O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-sonli, 386-modda) muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Metallurgiya tashkilot va ishlab chiqarishlarining gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida e’tirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 26-noyabr, 157-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 19-son, 191-modda) ishlab chiqilgan bo‘lib, metallurgiya tashkilot va ishlab chiqarishlarining gaz xo‘jaligida xavfsizlik talablarini belgilaydi.
bandaj –– issiq holatda po‘lat quvurga kiydiriladigan va sovish paytida uni siqib qo‘yadigan metall halqa;
berkitish va rostlash armatura (qurilma)lari –– quvurlar va uskunalarga o‘rnatiladigan texnik qurilma bo‘lib, o‘tish kesimi yuzasini o‘zgartirish yo‘li bilan gaz (suyuqlik va boshqalar) oqimini boshqarish (yopish, rostlash, taqsimlash, aralashtirish, fazalarni ajratish) uchun ishlatiladi;
gazga xavfli ishlar –– gazlangan muhitda yoki gaz chiqish ehtimoli mavjud joylarda bajariladigan ishlar;
gazning impuls o‘tkazgichi — gaz olish moslamasini nazorat-o‘lchov asboblari, datchik yoki rostlagichlar bilan ulaydigan o‘tkazish quvuri bo‘lib, nazorat qilinadigan (rostlanadigan) texnologik muhitning ta’sirini nazorat-o‘lchov asboblari, datchik yoki rostlagichlarning sezuvchan elementlariga uzatish uchun xizmat qiladi;
gaz rostlash punkti (GRP) va uskunasi (GRU) — gaz taqsimlash tarmoqlarida gazning kirish bosimini avtomatik tarzda pasaytirish va uni chiqishda belgilangan doimiy darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan texnologik qurilmalar majmuasi;
gaz uskunasi –– gaz va gaz aralashmalari ishlatiladigan apparat, mashina, inshoot, qurilmalar va ularning quvuro‘tkazgichlari;
gaz xo‘jaligi obyektlari — sexlararo va sex gazo‘tkazgichlari, gaz iste’mol qiladigan pech, qozon va boshqa agregatlarning gaz uskunalari, ferroqotishma ishlab chiqarishda ajralib chiqadigan gazlarni (bundan buyon matnda — ferroqotishma gazlari deb yuritiladi) tozalash uskunalari, gaz chiqarib yuborish qurilmalari, ferroqotishma gazining gaz so‘rish stansiyalari, gaz rostlash punkt va uskunalari, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi gazo‘tkazgichlar va alohida hududda joylashgan tashkilot obyektlariga o‘tkazilgan gazo‘tkazgichlar;
gazo‘tkazgich — yonuvchan gazlarni gaz taqsimlash tarmog‘idan gaz iste’mol qiluvchi pech, qozon va boshqa agregatlarga tashiydigan inshoot bo‘lib, quvur, armatura, ustun, tayanch va boshqa jihozlardan tarkib topgan;
drosselli klapan — quvuro‘tkazgichning o‘tish kesimiga nisbatan ancha kichik kesimli qurilma bo‘lib, yopiq tizimdagi ishchi muhit (gaz, havo va b.) parametrlarini (miqdori, bosimi, harorati va h.) rostlash uchun xizmat qiladigan qurilma;
yondirgich (goryelka) — gazsimon yoqilg‘ini havo bilan aralashtirib, aralashmani chiqish teshigiga uzatish va shu yerda uni yondirib, gaz iste’mol qiluvchi agregatlarda yoqilg‘ining barqaror yonishini va yonish jarayonini boshqarish (rostlash) imkonini ta’minlaydigan qurilma;
zulfin (zadvijka) — armatura turi, unda berkituvchi yoki rostlovchi elementlar gaz (suyuqlik) oqimi yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda harakatlanadi;
klapan — mashinalar va quvuro‘tkazgichlarda texnologik muhit (gaz, bug‘, suyuqlik va hokazo) sarfi (bosimi)ni avtomatik tarzda boshqaradigan qurilma (detal);
kondensat to‘plagich — kondensatni chiqarib yuboradigan va qizitilgan bug‘ni o‘tkazmaydigan yoki cheklab o‘tkazadigan armatura;
ortiqcha gaz bosimi — quvuro‘tkazgich ichidan o‘tayotgan gaz hosil qiladigan (absolyut) bosim bilan tashqi (atmosfera) bosim orasidagi farq; ortiqcha bosim miqdori manometrlar yordamida o‘lchanadi;
ochiq (ko‘rinish) masofa — yonma-yon joylashgan obyektlar (quvuro‘tkazgichlar, uskunalar, binolar va hokazo)ning eng chekka bo‘rtib chiqqan qismlari orasidagi minimal masofa;
puflash svechalari — gazo‘tkazgich va uskunalardan havoni chiqarib tashlashda, shuningdek, saqlovchi chiqarish klapani ishlab ketganda undan keyingi gazni chiqarib tashlashda hosil bo‘ladigan gaz-havo aralashmasini atmosferaga chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan qurilma;
saqlovchi berkitish klapani (SBK) — bosim belgilangan chegaradan oshib ketganda gaziste’molchilarga gaz uzatilishini avtomatik tarzda to‘xtatish uchun xizmat qiladigan qurilma. SBK lar asosan gaz rostlash punkt (uskuna)lariga o‘rnatiladi;
saqlovchi chiqarish klapani (SChK) — ortiqcha ishchi muhitni chiqarib yuborish vositasida uskuna va quvuro‘tkazgichlarni bosim ruxsat berilmaydigan darajadan oshib ketishidan avtomatik tarzda himoyalaydigan qurilma;
signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi miqdorlarga yetish hollarida ovozli yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan qurilma;
suvli qaytargich (vodyanoy zatvor) — quvurlarda gazning orqaga oqishiga yo‘l qo‘ymaydigan, gaz bilan payvandlashda esa portlash to‘lqini (alangani)ni payvandlash yondirgichidan generator (gazo‘tkazgich)ga o‘tib ketishiga (“teskari zarbaga”) to‘sqinlik qiladigan gidravlik qurilma;
tezkor uzuvchi klapan — avariyaviy vaziyatlar yuzaga kelganda gaziste’molchilarga gaz uzatilishini bir (bir necha) soniyada uzib qo‘yilishini ta’minlaydigan qurilma.
xavfsizlik avtomatikasi — pech, qozon va boshqa gaz iste’molchi agregatlarga o‘rnatilgan qurilmalar majmuasi bo‘lib, ushbu agregatlarning xavfsiz ishlatilishini ta’minlaydi.
a) loyihalanayotgan, qurilayotgan va foydalanaliyotgan barcha metallurgiya tashkilotlarining gaz xo‘jaligi obyektlariga;
b) metallurgiya tashkilotlarining ferroqotishma, tabiiy gazlarni, shuningdek, ularning ortiqcha bosimi 1,2 MPa dan ko‘p bo‘lmagan aralashmalarini va ortiqcha bosimi 1,6 MPa dan ko‘p bo‘lmagan suyultirilgan uglevodorod gaz (SUG)larni tayyorlash, tashish va yonilg‘i sifatida iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlari.
a) Mazkur Qoidalarning 2-bandida ko‘rsatilmagan (vodorod, atsetilen, ammiak va boshqalarning) gaz quvurlari va gaz uskunalariga;
4. Gaz uskunalarini tayyorlashga doir texnologik talablar, tashkilotlarning gaz xo‘jaligi obyektlarini ishlatish, ta’mirlash va sozlash mazkur Qoidalar talablariga mos bo‘lishi lozim.
5. Tashkilotlarning gaz xo‘jaligi obyektlarini loyihalash, qurish, ishlatish, kengaytirish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish, tugatish, shuningdek, ushbu ishlab chiqarishlar uchun texnik qurilmalarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish mazkur Qoidalar va “Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari”, (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 28-maydagi 20-15-195/12-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan), “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) hamda sanoat xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Gaz xo‘jaligining portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlari hamda texnik qurilma, bino va inshootlari, shuningdek, texnologik jarayonlar va texnik qurilmalar konstruksiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
7. Tashkilotda sexlararo gaz quvurlar hamda tashkilot gaz xo‘jaligining obyektlarini bexatar ishlatish va texnik holatini nazorat qilish uchun bosh energetik xizmatining rahbar mutaxassislari orasidan javobgar shaxs tayinlanadi.
8. Texnologik, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, gazga xavfli va olovli ishlarni bexatar bajarish, gaz uskunalaridan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnomalar “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
9. Tashkilotlar tomonidan gaz xo‘jaligi obyektlarida “Metallurgiya ishlab chiqarishlarida avariyalarni bartaraf etish (cheklash) rejalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma”ga (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 28-maydagi 20-15-203/12-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) muvofiq avariyalarni bartaraf etish (cheklash) rejalari ishlab chiqilishi lozim.
10. Texnologik jarayonlar, kommunikatsiya sxemalari o‘zgarganda, yangi uskuna, moslamalar joriy etilganda ishlab chiqarishga o‘zgartirishlar kiritishdan oldin “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 1-son)ga muvofiq amaldagi yo‘riqnomalarga tegishli tuzatishlar kiritilishi lozim.
11. Gaz xo‘jaligi obyektlari hujjatlarini ishlab chiqish va loyihalashni, gaz xo‘jaligi obyektlarini qurish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash, texnik jihatdan shahodatlashni amalga oshiruvchi hamda ushbu obyektlardan foydalanuvchi rahbar xodimlar va mutaxassislar GOST 12.0.004 va “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirish to‘g‘risida namunaviy nizom” (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiq mehnat xavfsizligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkaziladi.
12. Gaz xo‘jaligida yuz bergan avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
13. Metallurgiya tashkilotlarida metallarni qizdirish va eritishda, texnologik agregatlarda, qozon hamda boshqa iste’mol qiluvchi qurilmalarda ishlatiladigan va hosil qilinadigan yonuvchan texnologik gazlar chang va zararli moddalardan tozalanishi lozim.
14. Ferroqotishmalarni ishlab chiqarish sharoitlariga qarab ferroqotishma gazi tarkibida vodorod miqdori 12 foizgacha bo‘lishiga ruxsat etiladi, oltingugurt vodorodi va oltingugurt ikki oksidlarining jami miqdori (oltingugurt ikki oksidiga nisbatan qaytadan hisoblaganda) 1g/nm3 dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Tashkilot tarmoqlariga kelayotgan ferroqotishma gazi tarkibidagi chang miqdori 20 mg/nm3 dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
15. Yonilg‘i sifatida ishlatiladigan tabiiy gazning tarkibida, konga bog‘liq holda, oltingugurt vodorodining miqdori 25 mg/nm3 gacha, merkaptan oltingugurtiniki — 120—150 mg/nm3 gacha bo‘lishi mumkin. Zarur bo‘lsa, ayrim ishlab chiqarishlar uchun ishlatiladigan tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan maxsus tozalash tizimi ko‘zda tutilishi lozim.
16. SUG ning hidi uning havodagi miqdori alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining kamida 20 foizini tashkil etganda sezilishi lozim.
17. Gaz quvur va uskunalari ulardagi gazning hisoblangan bosimiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
g) 1 — toifa yuqori bosimli — gaz bosimi 0,3 dan ko‘p — 1,2 MPa gacha, (propan-butan uchun esa 1,6 MPa gacha).
18. Gazning hisoblangan bosimi gaz quvur va gaz uskunalarini ishlatish paytidagi eng katta ishchi bosim hisoblanadi va bu qurilmalar ushbu bosimga hisob-kitob qilingan bo‘lishi lozim.
a) ferroqotishma gazining gazo‘tkazgichlari uchun pech gumbazidan gaz so‘rish stansiyasining gaz puflagichlarigacha — gaz puflagichlar hosil qiladigan gazning hisoblangan siyraklanishiga teng;
b) tabiiy gaz va SUG ning bug‘ fazasi gaz quvurlari uchun — gaz taqsimlash stansiyalari (GTS), gaz rostlash punktlari (GRP) va gaz rostlash uskunalari (GRU)dan chiqishdagi gazning hisoblangan bosimiga teng;
v) turli gazlarning gaz quvurlari biriktirilgan bo‘lsa — gaz keltirish quvurlari uchun ushbu quvurlardagi hisoblangan bosim miqdori bo‘yicha, aralash gazlarning gaz quvurlari uchun esa — gaz keltirish quvuridagi gazning eng katta bosimi bo‘yicha;
g) gaz bosimini oshirish agregatlaridan keyingi gaz quvurlar uchun — agregatgacha hisoblangan bosim bilan agregatdan keyingi gaz quvuriga ulangan barcha iste’molchilarga gaz sarfi to‘xtatilganda gaz bosimini oshirish agregati hosil qiladigan bosim yig‘indisiga teng;
d) gaz bosimini oshirish agregatidan keyingi aralash gazlarning gaz quvurlari uchun — agregatgacha bo‘lgan eng katta hisoblangan bosim bilan barcha iste’molchilarga aralash gaz sarfi to‘xtatilganda, agregat zichligi eng katta gazda hosil qiladigan bosim yig‘indisiga teng.
