Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.1998 25.12.1992 yildagi PF-519-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON SANOAT VA XOʻJALIK QURILIShI (“OʻZSANOATXOʻJALIKQURILISh”) DAVLAT KORPORATSIYASI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-noyabrdagi PF-2111-son “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida sanoat va xoʻjalik qurilishi boshqaruvini tashkil qilish samaradorligini oshirish, qurilish tashkilotlari va korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish chogʻida tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurilish vazirligi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan vazirlik tarkibiga kirgan pudrat va ixtisoslashtirilgan qurilish trestlarining, ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining ixtiyoriylik asosida Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi (“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”) davlat korporatsiyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi davlat korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va xoʻjalik inshootlari qurilishini taʼminlaydigan barcha mulkchilik shaklidagi qurilish tashkilotlarini, binokorlik sanoati korxonalarini, transport, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan boshqa tashkilotlarni aksionerlik qoidalari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan korporatsiya Ustavi asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qurilish vazirligi ilgari tuzgan barcha shartnomalar va qabul qilgan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va xoʻjalik inshootlarini barpo etish hamda ularni qayta qurish boʻyicha korporatsiyaga kirgan kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya sohasida yagona ilmiy-texnikaviy va normativ siyosatni oʻtkazish, investitsiya siklining tubdan qisqarishini taʼminlaydigan qurilish hamda binokorlik konstruksiyalari tayyorlash yangi texnologiyalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inshootlarni loyihalash va qurish masalalarida ilgʻor tajribani oʻrganish va yoyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish mashinalari, mexanizmlarini, transport vositalari hamda maxsus uskunalarni ishlab chiqish, foydalanish va taʼmirlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya sohasida bozor munosabatlarini keng joriy etish, pudrat ishlari bozorini vujudga keltirish, qurilish ishlarini boshqarishning ilgʻor, iqtisodiy usullariga oʻtish, davlatga qarashli pudrat qurilish tashkilotlarini, hamda qurilish sanoati korxonalarini boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binokorlik materiallari va konstruksiyalarini, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomaviy munosabatlarni oʻrnatishda korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarga koʻmaklashish, eng muhim xalq xoʻjaligi inshootlari qurilishini belgilangan tartibda maʼlum miqdorlarda ajratib beriladigan moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporatsiyaga kirgan korxonalar va tashkilotlar tadbirkorlik faoliyati hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlarida, xorijiy sheriklar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridagi korxonalar bilan qoʻshma korxonalar barpo etishda ularga amaliy yordam berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi (“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga oid qarorni qabul qilib, korporatsiyaning tuzilmasi va Ustavini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-519-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 77-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 10-11-son, 208-modda)