Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2002 18.02.1992 yildagi PF-345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT KOMITETI (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FTDK)NI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-fevral PF-3029-sonli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va texnika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda respublikaning ilmiy quvvatidan samarali foydalanish, fan va ishlab chiqarishning hamkorlik vositasini shakllantirish, patent-litsenziya va ilmiy axborot faoliyatini takomillashtirish, xalqaro ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida va Oʻzbekiston fan-texnika jamoatchilikning takliflarini eʼtiborga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot komiteti va unga qarashli ilmiy tashkilotlar negizida hamda ular soni va mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining Fan va texnika davlat komiteti (Oʻzbekiston Respublikasi FTDK) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FTDK huzurida respublika fan-texnika va patent-litsenziya axboroti markazi (OʻzFTPA) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komitetining bosh vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan-texnika taraqqiyotining respublika uchun ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, fan va texnikani ragʻbatlantirish vositalarini ishlab chiqish asosida fan-texnika sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, istiqbolli yechimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil qilish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, korxonalar, birlashmalar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnika sohasi tarmoqlari majmuini, fan bilan ishlab chiqarishning ilgʻor hamkorlik shakllarini tashkil etish va rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikda qatnashishi ustuvor yoʻllari va asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, chet mamlakatlar, ilmiy va oʻquv markazlari hamda boshqa tashkilotlar bilan fan, texnika sohasida va kadrlar tayyorlashda aloqalarni muvofiqlashtirish va ularni kengaytirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnikaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnikaviy loyihalar va dasturlarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish va shu ishlarni amalga oshirish, fan va texnika yutuqlari joriy etilishini, xalq xoʻjaligi tarmoqlarini ilmiy-texnikaviy darajasini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnika sohasida mualliflik huquqlari muhofaza qilinishini, kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari va tovar belgilaridan Oʻzbekiston Respublikasida samarali foydalanishni taʼminlaydigan tizimni vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patent-litsenziya ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, respublika patent jamgʻarmasini tuzish, patentlash masalalarida korxonalar va tashkilotlarga maslahatlar hamda uslubiy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari va axborot bozorini shakllantirish yuzasidan respublikada oʻtkazilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, Vatanimizdagi va chet ellardagi ilm-fan, texnika hamda texnologiyalarning eng yaxshi yutuqlari toʻgʻrisida boshqaruv organlarini, korxonalar, ilmiy va oʻquv tashkilotlarini axborot bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Fan va texnika davlat komiteti oʻz huquq, doirasida qabul qilgan qarorlar kimga boʻysunishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, ilmiy tashkilotlar va muassasalar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta ichida Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komitetining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilishi, Komitet tuzilmasini va uning haqidagi Nizomni tasdiqlashi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 18-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-345-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 199-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 48-modda)