20. Gazo‘tkazgich va gaz uskunalar faqat ularda ortiqcha gaz bosimi bo‘lgandagina ishlatilishi lozim, ferroqotishma ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan yopiq ferroqotishma pechlari va gaz puflash qurilmasi orasida joylashgan gazo‘tkazgich hamda gaz uskunalar bundan mustasnodir.
21. Gazo‘tkazgich va gaz uskunalari ular egallab turgan hududni bemalol shamollatish ta’minlangan ochiq maydonchalarga o‘rnatilishi lozim. Gazo‘tkazgich va uskunalarni faqat texnologik jarayon yoki xizmat ko‘rsatish shartlari talab etganda yopiq binolarda joylashtirish mumkin.
23. Gazo‘tkazgich va gaz apparatlarining detallari bir-biriga, qoidaga ko‘ra, payvandlab ulanishi lozim. Flanetsli birikmalardan foydalanishga faqat tiqinlar o‘rnatiladigan, gazo‘tkazgichlar flanetsli uskuna, armatura va apparatlarga ulanadigan joylarda, gazo‘tkazgichlarning ba’zi uchastkalarida esa montaj qilish va ishlatish shartlari talablaridan kelib chiqqan holda ruxsat etiladi.
24. Diametri 1000 mm va undan ko‘p bo‘lgan past bosimli gazo‘tkazgichlar uchun ishlatiladigan quvurlarning montaj choklari, odatda, bandaj yordamida payvandlanishi lozim.
25. Nazorat-o‘lchov asboblarini, shuningdek, birikmasi faqat rezbali qilib yasaladigan armatura va jihozlarni ulash uchun rezbali birikmalardan foydalanish mumkin.
26. Gaz apparatlarining ichiga kirish talab etiladigan joylariga va ularni shamollatib turish uchun pastki qismiga qopqoqli tuynuk (lyuk)lar o‘rnatilishi lozim. Diametri 300 mm va undan katta bo‘lgan past va o‘rtacha bosimli gazo‘tkazgichlar (bundan SUG larning gazo‘tkazgichlari mustasno) gaz yo‘nalishi bo‘yicha bevosita zulfin (zadvijka)dan keyin tuynuklar bilan jihozlanishi, halqalangan gazo‘tkazgichlarda esa tuynuklar zulfinning ikkala tarafiga ham o‘rnatilishi lozim.
27. Diametri 1200 mm va undan katta hamda uzunligi 25 m dan ko‘p bo‘lgan gazo‘tkazgichning berk uchastkasida (boshi va oxirida) kamida ikkita qopqoqli tuynuk bo‘lishi lozim.
28. Gazo‘tkazgichning diametri 600 mm gacha bo‘lsa, tuynukning ko‘rinish diametri uning diametriga teng va gazo‘tkazgichning diametri 600 mm va undan katta bo‘lsa –– 600 mm ga teng bo‘lishi lozim.
29. Futerovkalangan gazo‘tkazgichlarda qopqoqli tuynukning quvurchasi futerovka qalinligida ichkariga kiritilgan bo‘lishi lozim.
30. Quvuro‘tkazgich, apparat va tayanch konstruksiyalarining tashqi sirtlarini kimyoviy yemirilishdan himoyalash turi va tizimlari “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan), boshqa normativ-texnik hujjatlarga muvofiq tanlab olinishi va loyihada aniqlab qo‘yilishi lozim.
31. Gazo‘tkazgichlarning tanituvchi rangi GOST 14202 talablariga muvofiq bajarilishi lozim. Gazo‘tkazgichlarda gaz harakati yo‘nalishi ko‘rsatkich bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
32. Kimyoviy yemirilishga faol gaz yoki bug‘ bilan ifloslanish mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilgan gazo‘tkazgich va gaz uskunalari, shu jumladan, tayanch konstruksiyalari, maydoncha va zinalar maxsus kimyoviy yemirilishga qarshi qoplama bilan himoyalangan yoki kimyoviy yemirilishga bardoshli materiallardan yasalgan bo‘lishi lozim.
33. Bino va gaz uskunalar amaldagi bino va inshootlarning yashindan himoyalagichlarini o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq yashin himoyalagich bilan jihozlanishi lozim.
34. Barcha gaz mashina va apparatlari, ularning qayerda joylashganidan qat’i nazar, yerga ulab himoyalangan bo‘lishi lozim. Gazo‘tkazgichlar sex binolariga kirish va chiqish joyida sex elektr uskunalarining yerga ulash konturlariga ulanishi lozim.
38. Tashkilotga gaz uzatuvchi yer osti gazo‘tkazgichning yerdan chiqish joyida ajratuvchi flanets va qatron quyilgan g‘ilof o‘rnatilishi lozim.
39. Puflash svechalari gazo‘tkazgichning oxirida tiqinga yaqin joyda va gaz yo‘nalishi bo‘yicha zulfinlardan oldin, shuningdek, gazo‘tkazgich va gaz uskunalarining yuqori nuqtalarida o‘rnatilishi lozim, (agar tarmoqning zulfingacha bo‘lgan uzunligi 3 m dan kam bo‘lsa, gaz tarmoqlaridagi zulfinlar bundan mustasnodir) gazo‘tkazgichlar tizimi halqasimon bo‘lsa, svechalar zulfinning ikkala tarafiga ham o‘rnatilishi lozim.
40. Metallarga gaz alangasida ishlov berish postlari va boshqa kichik iste’molchilarning (gazo‘tkazgichining geometrik hajmi 0,05 m3 gacha bo‘lgan, zaharmas gazlarda, propan-butandan tashqari, ishlaydigan) tarmoqlarini sex kollektoridagi oxirgi svechaga puflab bo‘lgandan so‘ng sex hududiga quyidagicha puflash mumkin:
b) kichik iste’molchilar — balandligi svecha og‘zidan sex (ish maydonchasi) poligacha kamida 3 m bo‘lgan svecha orqali puflanadi.
41. Puflash svechasining kesimi puflanayotgan hajmning 30 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida besh marta almashishini ta’minlash hisobidan tanlab olinadi, Diametri 1,5 m va uzunligi 500 m dan ortiq bo‘lgan kollektorlar uchun puflash muddati 1 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
42. Puflash svechalari zaharmas gazlar uchun svecha chiqqan joydagi tom sathidan yoki gazo‘tkazgichga xizmat ko‘rsatish maydonchasidan kamida 2,5 m yuqoriga, zaharli gazlar uchun esa kamida 4 m yuqoriga chiqarilgan bo‘lishi lozim. Agar tom cho‘qqisidan yoki fonardan svechagacha bo‘lgan masofa 20 m dan kam bo‘lsa, zaharli gazlar va havoga nisbatan zichligi 0,8 va undan ko‘p bo‘lgan gazlar uchun svechalar fonardan kamida 10 m uzoqlikda o‘rnatilishi lozim.
43. Gazo‘tkazgichlardagi puflash svechalarining chiqarish teshigi zaharli gazlar uchun yer sathidan kamida 10 m balandlikda, zaharmas gazlar uchun esa kamida 7 m balandlikda bo‘lishi lozim.
44. Har xil gazlarning puflash svechalarini, shuningdek, gazo‘tkazgichlarning qaytargich (zatvor) bilan ajratilgan alohida uchastkalarini birlashtirish man etiladi. Faqat tabiiy gazda ishlaydigan, issiqlik quvvati 12,6∙106 kJ/s gacha bo‘lgan agregatlarning gazo‘tkazgichlarida va ularga boshqa gazlarni uzatish mumkin bo‘lmagan hollarda, bir xil bosimli gazo‘tkazgichlar uchastkalaridan chiqqan svechalarni birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
45. Puflash svechasining yuqori qismi konstruksiyasi unga suv tushishiga yo‘l qo‘ymasligi va gaz oqimini eng yaqin ish o‘rinlari hamda binolar fonarlaridan chet tarafga yo‘naltirilishini ta’minlashi lozim.
46. Svechalarning tomdan o‘tish joylarida g‘ilof va himoya soyabonlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Svechada zulfindan keyin (gaz yo‘nalishi bo‘yicha) gazo‘tkazgichni shamollatish yoki puflash paytida, tegishincha, havo yoki gaz namunasini olish uchun, shuningdek, svecha zulfinining zichligini tekshirish uchun jo‘mrakli shtutser o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
47. Puflash svechalarining og‘zi bino va inshootlarni shamollatuvchi tizimning havoolgichlaridan gorizontal bo‘yicha 30 m dan ko‘p bo‘lgan masofada bo‘lishi lozim. Masofa 30 m dan kam bo‘lsa, svecha og‘izlari havoolgichdan kamida 8 m balandda bo‘lishi lozim, bundan puflash svechalaridan pastda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan SUG havoolgichlari mustasnodir.
49. Gaz tarkibida oltingugurt miqdori 20 mg/m3 dan ko‘p bo‘lganda, gazo‘tkazgichlarga bronza jo‘mrak yoki bronza halqali zulfinlarni o‘rnatish man etiladi.
50. Gazo‘tkazgich va apparatlarga surilma shpindelli zulfinlar o‘rnatilishi lozim. Jo‘mraklarning tiqinlarida ularning holatini belgilovchi kertik bo‘lishi, jo‘mraklar dastagida esa burash cheklagichi bo‘lishi lozim. O‘z-o‘zini moylovchi jo‘mraklarda ularning ochilishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich bo‘lishi lozim.
b) tarmoqlarda va iste’molchiga gaz kirishida (quvuro‘tkazgichning diametri 400 mm va undan katta bo‘lganda);
g) armatura avtomatik boshqarish tizimiga ulanganda (boshqaruvni markazlashtirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimi);
d) xavfsizlik sharoitiga ko‘ra armaturani masofadan turib boshqarish zarur bo‘lganda (armatura 10 m va undan ortiq balandlikdagi estakada, maydonchalarda joylashganda va boshqalar), bosimi 0,6 MPa dan yuqori bo‘lgan zaharli gazlarning quvuro‘tkazgichlarida.
53. Shartli o‘tish 400 mm va undan ko‘p bo‘lgan berkitish armaturasi mexanik yuritmali (shesternyali, chervyakli, pnevmatik, gidravlik, elektr va boshqa) bo‘lishi lozim. Yuritma turi normativ va texnologik talablarga ko‘ra tanlab olinadi.
55. Gazo‘tkazgich va gaz apparatlarga berkitish qurilmasi sifatida gidravlik qaytargich (zatvor)larni o‘rnatish man etiladi.
56. Ushbu taqiq skrubber, elektrfiltr, kondensat yig‘gichlarning doimiy ishlaydigan gidravlik qaytargichlariga, shuningdek, ferroqotishmalar pechlarining gaz tarmoqlariga qo‘llanilmaydi.
57. Gaz o‘tkazgichlarning alohida uchastkalarini, gaz iste’mol qiluvchi agregat va gaz apparatlarini ishlatilayotgan gazo‘tkazgichlardan zich qilib berkitish uchun gardish (disk)li zulfinlardan keyin (gaz yo‘nalishi bo‘yicha) listli zulfin yoki tiqinlar o‘rnatish lozim.
58. Bino va sex ichida gazo‘tkazgichlarga listli zulfinlarning har qanday turini, agar ularning oldida gardish(disk)li zulfin bo‘lmasa, o‘rnatish man etiladi.
59. Diametri 300 mm dan katta bo‘lgan gazo‘tkazgichlardagi listli zulfinlar mexanizatsiyalashtirilgan yuritma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Agar listli zulfinlar o‘rnatilmagan bo‘lsa, ta’mirlash, uzoq muddatga to‘xtash, reviziya va avariya paytlarida tiqinlar qo‘llanilishi lozim. Tiqinlar, odatda, gaz yo‘nalishi bo‘yicha zulfindan keyin uning flanetslari orasiga o‘rnatilishi lozim.
60. Listli zulfinlar va diametri 2,0 m gacha bo‘lgan tiqinlarning bekituvchi listlari yaxlit listdan yasalishi lozim. Diametrlar bundan ham ortiq bo‘lsa, ikki bo‘lakdan iborat payvandlangan listlarni choklariga tegishlicha ishlov berib va chok zichligini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng qo‘llashga ruxsat etiladi.
61. Listli zulfinlar va tiqinlarning bekituvchi listlari gazo‘tkazgich diametriga ko‘ra tegishli gaz bosimiga hisoblangan bo‘lishi zarur, bunda ularning qalinligi 4 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
62. Tiqinlar flanetsdan chiqib turadigan dumchaga ega bo‘lishi lozim. Dumchada “T” (“Z”) harfi o‘yib yozilgan bo‘lishi, shartli bosim va diametr kattaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
63. Berkitish qurilmalari boshqarish, ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun qulay joylashgan bo‘lishi lozim.
64. Ochiq maydoncha yoki isitilmaydigan binolarda namli gazning quvuro‘tkazgichlariga berkitish va rostlash armaturalari o‘rnatilgan joylarga bug‘ quvurlari keltirilgan bo‘lishi lozim. Gaz o‘tkazgichlarga bug‘ quvurlarini ulash mazkur qoidalarning 76-bandiga asosan bajarilishi lozim.
