Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi oʻzgarish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimi qisqartirilsin.
2. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi oʻzgarish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 13-iyuldagi PQ-119-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-aprel,
PQ-623-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 4-son, 209-modda)