy holatlar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv tuzilmalari rahbarlari har yili boshqaruv apparati qisqartirilishiga qaramay, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sifatida hamon haddan tashqari ortiqcha kengaytirib yuborilgan boshqaruv xodimlariga egadirlar, ularning taʼminotiga ham budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, ham xoʻjalik yurituvchi subyektlarning daromadlaridan ajratiladigan mablagʻlar, koʻp hollarda xizmatlarga narxlar va tariflar oʻsishi hisobiga sarflanmoqda. Bunga shuningdek boshqaruv tuzilmalari xodimlarining cheklangan sonini xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni koʻrsatmasdan tasdiqlashning mavjud amaliyoti ham imkon bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi apparati xodimlarining cheklangan soni 58 nafar etib belgilangani holda uning xodimlarining amaldagi umumiy soni bundan 2,4 baravar koʻpdir va 137 nafarni, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 79 nafarni tashkil etadi. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo”, “Oʻzbekturizm” kompaniyalari, “Oʻzmashsanoat” uyushmasi, “Oʻzfarmsanoat” davlat konsernida ham ahvol xuddi shunday. Ularda xodimlarning amaldagi umumiy soni boshqaruv xodimlarining belgilangan sonidan 2 baravardan ortiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv organlari xodimlari sonini tartibga solish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, ular taʼminotiga sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham budjet mablagʻlari, ham xoʻjalik faoliyatidan mablagʻ ajratish hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari shu jumladan alohida ajratib koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqaruv organlari apparati xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga rioya qilinishi, uning oʻzgarishi dinamikasi va manbalaridan qatʼi nazar boshqaruv apparati taʼminotiga xarajatlarning monitoringini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlariga ular uchun belgilangan xodimlarning umumiy soni va ularning taʼminotiga cheklangan xarajatlar doirasida boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatini mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari roʻyxatini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari boʻyicha boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlarining xarajatlari smetasi va moliyalashtirilishini roʻyxatdan oʻtkazishni boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining tasdiqlangan hisoblab chiqilgan normativlarini hisobga olgan holda mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq organlariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy sonidan ortiqcha xodimlar saqlanishi aniqlangan taqdirda budjetdan taʼminlanadigan tashkilot boʻlmagan tegishli boshqaruv organlaridan qoʻshimcha ravishda saqlab kelingan xodimlar mehnatiga haq toʻlashning yillik fondi miqdorida jarima undirish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hollar davlat budjeti hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlarida aniqlangan taqdirda ushbu tashkilotlar rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqaruv organlari tomonidan xodimlarning umumiy sonini qisqartirish natijasida tejalgan mablagʻ olib qoʻyilmaydi va ushbu organlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika hisoboti shakllariga mazkur qaror talablariga muvofiq axborot taqdim etilishini taʼminlovchi tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya organlariga boshqaruv organlari xodimlari umumiy soni monitoringini olib borish uchun tegishli axborotni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 134-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)