65. Pol sathidan 2,2 m va undan yuqori balandlikda joylashgan zulfin, drossel qurilmalari, o‘lchash diafragmalari, to‘lqinli hamda salnikli kompensatorlar, boshqa armaturalar va uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun zinali muqim maydonchalar o‘rnatilishi lozim.
66. Diametri 300 mm va undan katta bo‘lgan gazo‘tkazgichlarning ikkala yon tarafiga ham xizmat ko‘rsatish maydonchalari o‘rnatilishi lozim, gazo‘tkazgichning diametri 300 mm dan kam bo‘lsa, bir tarafiga o‘rnatish mumkin. Bunda maydoncha eni uskunaning chiqib turgan qismlaridan kamida 1 m, to‘sqich balandligi esa 1,2 m bo‘lishi lozim.
67. Uskunaga doimiy xizmat ko‘rsatish maydonchalari zinalarining qiyalik burchagi 45˚, uskunaga vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatiladigan maydonchalarda esa 60˚ bo‘lishi lozim.
68. Uzunligi 6—12 m bo‘lgan doimiy xizmat ko‘rsatish maydonchalariga chiqish uchun maydonchaning qarama-qarshi tomonlariga ikkita zinalar o‘rnatilishi, ulardan bittasi supa (marsh)li zina bo‘lishi lozim. Maydoncha uzunligi 12 m dan ko‘p bo‘lsa, ikkalasi ham supa (marsh)li zina bo‘lishi lozim.
69. Sex binolarida joylashgan, uskunaga vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan maydonchalarga chiqish uchun balandligi 3 m dan ko‘p bo‘lmagan vertikal zinalar o‘rnatish mumkin. Sexlararo gazo‘tkazgichlar va sexlarga tarqalgan tarmoqlarda ko‘p qavatli maydonchalar qurilayotganda, maydonchalar orasiga vertikal zinalar o‘rnatish mumkin, bunda zinalar balandligi 3 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
70. Gazo‘tkazgichlarning haroratdan deformatsiyalanishini o‘z-o‘zini kompensatsiyalash hisobiga kompensatsiyalab bo‘lmasa, P-simon yoki to‘lqinli kompensatorlar o‘rnatilishi lozim. Quritilgan gazning gorizontal uchastkalariga o‘rnatiladigan linzali va gardishli kompensatorlarning har bir to‘lqiniga tiqinli kalta shtutser o‘yib o‘rnatilgan bo‘lishi, namli gazo‘tkazgichlarining har bir to‘lqini esa antratsen moyini quyish va to‘kish uchun mo‘ljallangan ikkita shtutser bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
71. P-simon kompensatorlar diametri 500 mm gacha bo‘lgan choksiz quvurlarni bukib yoki tashkilotda tayyorlangan quvurni payvandlab, payvandlash choklari putur yetkazmaydigan usul bilan tekshirilib yoki tik bukilgan tarmoqlar qo‘llanilib yasalishi lozim. Yangi o‘tkazilayotgan gazo‘tkazgichlarga kompensatorlar flanetsli birikmasiz o‘rnatilishi lozim.
72. Kompensator chizmalarida kompensatorning dastlabki deformatsiyalash miqdori to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lishi lozim. Kompensatorlarni oldindan cho‘zish (yoki qisish) ularni o‘rnatishdan avval atrof-muhitning havo haroratini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim, bu haqda ularni o‘rnatish dalolatnomasida qayd etish lozim.
73. Ferroqotishma, aralash gazlarning sexlararo gazo‘tkazgichlari butun uzunligi bo‘ylab har 150—200 m da, shuningdek, kondensat to‘plagich o‘rnatilgan joylarda bug‘ berish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Gazo‘tkazgichlarga beriladigan bug‘ning hisoblangan bosimi 1,2 MPa dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
74. Gazo‘tkazgichga vaqti-vaqti bilan bug‘ uzatish uchun unda berkituvchi armaturali shtutser ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Gazo‘tkazgich shtutseriga jo‘mrak o‘rnatish mumkin emas. Bug‘latish paytida shtutsyerlar egiluvchan shlang yoki metall quvurlar yordamida ulanishi lozim. Bug‘latish tugagandan so‘ng shlang yoki quvurlar uzilishi, gazo‘tkazgich shtutseriga esa tiqin o‘rnatilishi lozim. Gazo‘tkazgichlarga bug‘ berish uchun mo‘ljallangan muqim (olinmaydigan) bug‘ o‘tkazgichlar teskari klapanlar va bug‘ bosimi pasayib ketganligi to‘g‘risida xabarlash qurilmalari bilan jihozlanishi, tovush va yorug‘lik signallari gaz xo‘jaligining dispetcher punktiga chiqishi lozim.
75. Doimiy xizmat ko‘rsatish talab etiladigan armatura va priborlar o‘rnatilgan joylar yoritilgan bo‘lishi lozim.
76. Tashkilot gazo‘tkazgichlari sexlararo va sex gazo‘tkazgich turlariga bo‘linadi. Sexlararo gazo‘tkazgichga ikki va undan ortiq sexlarga gaz uzatuvchi quvurlar hamda bitta sexga uzunligi 100 m dan ortiq gaz uzatuvchi tarmoqlar kiradi.
Sex gazo‘tkazgichlariga esa sexlararo gazo‘tkazgichlarga ulangan uzunligi 100 m dan kam gaz tarmoqlari, sex kollektori, sex kollektoridan gaz iste’mol qiluvchi agregatlargacha bo‘lgan tarmoqlar va sexning tegishli uskunasiga gaz tarqatuvchi quvurlar kiradi.
77. Gaz o‘tkazgichlar “Texnologik quvur o‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) talablariga muvofiq yotqizilishi lozim. Yer usti gaz o‘tkazgichlarini yonmaydigan konstruksiya, tayanch, estakada, galereya yoki stendlarga va bino (inshoot)lar tomlari ustiga yotqizish lozim.
78. Gaz bosimi 0,6 MPa gacha bo‘lgan gazo‘tkazgichlarni olovbardoshligi I-, II-, III-a darajali V, G va D toifali ishlab chiqarish binolarining tomlari bo‘ylab yotqizish mumkin. Gaz bosimi 0,6 MPa dan ko‘p bo‘lsa, gazo‘tkazgichlarni faqat 0,6 MPa dan ortiq gaz bosimida ishlaydigan gaz iste’mol qiluvchi agregatlar o‘rnatilgan sexlarning devor va tomlari bo‘ylab o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. A toifali binolarning devor va tomlari bo‘ylab faqat ushbu binolardagi ishlab chiqarishlarga taalluqli gazo‘tkazgichlarni yotqizishga yo‘l qo‘yiladi.
79. Yonma-yon turgan quvuro‘tkazgichlar o‘qlari orasidagi va quvuro‘tkazgichlardan qurilish konstruksiyalarigacha bo‘lgan eng kichik ochiq masofa “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari”ning (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-son xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) 173-bandi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
80. Gazo‘tkazgichlarga to‘lqinsimon kompensatorlar o‘rnatilganda kompensator to‘lqini va devor orasidagi ochiq masofa 300 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
81. Binolarning tashqi devorlari bo‘ylab yotqizilgan gazo‘tkazgichlar tomdan tushayotgan suvlar ularning ustida muzlab qolmasligi uchun himoyalangan bo‘lishi lozim.
82. Binolarning devorlari bo‘ylab yotqizilayotgan gazo‘tkazgichlar deraza, eshik o‘rinlarini kesib o‘tmasligi lozim.
83. Gazo‘tkazgichlarning tayanch konstruksiyalari metall yoki temir-betondan yasalgan bo‘lishi lozim.
84. Metall tayanchlarning barcha elementlarini, shuningdek, gazo‘tkazgich devorlariga payvandlanadigan detallar (masalan, qattiqlik qovurg‘alari)ni yaxlit chok qilib payvandlash lozim.
85. Gaz o‘tkazgichlar o‘rindiqqa zich qilib o‘rnatilishi lozim. Bunda gaz o‘tkazgichlarning ko‘ndalang payvandlash choklari haroratdan deformatsiyalanishni hisobga olgan holda tayanch chekkasidan kamida 50 mm ga chiqib turishi, bo‘ylama choklar esa tayanchdan yuqori va ko‘rinarli tarafda joylashgan bo‘lishi lozim. Agar ko‘ndalang payvandlash chokidan tayanchgacha ko‘rsatilgan masofaga rioya qilib bo‘lmasa, butun perimetr bo‘ylab payvandlangan taglik tsargalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
Yo‘ldosh quvur o‘tkazgich va xizmat ko‘rsatish maydonchalarining tayanchlarini mahkamlash uchun ishlatiladigan kronshteynlarni past va o‘rtacha bosimli gaz o‘tkazgichlarga payvandlab ulash mumkin. Bunda ular halqasimon qattiqlik qovurg‘asiga yoki qalinligi 6 mm dan ko‘p bo‘lgan gazo‘tkazgich devorlariga payvandlanib ulanishi lozim.
O‘tkazilayotgan yuqori bosimli gaz o‘tkazgichlarning detallari bo‘lgan tayanch o‘rindiqlari, yerga ulash elementlari va ochiladigan kronshteynlarni, shuningdek, gaz o‘tkazgichlar uchun mo‘ljallangan kabel va impuls o‘tkazgichlar mahkamlanadigan kronshteynlarni payvandlab ulash mumkin.
Bitta tayanchda yoki estakadada yonuvchan gazlarning gaz o‘tkazgichlari bilan boshqa gazlar, suv, bug‘, mazut, qatron va moylarning quvur o‘tkazgichlarini, shuningdek, kislorod quvurlarini 3-ilovaning 1- va 3-bandi talablariga rioya etib birga yotqizish mumkin.
86. Gaz o‘tkazgichlar bilan oson alangalanuvchi suyuqliklarning quvur o‘tkazgichlari va birinchi toifali bug‘ o‘tkazgichlarni birgalikda o‘tkazish man etiladi.
87. Namli gazlar gaz o‘tkazgichlarining barcha quyi nuqtalaridan kondensatni tushirib olish uchun gaz iste’mol qiluvchi—asosiy sexlar oldida kondensat to‘plagichlar o‘rnatilishi, quritilgan gazning o‘tkazgichlarida jo‘mrakli yoki zulfinli to‘kish shtutsyerlari o‘rnatilishi lozim.
88. Tashkilot hududidagi sexlararo gazo‘tkazgichlar yer usti bo‘ylab baland va past tayanchlarda yotqizilishi lozim. Sexlararo gazo‘tkazgichlarni joylashtirish va 1,2 MPa gacha va shunga teng bosimli yer usti gazo‘tkazgichlardan bino va inshootlargacha bo‘lgan eng kam gorizontal (ochiq) masofa amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
89. Gazo‘tkazgichlar bilan elektr kommunikatsiyalarni birga o‘tkazish, shuningdek, gazo‘tkazgichlar va elektr uzatish liniyalari (EUL) orasidagi masofa “Elektr uskunalarni o‘rnatish qoidalari” (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-sonli xulosasi bilan normativ-texnik hujjat deb topilgan) talablariga javob berishi lozim. Gazo‘tkazgichlarni piyodalar o‘tish galereyalari bo‘ylab yotqizish man etiladi.
90. Gazo‘tkazgichni konveyer galereyalari ustida joylashtirish uchun undan gazo‘tkazgichning quyi nuqtasigacha kamida 0,5 m masofa va gazo‘tkazgichga butun uzunligi bo‘ylab erkin chiqish ta’minlangan bo‘lishi lozim.
91. Suyultirilgan gazning gazo‘tkazgichlarini, bosimdan qat’i nazar, konveyer galereyalari bo‘ylab o‘tkazish man etiladi.
93. Gaz bosimi 0,6 MPa gacha bo‘lgan gazo‘tkazgichlarni yonmaydigan (temir-beton, metall va tosh) avtomobil va piyodalar o‘tish ko‘priklari bo‘ylab yotqizish mumkin. Ular piyodalar yo‘lagi chekkasidan gorizontal bo‘yicha kamida 1 m uzoqlikda ochiq holatda joylashtirilishi va xizmat ko‘rsatish uchun qulay bo‘lishi lozim. Ko‘prikning yuk ko‘taruvchi elementlari gazo‘tkazgichdan tushadigan qo‘shimcha yuklanishga tegishli ravishda tekshirilishi lozim. Gazo‘tkazgichlarni ko‘prikdagi kanallarda yotqizishga yo‘l qo‘yilmaydi.
94. Metall va temir-beton ko‘priklar bo‘ylab yotqizilgan gazo‘tkazgichlar mazkur Qoidalarning talablariga binoan har 250 m da yerga ulab himoyalangan bo‘lishi lozim.
96. Sexlararo gazo‘tkazgichlarni boshqa quvuro‘tkazgich va kommunikatsiyalar bilan birga yotqizishga qo‘yiladigan talablar mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.
97. Yer usti gazo‘tkazgichlardan tashkilot hududidagi bino va inshootlargacha bo‘lgan gorizontal bo‘yicha minimal ochiq masofa mazkur Qoidalarning 8-ilovasida keltirilgan.
98. Sexlararo gazo‘tkazgichlar ostiga gaz xo‘jaligi obyektlariga taalluqli bo‘lmagan biror-bir bino va uskunalarni joylashtirish man etiladi.
99. Noqulay sharoitlarda yer osti kommunikatsiya trassalarini gazo‘tkazgich tayanchlarining poydevorlari ichidan o‘tkazib, yer usti gazo‘tkazgichlari trassalari bilan rejada birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi, bu holda suvo‘tkazgich, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti quvurlari poydevor kesimining ikkala tarafidan 2,5 m ga chiqib turadigan g‘ilof ichiga joylashtirilishi zarur, poydevor tagi esa ko‘rsatib o‘tilgan quvurlar tuzilmasidan kamida 1 m past bo‘lishi lozim.
100. Gazo‘tkazgich tayanchlarini turli maqsadlarga mo‘ljallangan tonnellarda o‘rnatish mumkin, bu holda tonnelning shamollatish shaxtalarini eng chekka gazo‘tkazgich tuzilmasidan gorizontal bo‘yicha 10 m, keltiruvchi shamollatish shaxtalarini esa kondensat tarmoqlari uskunalaridan gorizontal bo‘yicha kamida 20 m (ochiq) uzoqlikda joylashtirish lozim.
101. Yer usti gazo‘tkazgichlar havo EUL lari bilan kesishgan joylarda ushbu liniyalarning ostida bo‘lishi lozim.
102. Estakadadagi yuqori gazo‘tkazgichlardan EUL gacha (quyi simlargacha, ularning solqib turishini hisobga olib) eng kam vertikal ochiq masofa kuchlanishga bog‘liq ravishda olinishi lozim (mazkur qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan).
103. Gazo‘tkazgichlar ustiga o‘rnatilgan to‘siqlar (panjara, maydoncha ko‘rinishda va boshqa) ularning uzviy qismi bo‘lib, havo EUL lari va gazo‘tkazgichlar orasidagi aniqlanayotgan masofa ushbu to‘siqlardan hisoblanishi lozim.
104. Yuqori gazo‘tkazgichlardan osma yo‘llar vagonchasining (po‘lat arqonning solqib turishini hisobga olib) quyi qismigacha bo‘lgan vertikal masofa kamida 3 m bo‘lishi lozim.
105. Gazo‘tkazgichni elektr simlari tushishidan himoyalash uchun havo EUL lari bilan kesishgan joyda gazo‘tkazgichning ustiga yaxlit yoki to‘rsimon to‘siq o‘rnatilishi lozim. To‘siq kesishish joyining ikki tomoni bo‘ylab havo EUL larining eng chekka simlaridan 2-ilovada ko‘rsatilgan masofaga chiqib turishi lozim.
106. To‘siqli o‘tish yo‘lagiga ega bo‘lgan gazo‘tkazgichlarning ustidagi to‘siqlar o‘tish sathidan kamida 2,2 m balandlikka o‘rnatilishi lozim. To‘siq gazo‘tkazgichga bevosita tayanmasligi lozim. To‘siqlar gazo‘tkazgichdan izolatsiya qilingan va yerga ulangan bo‘lishi lozim. Yerga ulanishning o‘tkazish qarshiligi 10 Ω dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
107. Gazo‘tkazgichlardagi berkituvchi qurilmalar, shuningdek, kondensat to‘plagichlar havo EUL larning eng chekka simlaridan kamida 10 m ochiq uzoqlikda o‘rnatilishi lozim.
108. Osma yo‘l bilan kesishgan joylarda gazo‘tkazgich vagoncha tushib ketganda yetkazadigan shikastlanishdan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
109. Gazo‘tkazgich estakada ostidan o‘tgan bo‘lsa, estakadadan gazo‘tkazgichga yuklar tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
110. Quvuro‘tkazgichlar o‘tish yo‘laklariga ega bo‘lgan gazo‘tkazgichlar bilan kesishgan joylarda to‘siqli o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilgan bo‘lishi, bu joyda quvuro‘tkazgichlarning izolatsiyasi metall g‘ilof bilan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
111. Yangi qurilayotgan sexlararo yer usti gazo‘tkazgichlar temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylarda, agar ular bo‘ylab temir yo‘l va avtomobil kranlari muntazam qatnab tursa, kesishish joyining ikki tomonida yo‘llarga ogohlantiruvchi signalizatsiyali gabarit darvozalar o‘rnatilishi lozim.
112. Gabarit darvozalarning konstruksiyasi xartumi tasodifan gabaritdan chiqqan kranlar o‘tayotganda ularni buzib yuborishini hisobga olgan bo‘lishi lozim. Sexlararo gazo‘tkazgichlar bilan ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llarning kesishmalarida gabarit darvoza yo‘q bo‘lsa va ba’zi-bir sabablarga ko‘ra uni qurib bo‘lmasa, gazo‘tkazgichni yotqizish balandligi (rels kallagi yoki avtoyo‘l yuzasidan gazo‘tkazgichning pastki tuzilmasigacha) 10 m ga oshirilishi, shuningdek, yorug‘lik signalizatsiyasi o‘rnatilishi, ogohlantiruvchi plakatlar osilishi va kranlarning harakat tezligi cheklanishi lozim.
113. Doimiy ravishda xizmat ko‘rsatiladigan, boshqa quvuro‘tkazgich, kabel va impuls o‘tkazgichlarni yotqizish uchun ko‘tarib turuvchi konstruksiya sifatida foydalaniladigan, diametri 1,2 m va undan katta bo‘lgan yangi qurilayotgan gazo‘tkazgichlarning butun uzunligi bo‘ylab o‘tish yo‘laklari o‘rnatilishi, ularga pastidagi yaxlit yon qoplamasining balandligi 140 mm bo‘lgan balandligi 1,2 m li to‘siq o‘rnatilishi lozim. Gazo‘tkazgich va yon qoplamaning pastki qirrasi orasidagi tirqish 20 mm bo‘lishi lozim.
115. Past bosimli (0,015 MPa gacha) tabiiy va ferroqotishma gazlarning gazo‘tkazgichlari ularning birortasida bosim avariyaviy ravishda pasayib ketganda bir gazo‘tkazgichdan ikkinchisiga gaz uzatilishini ta’minlaydigan, zulfinli qisqa tutashtirgichlar vositasida ulangan bo‘lishi lozim. Zulfinlar gaz ta’minoti tizimini boshqarish punktidan masofada turib boshqariladigan elektr yuritmalarga ega bo‘lishi lozim.
116. Tutashtirgichlar o‘rnatiladigan joylar loyihada belgilab qo‘yiladi. Bu maqsadlar uchun gaz aralashtirish stansiyalarining drossellarini ishlatish mumkin.
117. Tashqi gazo‘tkazgichlar uchun yangi qurilayotgan kondensat to‘plagichlar tegishlicha issiqlashtirilib alohida maydonchalarga o‘rnatilishi lozim.
119. Ferroqotishmalar gazlarining gazo‘tkazgichlaridagi eng yaqin kondensat to‘plagichlar orasidagi masofa gaz tozalash uskunasidan 400 m radiusda 100 m dan ko‘p bo‘lmasligi, so‘ngra ushbu gazo‘tkazgichlarning trassalari bo‘ylab 300 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
120. Sexlararo gazo‘tkazgichlardan suv chiqaruvchi quvurlarning diametri gaz tozalash uskunasidan 400 m radiusda 100 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Namli gazlar gazo‘tkazgichlarining boshqa uchastkalari uchun suv chiqaruvchi quvurlar diametri kamida 80 mm bo‘lishi lozim.
121. Kondensat to‘plagichlarning suv chiqarish quvurlarini tashqi uchastkalari butun uzunligi bo‘ylab bug‘ yoki issiq suv quvuro‘tkazgichlari bilan umumiy issiqlik izolatsiyasida o‘tkazilishi lozim.
122. Suv chiqarish quvuriga gazo‘tkazgichning pastki qismidan 200 mm dan ko‘p bo‘lmagan masofada flanetslarga mahkamlanadigan tiqinli jo‘mrak yoki zulfin o‘rnatilishi lozim. Xuddi shunday berkitish qurilmalari suv chiqarish quvuriga kondensat to‘plagichning to‘kish liniyasidan yuqorida undan 0,5 m dan ko‘p bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim. Suv chiqarish quvurini bug‘latib tozalash imkonini yaratish uchun unga ikkita berkituvchi qurilmalar o‘rtasiga jo‘mrakli shtutser o‘rnatish lozim.
123. Sexlararo gazo‘tkazgichlardan kondensat faqat ushbu gazo‘tkazgich uchun mo‘ljallangan alohida kondensat to‘plagichlarga olib ketilishi lozim.
124. Kondensat to‘plagichlarning konstruksiyasi ular joylashgan xonaga va kommunikatsiya kanallariga gazlar kirishini istisno qilishi lozim.
125. Kondensat to‘plagich mazkur Qoidalarning 43-bandiga asosan gazo‘tkazgich yoki yo‘ldosh quvuro‘tkazgichlarga xizmat ko‘rsatish maydonchasidan yuqoriroq chiqarilgan tortish quvuri bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Tortish quvuriga berkitish armaturasini o‘rnatish man etiladi.
127. Idish yon devorining pastki qismiga suv to‘kiladigan tiqinli jo‘mragi bo‘lgan shtutser va tozalash uchun tuynuk o‘rnatish lozim.
128. Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan gazo‘tkazgichlardagi kondensat to‘plagichlarning suvli qaytargichlarini minimal balandligi gazning hisoblangan bosimidan 500 mm ko‘p bo‘lishi, lekin 2000 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Zaruriyat tug‘ilganda, suvli qaytargich balandligini oshirish uchun ko‘pi bilan uchta ketma-ket idishdan iborat kondensat to‘plagich o‘rnatish mumkin.
129. Siyraklanish ostida ishlaydigan gazo‘tkazgichlar uchun suvli qaytargichning eng kichik balandligi hisoblangan siyraklanishdan 500 mm ko‘p bo‘lishi, bunda kondensat to‘plagich idishining sig‘imi suvli qaytargichning to‘kish liniyasi uchun hisoblangan sig‘imidan kamida ikki marta ko‘p bo‘lishi lozim.
130. Qishda kondensat to‘plagichlarni idishi ichiga kuchli bug‘ kiritish usuli bilan isitish man etiladi, bundan avariya holatlari mustasnodir. Kondensatsiya tuvagining bug‘li yo‘ldoshidan kondensatni idishning pastki qismiga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.
131. Kondensat to‘plagichlardagi oqova suvlarni kondensat to‘plagichning to‘kish quvuri va kanalizatsiyaga chiqarish tarmog‘idagi qabul qiluvchi voronka orasida uzib-uzib chiqarish lozim, bundan tonnellardagi kondensat to‘plagichlar mustasnodir. Kanalizatsiyaga chiqarish tarmog‘iga qabul qiluvchi voronkadan keyin balandligi kamida 200 mm suvli qaytargich o‘rnatilishi lozim.
132. Ferroqotishma gazlarining gazo‘tkazgichlaridagi kondensat to‘plagichlardan chiqadigan oqova suvlar tegishli gaz tozalash uskunalarining aylanma sikllariga yoki ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga to‘kilishi lozim.
134. Alohida xonalarga o‘rnatilgan kondensat to‘plagichlar va yangi loyihalanayotganlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
g) ferroqotishma gazining bosim ostida ishlaydigan gazo‘tkazgichlaridagi kondensat to‘plagich o‘rnatilgan xonalarda 1 soatda olti karra havo almashuvini ta’minlaydigan tabiiy va sun’iy shamollatgich (portlashdan himoyalangan tarzda yasalgan) bo‘lishi lozim. Sun’iy shamollatgich xona devorining tashqarisiga o‘rnatilgan tugma yordamida yuritilishi lozim. Shamollatgich o‘chiq bo‘lganda xonaga kirish man etiladi;
d) kondensat to‘plagichlarning to‘kish quvurlari xonada joylashtirilganda, ular balandligi kamida 1500 mm bo‘lgan U-simon qaytargich ko‘rinishida yasalishi lozim.
b) sexlar va ularning bo‘linmalariga (agar ular alohida binolarda joylashgan bo‘lsa) borayotgan tarmoqlarga bevosita sexlararo gazo‘tkazgich yaqinida;
v) ta’mirlash yoki avariya paytlarida seksiyali zulfin yoki tiqinlar yordamida halqasimon sexlararo gazo‘tkazgichlarning alohida uchastkalarini uzib qo‘yish uchun;
136. Sexlararo gazo‘tkazgichlar o‘rnatilayotganda loyihada mo‘ljallangan obyektlarga tarmoqlar o‘tkazish ko‘zlangan joylarga tiqinli zulfinlar va biriktiruvchi kalta quvurlar o‘rnatilishi lozim. Gazo‘tkazgichlarning toretslarida tiqinli flanetslar va biriktiruvchi kalta quvurlar o‘rnatilishi lozim.
137. Bitta binoda joylashgan iste’molchilarning gaz ta’minoti sex kollektori orqali amalga oshirilishi lozim.
138. Sexning gaz iste’mol qiluvchi alohida agregatlari (pech, qozon va hokazolar)ni sexlararo gazo‘tkazgichlarga mustaqil kirish quvurlari vositasida ulamaslik lozim.
139. Alohida yirik iste’molchi (havo qizdirish apparatlari guruhi va boshqa)larning kollektorlarini sexlararo gazo‘tkazgichlarga ulashga yo‘l qo‘yiladi.
140. Bitta binoda joylashgan iste’molchilarni boshqa binoda o‘rnatilgan sex kollektori orqali gaz bilan ta’minlash man etiladi, bundan binolar yaqin joylashgan, iste’molchilarning har birini mustaqil ravishda gaz bilan ta’minlash qiyinchilik tug‘diradigan holatlar mustasnodir.
141. Sex gaz kollektorlari binodan tashqarida tom ustida yoki alohida turgan tayanchlarga yotqizilishi lozim. Kollektorlar diametri 500 mm va undan kamroq bo‘lsa, ularni bino ichida yotqizish mumkin.
142. Gaz kollektori tom ustiga yotqizilganda kollektorning pastidan tomgacha bo‘lgan masofa kamida 0,5 m va kompensator to‘lqinining pastidan esa kamida 0,3 m bo‘lishi lozim. Zarur bo‘lsa, odamlar o‘tishi uchun kollektor bo‘ylab yonmaydigan materialdan yasalgan ko‘prikchalar, armaturalarga xizmat ko‘rsatish joylarida esa maydoncha va zinapoyalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Kollektorga o‘tish uchun tomga olib chiqadigan bitta zinapoya supali (marshli) bo‘lishi lozim.
143. Kollektorlar tom ustiga yotqizilganda kollektor va yorug‘lik-aeratsiya derazalari orasidagi gorizontal bo‘yicha (ochiq) masofa kamida 1,5 m bo‘lishi lozim. Kollektorlar bino aeratsiyasi va yoritilganligini yomonlashtirmasligi lozim.
144. Yorug‘lik-aeratsiya derazalarining gazo‘tkazgichlar bilan ko‘ndalangiga kesishishiga kamdan-kam hollarda ruxsat etiladi. Gazo‘tkazgich yorug‘lik-aeratsiya derazalari orasidan o‘tganda gazo‘tkazgichning ikkala tomonidan derazalarning yon qismlarigacha bo‘lgan ochiq masofa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
145. Sex kollektori bino devori bo‘ylab yotqizilganda gazo‘tkazgichning pastki qismidan yer (pol) sathigacha kamida 3 m masofa bo‘lishi lozim.
146. Agar texnologik talablarga ko‘ra zaruriyat bo‘lsa, sex kollektorini 3m dan pastroq qilib o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
147. Sex kollektori bino tashqarisida alohida turgan tayanchlarga yotqizilsa, kollektor va sex devori orasidagi ochiq masofa 8-ilovada ko‘rsatilgan o‘lchamlarning yarmiga teng bo‘lishi, lekin 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
148. Gazo‘tkazgich bino devori ichidan g‘ilof orqali o‘tkazilishi lozim. Gazo‘tkazgich va g‘ilof orasidagi tirqish zichlanishi lozim. Gaz tarmog‘i tom orqali o‘tkazilganda, gazo‘tkazgich va tom orasida halqasimon bo‘shliq qolishi, bu holda tomda halqasimon chiqiq, gazo‘tkazgichda esa konussimon soyabon yasalishi lozim.
149. Gazo‘tkazgichlar bevosita pech, qozon va yonuvchan gazlarni iste’mol qiluvchi agregatlar joylashgan xonaga kirishi lozim.
150. Tabiiy va yo‘lakay gazlarning gazo‘tkazgichlarini ochiq oraliqda birlashtirib yondosh xonaga kiritishga yo‘l qo‘yiladi, bunda yondosh xonada kamida uch karra havo almashuvi ta’minlangan bo‘lishi lozim.
151. Kirishlarni, shuningdek, gazo‘tkazgichlarni portlashga xavfli va yonuvchan materiallar omborlari, maishiy xonalar, NO‘AvaA xonalari, elektr taqsimlash qurilmalari va nimstansiyalarning xonalari, shamollatish uskunalarining xonalari va gazo‘tkazgich tez kimyoviy yemirilishlanadigan xonalar orqali o‘tkazish man etiladi.
152. Ferroqotishma, suyultirilgan gazlarning gazo‘tkazgichini bu gaz ishlatilmaydigan xona orqali o‘tkazish man etiladi.
153. Gaz ishlatilmaydigan xonalar orqali past va o‘rtacha bosimli tabiiy gazning gazo‘tkazgichlarini (ularga xodimlar hech qanday to‘siqsiz xizmat ko‘rsata olish sharti bilan) o‘tkazish mumkin. Bu xonalardagi gazo‘tkazgichlar payvandlash usulida yasalishi, flanetsli hamda rezbali birikmalar va armaturalarga ega bo‘lmasligi lozim.
154. Xonalarda gazo‘tkazgichlar xizmat ko‘rsatish, ko‘zdan kechirish va ta’mirlash uchun qulay qilib o‘tkazilishi lozim. Sex transporti shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan joylarga gazo‘tkazgichlarni yotqizmaslik lozim. Shamollatish shaxtalari, havo o‘tkazgichlar va dudbo‘ronlar bilan gazo‘tkazgichlarning kesishishiga, shuningdek, gazo‘tkazgichlarni yopiq, yaxshi shamollatilmaydigan xonalardan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
155. Sex gazo‘tkazgichlarini sex ichiga qurilgan elektr taqsimlash qurilmalari va nimstansiyalarning xonalari, shamollatish uskunalari joylashgan xonalar va doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmaydigan xonalarning tashqarisida tom va devorlari bo‘ylab yotqizish mumkin, bunda gazo‘tkazgichlarning flanetsli birikma va armaturalari bo‘lmasligi, payvandlash choklari esa davriy ravishda putur yetkazmaydigan usulda tekshirib turilishi lozim.
156. Barcha yonuvchan gazlarning sex kollektorlarini asosiy ish maydonchalari ostida yotqizish man etiladi.
157. Texnologik sharoitlarga ko‘ra boshqa usulda gaz keltirib bo‘lmasa, alohida agregatlarga gaz tarmog‘ini asosiy ish maydonchalari ostida yotqizishga yo‘l qo‘yiladi, bunda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) gazo‘tkazgichda flanetsli birikma, armaturalar va gaz chiqish ehtimolining boshqa manbalari bo‘lmasligi lozim;
v) gazo‘tkazgichning barcha payvand choklari davriy ravishda putur yetkazmaydigan usul bilan tekshirib turilishi lozim.
158. Gazo‘tkazgichlarni pech, qozon va boshqa agregatlarning karkaslariga, agar karkasning mustahkamligi hisob-kitob qilinib tekshirilgan bo‘lsa, mahkamlash mumkin; gazo‘tkazgichlar yonish jarayonining qizigan mahsulotlari yoki kimyoviy yemirilishga faol suyuqliklar ta’siriga tushib qoladigan yoxud qizib cho‘g‘ bo‘lgan yoinki suyuq metallga tegib turadigan joylarda yotqizilmasligi lozim.
159. Yangi ishga tushirilayotgan sex gazo‘tkazgichlari bilan boshqa quvuro‘tkazgichlar birgalikda yotqizilganda, ularning orasidagi eng kichik ochiq masofa mazkur Qoidalarning 81-bandi talabiga muvofiq olinishi lozim.
160. Kislorod o‘tkazgichlargacha bo‘lgan ochiq masofa (mm da) mazkur qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi lozim.
162. Sex gazo‘tkazgichlari bilan kislorod o‘tkazgich va boshqa quvuro‘tkazgichlar kesishganda yoki muayyan joyda yaqinlashganda ochiq oraliqni 100 mm gacha kamaytirish mumkin.
163. Sex gazo‘tkazgichlari va izolatsiya qilinmagan elektr simlari (trolleylari) orasidagi masofa kamida 1m bo‘lishi lozim.
164. Gazo‘tkazgichlar bilan izolatsiyalangan elektr simlari (himoyalangan va himoyalanmagan) yoki kabellar parallel o‘tkazilganda oraliq masofa kamida 250 mm, kesishgan joylarda esa kamida 100 mm bo‘lishi lozim.
165. Gazo‘tkazgichlarga xizmat ko‘rsatish joylaridan izolatsiya qilinmagan simlargacha bo‘lgan masofa 3,0 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
166. Gazo‘tkazgich issiqlikning to‘g‘ri ta’siri hududida yotqizilganda, uni xavfli darajada qizib ketishdan saqlaydigan issiqlik himoyasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
167. Diametri 100 mm gacha bo‘lgan gazo‘tkazgichlarning burilishlari egib yoki shtampovkalanib tayyorlanishi lozim. Diametri 100 mm dan katta bo‘lgan gazo‘tkazgichlarning burilishlari payvandlanib yoki tik bukilib tayyorlanishi mumkin.
168. Yangi qurilayotgan sexlarda o‘rnatilayotgan gaz iste’mol qiluvchi agregatlarga gazo‘tkazgichlar yer ustidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
169. Agregatning o‘txonasi texnologik shartlarga yoki konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra pol sathidan pastroq joylashgan bo‘lsa, shuningdek, yer usti gazo‘tkazgichlardan bexatar foydalanib bo‘lmasa, bunday agregatlarga ushbu talab qo‘llanilmaydi.
170. Pech va boshqa agregatlarga gaz keltiruvchi uchastkalarda tabiiy gazo‘tkazgichlarini quyidagi talablarga rioya qilib ariqchalarda yotqizishga yo‘l qo‘yiladi:
a) ariqchalar o‘tib yurilmaydigan, uzunligi minimal bo‘lishi va yonmaydigan, olinadigan mustahkam to‘shama bilan yopilishi lozim;
b) diametri 300 mm dan katta gazo‘tkazgichlar uchun ariqchaning devor va tagigacha bo‘lgan ochiq tirqish kamida 400 mm, diametri 300 mm va undan kam gazo‘tkazgichlar uchun esa — gazo‘tkazgich diametridan kam bo‘lmasligi lozim;
v) ariqchalarga yotqizilgan gazo‘tkazgichlarda berkituvchi armatura (bundan gazo‘tkazgichdan kondensatni olib ketish armaturalari mustasnodir), shuningdek, flanetsli va rezbali birikmalar bo‘lmasligi lozim. Bunday gazo‘tkazgichlarda payvand choklarining soni minimal bo‘lishi lozim;
g) ariqchalarda gazo‘tkazgichlar bilan birga gaz iste’mol qiluvchi agregatlarga ulangan havoo‘tkazgichlarni hamda inert gazlarning payvandlab montaj qilingan va armaturasiz quvurlarini yotqizishga yo‘l qo‘yiladi;
d) gazo‘tkazgichlar yotqizilgan ariqchalar boshqa ariqchalar bilan kesishmasligi lozim. Ariqchalar majburan kesishganda germetik tutashtirgichlar qilinishi, gazo‘tkazgich esa g‘ilofga kiritilgan bo‘lishi lozim. G‘ilof uchi tutashtirgichning ikki tomoniga 300 mm chiqib turishi lozim;
171. Kondensat sex gazo‘tkazgichlaridan kondensat to‘plagichlar orqali to‘kib olinishi lozim. Uni pech yondirgichlari va boshqa gaz iste’molchilari orqali to‘kib olish man etiladi.
172. Sex binolarida o‘rnatilgan kondensat to‘plagichlarning konstruksiyasi binolar ichiga gazlar kirishiga yo‘l qo‘ymasligi va quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) kondensat to‘plagich idishining diametri kamida 200 mm ni, gazo‘tkazgichdan kondensatni olib ketuvchi quvurning diametri esa kamida 40 mm ni tashkil etishi lozim;
b) kondensat to‘plagichdan qabul qiluvchi voronkagacha bo‘lgan to‘kish liniyasi balandligi kamida 1500 mm bo‘lgan U simon qaytargich (zatvor) ko‘rinishida yasalishi lozim.
173. Agar sex isitilmasa, kondensatni olib ketuvchi quvurlar uchastkasini, shuningdek, kondensat to‘plagichlarni isitish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
174. Past bosimli gazo‘tkazgichning alohida uchastkalarida vaqti-vaqti bilan kondensat to‘plansa, uni gazo‘tkazgich va to‘kish liniyasi taraflaridan zulfin yordamida uziladigan shlyuzli qaytargich (suvsiz zatvor) orqali olib ketishga ruxsat etiladi. Gazo‘tkazgichdan binolarga gaz kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralarni ko‘rib, kondensatni vaqti-vaqti bilan chiqarib turish lozim.
7-§. Sex gazo‘tkazgichlariga berkitish armaturasini o‘rnatilishiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
a) sex (bo‘linma)larga barcha gaz kirish joylarida, bundan sexlararo gazo‘tkazgichdan sex (bo‘linma)gacha bo‘lgan masofa 100 m dan ortiq bo‘lmagan hollar mustasnodir, sexga gaz kirishda zulfin bino ichiga yoki tashqarisiga o‘rnatilishi mumkin;
b) sex kollektoridan agregatlarga boradigan gaz tarmoqlarida, bunda oralariga svecha qo‘yilgan ikkita diskli zulfin ketma-ket o‘rnatilishi lozim, agar birinchi zulfin tomda, ikkinchisi esa bino ichida joylashgan bo‘lsa, u holda ikkita svecha: birinchisi bevosita zulfinning oldiga (gaz yo‘nalishi bo‘yicha), ikkinchisi –– ikkinchi zulfin oldiga o‘rnatilishi lozim.
v) agar ikkinchi zulfinga yaqinlashish qiyin bo‘lsa, gazo‘tkazgich gaz iste’mol qiluvchi agregatga bevosita yaqin bo‘lgan joyda;
176. Sex binolari ichki gazo‘tkazgichlaridagi listli zulfinlar oldiga diskli zulfinlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
177. Pech, qozon va agregat (bundan buyon – agregatlar)larning o‘txonalari pol sathidan balandda (er ustida) joylashtirilishi lozim. Faqat texnologik shartlar yoki pechlarning konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra o‘txonalarni poldan pastda joylashtirish mumkin. Bu holda o‘txonaning o‘rasi ochiq bo‘lishi, to‘siq va tabiiy shamollatish bilan ta’minlanishi lozim.
178. Panjarali to‘shama va majburiy shamollatgich bilan jihozlangan o‘ralar qurish mumkin. Pechning qizdirish quduqlari va gaz yondirgich qurilmalari tub tagida joylashgan bo‘lsa, panjarali to‘shama o‘rnatish talab etilmaydi.
179. Barcha pech, qozon va agregatlarga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amaldagi standartlarga muvofiq tayyorlangan gaz yondirgichlar o‘rnatilishi lozim.
180. Yondirgichlarni ishga tushirish paytida asosiy ko‘rsatkichlari (unumdorligi, gaz va havoning maqbul bosimi, injeksiya koeffitsiyenti, rostlash chegaralari, gazning to‘la yonishi va hokazo)ni tekshirish uchun sinalgan bo‘lishi lozim.
181. Yondirgichlar uzluksiz va alanga yondirgich ichiga kirib ketmasdan agregatning issiqlik quvvatini zarur darajada rostlash chegarasida barqaror ishlashi lozim.
182. Gaz yondirgichlarini yoqish va ularning ishini kuzatish uchun o‘txona eshikchalarida yoki frontal plitalarda yoxud pechning xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lgan boshqa uchastkalarida qopqoqli teshikchalar qilinishi lozim. Qopqoqlar o‘z-o‘zidan ochilib ketmaydigan bo‘lishi lozim.
183. Gaz yondirgichlarini chiqib turgan qismidan yoki ularni ochiq holatdagi armaturasidan devor yoki binoning boshqa qismigacha, shuningdek, inshoot va uskunalargacha bo‘lgan masofa kamida 1m bo‘lishi lozim.
184. Agregatlardagi hamda sex kollektorida berkitish va rostlash qurilmalasidan keyin gaz bosimini nazorat qilish uchun bosimni o‘lchash asbobi, shuningdek, bosim pasayishining signalizatori o‘rnatilishi lozim. Bundan tashqari, bosim pasayishining signalizatori bilan bosimni o‘lchash asboblari ayrim yirik iste’molchilarga yoki iste’molchi guruhlariga (issiqlik quvvati 42∙106 kJ/s dan ko‘p bo‘lgan) ham o‘rnatilishi lozim.
185. Ishchi bo‘shlig‘ida harorat 800 ˚S dan past bo‘lgan agregatlar har bir yondirgichning mash’alini nazorat qilish vositasi bilan jihozlangan va issiqlik-texnik nazorati qalqoni (shchiti)ga yorug‘lik-tovush signali chiqarilgan bo‘lishi lozim.
186. Puflash yondirgichlari bilan jihozlangan har bir agregatga boradigan gaz quvurida tez ishlaydigan avtomatik uzuvchi klapanlar bo‘lishi, ular gaz yoki havo bosimi belgilangan chegaradan tushib ketganda ishlab ketishi lozim.
187. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlar guruhining (uchtadan ko‘p bo‘lmagan) issiqlik quvvati yig‘indisi 12∙106 kJ/s gacha bo‘lsa, ularning umumiy gaz quvuriga bitta klapan o‘rnatish mumkin.
188. Tezkor klapan turini tanlash pechning avtomatika tizimini loyihalovchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
189. Tezkor uzuvchi klapanlar normal yopiq qilib yasalishi, ya’ni ta’minlash manbai uzilganda ishlab ketishi lozim.
190. Tezkor uzuvchi klapanlar sifatida elektr yuritmali zulfin, drossel va boshqa qurilmalarni qo‘llash man etiladi.
191. Tezkor uzuvchi klapanlar agregatgadagi gaz va havo bosimi pasayishi signalizatorlari bilan blokirovka qilingan va ularni ochish uchun dastaki boshqaruvga ega bo‘lishi lozim.
192. Qozonlarning gaz uskunasi xavfsizlik avtomatikasining maxsus vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
193. Injeksiyali yondirgichlar bilan jihozlangan agregatlarga tezkor uzuvchi klapanlarni o‘rnatish talab etilmaydi, ularga gaz bosimi pasayishi signalizatori o‘rnatilishi lozim. Ko‘p zonali gaz iste’mol qiluvchi agregatlarda signalizatorlar har bir zonaga o‘rnatiladi. Issiqlik quvvati 12∙106 kJ/s gacha bo‘lgan agregatlar uchun yondirgichning turidan qat’i nazar, bitta signalizator o‘rnatish mumkin.
194. Bosim pasayishi signalizatorlari tovush va yorug‘lik signali berishi lozim. Bosim pasayishi signalizatoriga impuls olish joyi loyihada belgilanadi.
195. Gaz iste’mol qiluvchi agregatning havo kollektori quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
196. Issiqlik quvvati 12∙106 kJ/s gacha bo‘lgan va faqat tabiiy gaz iste’mol qiluvchi agregatlarga qo‘llanilmaydi.
197. Yondirgichlarga havo uzatuvchi shamollatish uskunalari ventilyator bilan bitta valga o‘rnatilgan yoki reduktor orqali ulangan elektr dvigatel bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Zarur bo‘lsa, ponakamarli uzatma qo‘llanilishi mumkin.
199. Oltitadan ko‘p yondirgichga yoki umumiy issiqlik quvvati kamida 63∙106 kJ/s bo‘lgan bir nechta zonaga ega pechlarning puflash shamollatgichlari va tutun tortgichlarini elektr ta’minoti ikkita mustaqil (asosiy va zaxira) ta’minlash manbasidan amalga oshirilishi, bunda zaxira manbasiga avtomatik tarzda o‘tilganda puflash shamollatgichlari va tutun tortgichlar avtomatik tarzda ishga tushishi lozim.
200. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlardan gaz yonishi mahsulotlari maxsus qurilgan tizim (tutun yo‘li — dudburon) orqali chiqarib yuborilishi lozim.
201. Tabiiy gazda ishlaydigan, issiqlik quvvati 0,42∙106 kJ/s gacha bo‘lgan kichik agregatlar uchun, agar ish hududi havosida zararli moddalarning miqdori chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalardan ortiq hosil bo‘lmasligi hisob-kitob bilan tasdiqlansa, yonish mahsulotlarini chiqarib yuborish tashkil etilmagan holda gaz yoqilishi mumkin.
202. Agregatdan gaz yonish mahsulotlarini chiqarib yuborish tizimining germetikligida nosozliklar (havo so‘rilishi va tizimda tortish buzilishiga olib keladigan teshik, yoriq va boshqa nuqsonlar) bo‘lmasligi lozim.
204. Agregatlarning o‘txonasida yoki ish bo‘shlig‘ida bosimni rostlash uchun har bir agregatdan chiqib umumiy tutun yo‘lida birlashadigan tutun yo‘llariga rostlash klapanlari o‘rnatilishi lozim. Rostlash klapanlari agregatga xizmat ko‘rsatuvchi operatorning ish o‘rnidan boshqarilishi lozim. Rostlash klapanining holati ko‘rsatkich bilan aniqlanishi va saqlanishi lozim.
205. Agregatlardan gaz yonishi mahsulotlarini tutish va olib ketish tizimi ularning sex binosiga tushishini istisno etishi lozim.
206. Sun’iy tortish (ejektor va tutun so‘rgichlar) bilan jihozlangan agregatlar uchun, muayyan sharoitlarga qarab, ejektor va tutun so‘rgichlar avariyaviy o‘chib qolgan holda quyidagi bir yoki bir nechta choralar ko‘rilishi lozim:
a) tezkor uzuvchi klapan va ejektirlanayotgan havo bosimi pasayishi signalizatorini o‘rnatish. Tezkor uzuvchi klapan agregatga gaz keltiruvchi quvurga yoki bitta shamollatgich xizmat ko‘rsatadigan agregatlar guruhining kollektoriga gaz keltiruvchi quvurga o‘rnatilishi va tutun so‘rgich yoki ejektor to‘xtaganda avtomatik tarzda yopilishi lozim.
b) dudburonga boradigan aylanma borov mavjud bo‘lsa — tutun so‘rgich to‘xtaganda aylanma borovning tutun klapanini avtomatik ochilishi;
g) dudburonda tortish yo‘qligini bildiruvchi, agregat o‘txonalariga gaz uzatilishini avtomatik tarzda to‘xtatuvchi qurilma bilan blokirovka qilingan signalizatorni o‘rnatish.
207. Agregat o‘txonasi yoki ish bo‘shlig‘ida bosimni doimiy nazorat qilish uchun tegishli asboblar o‘rnatilishi lozim. Ushbu asboblarni o‘rnatish joyi loyihada belgilab qo‘yilishi lozim.
208. Turli yoqilg‘ilarda ishlayotgan agregatlardan gaz yonishi mahsulotlarini umumiy tutun yo‘liga chiqarish faqat gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilayotgan mavjud obyektlar uchun ruxsat etiladi.
209. Ish bo‘shlig‘i harorati 800 ˚S dan past bo‘lgan agregatlarning o‘txona va tutun yo‘llari, odatda, portlash klapanlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
210. Bug‘ va suv bilan isitish qozonlarining o‘txona va tutun yo‘llarini portlash klapanlari bilan jihozlash amaldagi Bug‘ va suv bilan isitish qozonlarining tuzilishi va bexatar ishlatilishi qoidalari talablariga ham muvofiq bo‘lishi lozim.
211. Yuqori haroratli (800 °S va undan ko‘p) termik va qizdirish pechlariga hamda marten pechlariga portlash klapanlarini o‘rnatish talab etilmaydi.
212. Yonish mahsulotlari bevosita sexga yoki “soyabon”dan tutun yo‘liga olib ketiladigan pechlarda portlash klapanlarini o‘rnatish shart emas.
213. Portlash klapanlari, odatda, o‘txona va tutun yo‘llarining yuqori qismiga, shuningdek, gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarga o‘rnatilishi lozim. Portlash klapanlarini o‘rnatish joyi, soni va o‘lchamlari loyiha bilan belgilanadi. Bitta portlash klapanining yuzasi kamida 0,05 m bo‘lishi lozim.
214. Xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun xavfsiz joylarda portlash klapanlarini o‘rnatish imkoni bo‘lmasa, klapan ishlab ketadigan hollar uchun himoya qurilmalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
215. Agregatlarni gaz yoqilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlash mazkur Qoidalarning 5-bandi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
216. Agregatlar joylashgan binolarni shamollatish va yoritish QMQ 2.04.05-97 “Havoni mo‘tadillash, isitish va shamollatish”, QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik”, GOST 12.4.021 hamda boshqa tegishli davlat standartlari talablariga javob berishi lozim.
217. Qozonxona binolaridagi uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish “Qozonxona binolaridagi uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma”ga (ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2011-yil 8-noyabrdagi 6-24/11-11817/6-sonli xulosasi bilan normativ-texnik hujjat deb topilgan) muvofiq bajarilishi lozim.
218. Metallarga gaz alangasida ishlov berish uchun qo‘llaniladigan gaz tarqatish postlari muqim o‘rnatilgan bo‘lishlari lozim. Suyultirilgan uglevodorod gazi yoki atsetilendan foydalanilganda postlar ko‘chma bo‘lishi mumkin.
219. Atsetilen o‘tkazgichlari va uskunalarini yasash hamda ularni ishlatish atsetilen uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
220. Metallarga gaz alangasida ishlov berish uchun tabiiy hamda SUGlar qo‘llaniladigan sex, uchastka va ustaxonalarning gazta’minoti gaz quvurlar orqali amalga oshirilishi lozim. Suyultirilgan gaz bilan ballon uskunalari orqali ta’minlash mumkin. Bevosita gaz tarqatish posti yonida faqat bitta SUG ballonini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
221. Ikki yoki undan ko‘proq ballonlarni o‘rnatish zarur bo‘lsa, ularni bino devori tashqarisi yoniga joylashtirib, umumiy sig‘imi 1 m3 (1000 L) dan ko‘p bo‘lmagan yoki ballonlarni gazta’minoti tizimi tuzilishiga qo‘yiladigan talablarga mos masofaga joylashtirib, umumiy sig‘imi 1,5 m3 (1500 L) dan ko‘p bo‘lmagan gaz-ballon uskunalari guruhiga birlashtirish lozim.
222. Muqim gaz tarqatish postlari gaz iste’mol qilinadigan joylardagi devor, ustun va boshqa konstruksiyalarga quyidagi minimal masofalarga rioya etib o‘rnatilishi lozim:
224. Suyultirilgan gazlarning gaz tarqatish postlarini ochiq yerto‘la, quduq va boshqa chuqurliklarga 10 m dan yaqin masofaga o‘rnatish man etiladi. Yerto‘la va o‘ralardan SUG ning gaz tarqatish postigacha bo‘lgan masofa 25 m dan kam bo‘lsa, bu yerlarga signalizatsiyali avtomatik gazanalizatorlar o‘rnatilishi, ular SUG ning miqdori alangalanish quyi chegarasining 20 foizidan kam bo‘lgan paytda ishlab ketishi lozim. Quduqlar ikkita qopqoqli tuynuklar bilan jihozlanishi lozim.
225. Muqim gaz tarqatish postlari shamollatish uchun teshiklari bo‘lgan metall qutiga joylashtirilishi lozim. Kislorod va yonuvchan gazning gaz tarqatish postlari orasidagi masofa kamida 150 mm bo‘lishi lozim. Ish paytida quti eshikchalari ochiq bo‘lishi lozim. Gaz tarqatish postidan foydalanuvchi ishchi bo‘lmagan paytda quti qulf bilan bekitilishi lozim.
226. Gaz tarqatish postlari, qutilarining tanituvchi rangi va ulardagi xabarlash-ogohlantirish yozuvlari GOST 12.2.008 talablariga mos bo‘lishi lozim.
227. Atsetilen va uning o‘rnida ishlatiladigan gazlarning muqim gaz tarqatish postlari tegishli berkitish armaturasi va yopiq turdagi suyuqlikli qaytargich (zatvori) yoki quruq qaytargich (zatvori) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Suyuqlikli qaytargichlar qish faslida muzlamaydigan suyuqlik bilan to‘ldirilishi lozim.
229. Suyuqlikli yoki quruq turdagi saqlash qaytargichlari, shuningdek, teskari klapanlar loyiha bo‘yicha yasalishi va gazning qabul qilingan bosimi va sarfiga tegishlicha ishlatilishi lozim.
230. Yonuvchan gazlarning gaz alanga apparaturasidan oldingi bosimi gaz va apparatura turiga qarab belgilanadi.
231. Atsetilen o‘rniga ishlatiladigan I-darajali gazlar uchun bosimning quyi chegarasi yondirgich yoki keskich tavsifida ko‘rsatilgandan past bo‘lmasligi, lekin 3,0 kPa dan past bo‘lmasligi lozim.
232. Gaz tarqatish postlariga tabiiy gaz yoki SUG lar gaz quvurlari orqali uzatilsa, quvurdagi gaz bosimi 0,15 MPa dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Gaz quvurida bosim 0,15 MPa dan ko‘p bo‘lsa, suyuqlikli yoki quruq qaytargich (zatvor) yoxud teskari klapan oldiga gaz rostlash uskunasi o‘rnatilishi lozim.
233. Gaz tarqatish postini gaz bilan ta’minlaydigan ballonga gaz bosimni pasaytirish uchun reduktor o‘rnatilishi lozim.
234. Bitta suyuqlikli yoki quruq qaytargich (zatvor)ga yoxud teskari klapanga faqat bitta keskichni ulash mumkin. Agar gaz tarqatish posti bitta operator xizmat ko‘rsatadigan mashinani ta’minlasa, mashinaga o‘rnatiladigan yondirgich yoki keskichlar soni faqat qaytargich (zatvor) yoki klapanning o‘tkazish qobiliyati bilan cheklanadi.
235. Gaz bosimini rostlagichlar gaz alangasida ishlov berish uskunasining tarkibiga kirsa, shu jumladan, tanavorlarni uzluksiz quyish mashinalari (TUQM)ning gaz bilan kesish qurilmalariga, shuningdek, gaz taqsimlash qalqonlariga ham o‘rnatilgan bo‘lsa, ular GRU deb hisoblanishi va ularni qurish hamda ishlatishda mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilish lozim.
236. Ishlatilayotgan TUQM uskunalari uchun gaz taqsimlash qalqonlarini yer sathidan yuqoriga chiqarish imkoni bo‘lmasa, GRU ni bexatar ishlatilishini ta’minlaydigan tadbirlar tashkilotda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
237. Portlash-yong‘in va yong‘in xavfliligi darajasi bo‘yicha bino va xonalarning toifasini aniqlash tegishli normativ-texnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
238. Ishlab chiqarishlarning portlash-yong‘in va yong‘in xavfliligi bo‘yicha toifasi loyihalash paytida belgilanadi. Bir toifadan boshqasiga o‘tkazish tegishli hisob-kitob bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
239. Bino ichiga va tashqarisiga joylashtiriladigan gaz uskunalari atrofidagi portlashga xavfli hududlarning o‘rnatilgan elektr uskunaga nisbatan toifasi “Elektruskunalarni o‘rnatish qoidalari” (mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) ga muvofiq belgilanadi.
240. Ortiqcha bosim ostida ishlayotgan yonuvchan gazlarning tashqi va sex ichki yer usti quvurlari (quvurlar armaturasi, klapanlar, flanetsli birikmalar, NO‘AvaA lar atrofidagi hudud ham kiradi), barcha yonuvchan gazlar va aralashmalarining kondensat to‘plagichlari, javonli GRP va GRU lar, shuningdek, umumiy maqsaddagi javonli uskunalar portlashga xavfsiz obyektlarga sirasiga kiradi.
241. Siyraklanish ostida ishlaydigan gazo‘tkazgich va gaz uskunalari, barcha yonuvchan gazlar va aralashmalarining quduqlarga o‘rnatiladigan kondensat to‘plagichlari portlashga xavfli obyektlar sirasiga kiradi.
243. Gaz bosimini pasaytirish va uni gaz ta’minoti tizimlarida belgilangan darajada saqlash quyidagi uskunalarda amalga oshiriladi:
246. Mazkur bo‘limning barcha talablari gumbaz bilan yopilgan ferroqotishma elektrpechlar ishlaganda hosil bo‘ladigan texnologik gazlarni “namlab” tozalash qurilmalariga va elektrpechlar gumbazlaridagi gaz olish qurilmasiga ulangan joydan gazso‘rish stansiyasining bosim kollektorigacha (o‘zini ham qo‘shib) bo‘lgan gaz traktiga qo‘llaniladi, bunda elektrpech gumbazidagi gaz olish qurilmasidan, gaz tozalash qurilmasini ham qo‘shib, gazso‘rish stansiyasining gazpuflagichlarigacha bo‘lgan gaz trakti siyraklanish ostida ishlaydi.
247. Pechning gaz tozalash tizimi ishlayotgan paytda gumbaz osti bo‘shlig‘idagi bosim rejimi elektrpechda eritilayotgan qotishma turiga qarab texnologik yo‘riqnoma talablariga asosan o‘rnatiladi.
248. Bir maromda ishlayotgan yopiq ferroqotishma elektrpechlaridan chiqayotgan gaz tarkibida kislorod hajm bo‘yicha 2 foizdan, vodorod 12 foizdan ortiq bo‘lmasligi lozim, bundan pechda marganets va xromli qotishmalar eritilayotgan holatlar mustasnodir, bu paytda gazdagi vodorod miqdori 15 foizgacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
249. Gazso‘rish stansiyasining bosim kollektoridagi gazda kislorod miqdori hajm bo‘yicha 1,5 foizgacha ko‘tarilganda yorug‘lik-tovush xabari berilishi, kislorod 2 foizga yetganda esa, elektrpechdan gaz olib ketish jarayoni darhol to‘xtatilishi lozim.
250. Har bir yangidan loyihalanayotgan elektrpech ishchi va zaxira liniyasi bo‘lgan alohida gaz tozalash qurilmasi (gaztozalagich) bilan jihozlanishi lozim.
251. Gaz tozalash apparatlari iflos gazni namlovchi qiya gazo‘tkazgichning (pech gumbazidagi gaz olish qurilmasi va gaztozalagich orasidagi) uzunligini kamaytirish maqsadida elektrpech yaqiniga o‘rnatilishi lozim.
252. Gaztozalash apparatlarining barcha tarafida eni kamida 1 m li o‘tish yo‘lagi bo‘lishi lozim. Gaztozalash apparatlari orasidagi asosiy o‘tish yo‘lagining eni kamida 1,2 m bo‘lishi lozim.
253. Gazni elektrpech gumbazidan gaztozalagichga olib ketuvchi gaz traktining boshlanishida berkitish qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi, tiqin o‘rnatish va gazo‘tkazgichga bug‘ yoki inert gaz uzatish ko‘zda tutilishi lozim.
254. Gazo‘tkazgich elektrpech gumbazidagi gaz olish qurilmasidan gaz tozalash apparatlarigacha kamida 0,1 nishablikda yotqizilishi hamda gazni namlash va changni yuvib tashlash uchun suv keltirish jihozlari bilan ta’minlanishi lozim.
255. Qiya gazo‘tkazgichga uni ish paytida tozalab turish uchun o‘rnatilgan tuynukchalar havo so‘rilishiga yoki gazo‘tkazgichdan gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan bug‘ “pardasi” bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
256. Iflos gazni pech gumbazidan gaztozalagichga yoki iflos gaz svechasiga olib ketish tarmog‘iga berkitish qurilmasi sifatida gidravlik qaytargich (zatvor) o‘rnatilishi mumkin.
257. Suv har bir gaztozalash apparatiga ushbu gaztozalash blokiga suv uzatiladigan umumiy kollektordan alohida quvurlar orqali berilishi lozim.
258. Suv ta’minoti tizimidagi tindirilgan suvning bosimli kollektori gaztozalash apparatlari joylashgan bino ichidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Gaztozalash apparatlari qish faslida to‘xtatilganda gaztozalagichning suvo‘tkazgichlaridan suvni to‘kib tashlash uchun ularning pastki qismiga yopuvchi armaturali shtutser o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Suvo‘tkazgichlardan to‘kilayotgan suvning oqimi uzilib-uzilib tushishini nazorat qilib turish lozim.
259. Gaztozalash tizimi gaz traktining barcha hajmini juda qisqa muddatda samarali puflanishini ta’minlaydigan bug‘ yoki inert gaz keltiruvchi quvurlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Bunda bug‘ yoki inert gaz gaztozalash tizimiga alohida quvurlar orqali keltirilishi lozim, bu quvurlarga boshqa iste’molchilarni ulash man etiladi.
260. Gaztozalashga bug‘ yoki inert gaz keltiruvchi quvur sex kollektoriga ulangan joyda elektrlashtirilgan zulfin bo‘lishi lozim. Bug‘o‘tkazgichdagi bug‘ bosimi 0,1 MPa dan kamayib ketganda gaztozalash NO‘AvaA qalqon (shchit)iga signal berilib, zulfin avtomatik tarzda yopilishi lozim.
261. Maxsus umumiy sex bug‘ kollektorlari mavjud bo‘lsa, elektrzulfin sexga kirayotgan kollektorning boshlanishida o‘rnatilishi mumkin.
262. Gaztozalash blokining birortasi uzoq muddatga to‘xtaganda, unga boradigan quvuro‘tkazgichning tegishli puflash liniyasi tiqin o‘rnatib berkitilishi lozim.
263. Bug‘o‘tkazgichlar bug‘ kollektori tomonga qiya qilib o‘rnatilishi, kollektordan kondensat olib ketish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
264. Bug‘ gaztozalash apparatlariga muqim (olinmaydigan) quvuro‘tkazgichlar orqali kiritilishi lozim.
265. Gaztozalash apparatlaridan oqova suvlarni faqat suvli qaytargich (zatvor) orqali gaztozalash tizimidagi aylanma sikl kanalizatsiyasining quyqum quvurlariga to‘kish lozim. Gaztozalash apparatidagi suvli qaytargichning balandligi hisoblangan siyraklanish plyus 500 mm ga teng bo‘lishi lozim, bunda kondensat to‘plagich idishiga sig‘ish sharti bajarilishi lozim.
266. Suvli qaytargichning konstruksiyasi suv bilan to‘ldirilgan bakning pastki qismiga yon tomondan keltirilgan to‘kish quvuri ko‘rinishida yasalishi lozim. Bak atmosfera bilan berkitish armaturasi bo‘lmagan svecha orqali tutashgan bo‘lishi lozim.
267. Gaztozalash apparatidan suv olib ketadigan asosiy (markaziy) to‘kish quvuridan tashqari apparatning yuqoriroq sathidan chiqarilgan ikkinchi (zaxira) quvur ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
268. Gaztozalash apparatlari va quyqum baklari pech yaqinida o‘rnatilganda, gaztozalash uskunalariga erigan metall tushmasligi uchun koloshnik ish maydonchasining pastida olovga chidamli himoya devori ko‘zda tutilishi lozim.
269. Qurilish bo‘layotganda, ferroqotishma gazining gazo‘tkazgichlari va gaztozalash apparatlarining siyraklanish ostida ishlaydigan barcha payvand choklari nazoratning fizik usulida tekshirilishi lozim. Flanetslarning yuzasiga yo‘nib ishlov berilgan bo‘lishi lozim.
270. Yangi qurilayotgan gazso‘rish stansiyalari (GSS) ikki qavatli bo‘lishi, ikkinchi qavatda gazpuflagichlar, birinchi qavatda esa kondensat to‘plagichlar joylashtirilishi lozim.
271. GSS lar alohida turgan binolarga yoki shu GSS lar xizmat ko‘rsatadigan sex binolariga taqab qurilgan imoratlarga joylashtirilishi lozim.
272. GSS ning keltiruvchi va olib ketuvchi gaz kollektorlari bino tashqarisida, kondensat to‘plagichlarni yer ustida o‘rnatishga imkon beradigan balandlikda joylashgan bo‘lishi lozim.
273. GSS mashina zaliga o‘rnatilgan gazpuflagichlar gaz kollektorlaridan elektrlashtirilgan zulfinlar yordamida uzilishi lozim, bundan tashqari, tiqinlar o‘rnatish uchun qurilmalar ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
274. Gazpuflagichlarni GSS toza gazining bosimli kollektoridan uzib qo‘yish uchun gazpuflagichdan umumiy kollektorga gaz uzatuvchi har bir gaz quvuriga gaz yo‘nalishi bo‘yicha zulfin oldiga tezkor uzuvchi klapan o‘rnatilishi lozim.
275. Gazpuflagichlar GSS binosi konstruksiyalari bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida poydevorga o‘rnatilishi lozim.
276. Dvigatel quvvati 150 kW dan ko‘p bo‘lmasa va dinamik yuklanmalar binoga berilishiga yo‘l qo‘ymaydigan titrama-asos o‘rnatilgan bo‘lsa, gazpuflagichlarni ustyopmalar ustiga o‘rnatish mumkin.
277. GSS ning texnologik sxemasi sifatsiz (nokonditsiya) gazni, ushbu gaz yoqiladigan qurilma bilan jihozlangan, alohida chiqarish svechasi orqali chiqishini ta’minlashi lozim.
278. Gazni chiqarish svechasiga olib ketish gazpuflagichdan keyin joylashgan tezkor uzuvchi klapandan so‘ng haydovchi gazo‘tkazgich orqali amalga oshirilishi lozim. Ulanish joyida chiqarish svechasiga elektrlashtirilgan zulfin o‘rnatilishi lozim.
280. Har bir gazpuflagich, unga tutashgan gazo‘tkazgichlar bilan GSS ga o‘rnatilgan, alohida kondensat to‘plagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ikkita gazpuflagich uchun kondensat to‘plagichlarni birlashtirish man etiladi.
281. Kondensat to‘plagichdan chiqqan suvni kanalizatsiyaga U-simon gidroqaytargich orqali to‘kish lozim.
282. GSS ga o‘rnatiladigan gazpuflagichlarning dvigatellari elektrta’minot puxtaligini ta’minlash bo‘yicha I-toifali elektrqabul qilgichlar turiga kiradi.
283. Gazpuflagichlarni ishga tushirish va to‘xtatish masofadan turib GSS ning NO‘AvaA xonasidan yoki gaztozalashning sex markaziy dispetcher punktidan va har bir gazpuflagichning mahalliy boshqaruv qalqon (shchit)idan amalga oshirilishi lozim.
284. Qizdirish qurilmalariga gaz berishdan avval barcha pech mexanizmlari, nazorat-o‘lchov apparaturalari, shuningdek, zulfin, drossel qurilmalari, uzuvchi klapan va boshqa armaturalarning sozligini tekshirish lozim.
285. Ochib-yopuvchi klapan shtoklarining moytutqich (salnik)lari zichlangan bo‘lishi lozim. Ularning holatini har smenada tekshirib turish lozim.
286. Ochib-yopish qurilmalari gaz va havo klapanlarining bir vaqtda ochilib-yopilishga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bo‘lishi lozim.
287. Klapanlarning ochilib-yopilishidan avval va ochib-yopilish paytida avtomatik tarzda tovush yoki yorug‘lik signali berilishi lozim.
289. Isitilgan yoqilg‘ida ishlaydigan regenerativ pechlar borovlarining gumbaz va devorlari germetik bo‘lishi lozim.
291. Pechlarning borovlariga kirish uchun tuynuklar, agar loyihada boshqa konstruksiya ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, borovning yuqori qismida joylashgan bo‘lishi lozim. Borov tuynugiga tushish uchun mustahkam qotirilgan tutqichlar yoki narvonlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
293. Qizdirish qurilmalarining borovlari suv tushishidan muhofazalangan bo‘lishi, suv tushganda darhol tortib olinishi lozim.
295. Cho‘zish, o‘tish, konveyer va boshqa uzluksiz ishlovchi pechlar himoya gazlarini yoqish yoki tutish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
296. Barcha termik agregatlar nazorat-o‘lchov apparaturasi va haroratni avtomatik rostlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
297. Qalpoqli pechlar binodan tashqariga chiqarilgan svechalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Himoya gazi mufel ostidan bevosita sex binosiga chiqarib yuborilmasligi lozim.
298. Qalpoqli pechlar ostida joylashgan yerto‘lalar kiritish-tortish shamollatgichlari bilan jihozlanishi lozim.
300. Stendlarga o‘rnatilgan mufellarning germetikligi (qumli, suvli, aralash va boshqa turdagi) qaytargich (zatvor)lar yordamida ta’minlanishi lozim.
301. Qalpoqli pechlarning qaytargich (zatvor)lari himoya gazining tashqariga chiqishiga va pech ish bo‘shlig‘iga havo so‘rilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
302. Pechlarning boshqarish organlari o‘rnashgan joyi xodimlarning issiqlikdan nurlanishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
303. Vodorod qo‘llanilib ishlaydigan pechlar joylashgan sex binolariga yorug‘lik va tovush signalizatsiyasi o‘rnatilib, avtomatik gazoanalizator bilan jihozlanishi lozim.
304. G‘ilof va uzellarning oraliq joylarini zichlashtirish uchun ishlatiladigan materiallar vodorod bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirga kirmasligi, shuningdek, harorat ta’sirida ularning gaz singdiruvchanligi yoki bug‘lanishi oshmasligi lozim.
305. Vodorod keltiruvchi va olib ketuvchi quvurlarning o‘zaro joylashuvi pechni samarali puflanishini ta’minlashi va harakatsiz zonalar hosil qilmasligi lozim.
306. Qalpoqli pechlarni ishga tushirishdan oldin mufel osti bo‘shlig‘i va jo‘mraklarning germetikligi tekshirilishi lozim.
307. Vodorod ishlab chiqarish uskuna va agregatlarining, shuningdek, gazo‘tkazgichlarning konstruksiyasi ularni puflab tozalash imkonini ta’minlashi lozim.
308. Vodorodni to‘liq siqib chiqarish uchun mufel osti bo‘shlig‘ini uch karra hajmli azot bilan puflash lozim.
309. Yangi ishga tushirilayotgan qalpoqli pechlar uchun yumshatish jarayonining butun davrida mufel osti bo‘shlig‘i germetikligi uzluksiz nazorat qilinishi lozim.
310. Vakkumli-vodorod pechlari qalpog‘ining devori vodorod muhitiga bardoshli, olovga chidamli materialdan qilinishi lozim.
311. Mufel yoki qalpoq ostida bosim pasayganda (vakkumli-vodorod pechlari uchun) vodorod uzatilishi avtomatik ravishda to‘xtashi va inert gaz bilan puflash tizimi ishga tushishi lozim. Shu paytning o‘zida tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi ishlab ketishi lozim.
312. Termik ishlov berish bo‘linmasida mufel va qalpoqlarni zichlikka sinash hamda ta’mirlash uchun stendlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
313. Vodorod olish va tozalash uskunalarida ajralma flanetsli birikmalar soni minimal bo‘lishi lozim.
314. Alohida qalpoqlarga gaz keltiruvchi quvurlarni ulash, gazni yoqish, qalpoqli gaz pechlarini o‘chirish va gazo‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
315. Ortiqcha ferroqotishma gazini vaqti-vaqti bilan yoqib turish uchun maxsus gaz chiqarish qurilma (GChQ)lari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
318. Ferrqotishma ishlab chiqarishining GChQ larini loyihalash, sozlash, ishga tushirish va ishlatish “Mash’ala tizimlarini tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2008-yil 18-dekabrdagi 20-15-447/12-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan), “Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 30-dekabrdagi 6-15/11-10660/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
319. GChQ larning ishlashi to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim. GChQ lar gazo‘tkazgichlardagi gaz bosimi belgilangandan ortiq ko‘tarilib ketganda avtomatik ishga tushishi va piligi doim yonib turadigan yondirgichlar yoki avtomatik ishga tushadigan pilikli qurilma bilan jihozlanishi lozim.
320. Doim yonib turadigan yoki avtomatik pilikdan tashqari ehtiyot yuzasidan dastaki masofadan turib gaz yoqish moslamasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
322. Yonuvchan gazlarning GChQ lari qo‘shni bino va inshootlardan gorizontal bo‘yicha kamida 30 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. Agar bu talabni bajarib bo‘lmasa, GChQ ning og‘zi qo‘shni bino, inshoot va xizmat ko‘rsatish maydonchalaridan kamida 15 m yuqoriga chiqarilgan bo‘lishi lozim. Yonuvchan gazlarning GChQ laridan portlash-yong‘inga xavfli mahsulotlarning omborlarigacha bo‘lgan masofa kamida 75 m ni tashkil etishi lozim.
323. Yangi qurilayotgan GChQ larning og‘zi ferroqotishma gazlari uchun kamida 50 m balandlikda bo‘lishi lozim.
324. GChQ og‘ziga o‘rnatilgan gaz yondirgichlar gazni atmosferada to‘liq yonishini ta’minlashi lozim.
325. GChQ lar signalizatsiya, nazorat va gaz xo‘jaligining dispetcherlik punkti yoki boshqarish shchiti joylashtirilgan hamda navbatchi xodimlar ishlaydigan navbatchilik xonasiga o‘rnatilgan masofadan turib boshqarish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
326. Ferroqotishma gazining yondirgich va piliklarini ishi to‘g‘risidagi signal, bundan tashqari, gaz xo‘jaligining markaziy dispetcherlik punktiga ham uzatilishi lozim.
327. GChQ larda gaz chiqarish klapanlaridan keyin (yondirgichlardan oldin) klapan har qanday ishga tushirilgan va o‘chirilgan paytda puflash uchun quvuro‘tkazgichlarga bug‘ yoki inert gaz (azot) berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
328. Klapan inert gaz yoki bug‘ quvurining elektrlashtirilgan jo‘mragi bilan blokirovka qilingan bo‘lishi lozim.
329. Gaz chiqarish klapanlari va ularga xizmat ko‘rsatish maydonchalari GChQ og‘zidan taxminan 10 m past joylashgan bo‘lishi lozim. Xizmat ko‘rsatish maydonchasi ustiga issiqlikdan himoyalash ekrani o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ekrandan yuqoridagi barcha konstruksiyalar, jumladan, ustun, yondirgich, qo‘sh oyoqli narvonlar issiqbardosh po‘latlardan yasalgan bo‘lishi lozim.
330. Svechaning balandligi 60 m dan ko‘p bo‘lsa, supali zinapoya bilan birga, odatda, yuk-yo‘lovchi lifti ham qurilishi lozim.
331. Ta’mirlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. GChQ sida lift bo‘lmasa, gaz chiqarish klapanlariga xizmat ko‘rsatish maydonchasiga yuklarni ko‘tarish muqim o‘rnatilgan yuk-ko‘tarish mexanizmi yordamida amalga oshirilishi lozim.
332. GChQ lar amaldagi bino va inshootlarga yashinhimoyalagichlar o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq yashinhimoyalagich bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
333. Svechalarining balandligi 50 m dan ko‘p bo‘lgan hamda aerodrom va aviatrassalar yaqinida joylashgan va umuman, balandligi 100 m dan ortiq bo‘lsa, GChQ lar amaldagi tegishli normativ-texnik hujjatlarga muvofiq kunduzgi belgi va yorug‘lik to‘sig‘i bilan jihozlanishi lozim.
334. Ferroqotishma gazlarining GChQ lari binolari gaz xo‘jaligi dispetcherlik punkti bilan, gaz chiqarish klapanlari yaqinidagi maydonchalar esa GChQ binosi bilan bevosita telefon aloqasiga ega bo‘lishi lozim.
335. GChQ larning elektr qabul qilgichlari elektrta’minot puxtaligining I-toifasiga kiritilishi lozim.
336. Nazorat-o‘lchov asboblari kuzatish, xizmat ko‘rsatish uchun qulay bo‘lgan joylarga o‘rnatilishi va shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi lozim. Asboblarni almashtirish uchun berkitish qurilmalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
337. A va B toifali binolarda birlamchi asboblar sifatida qo‘llaniladigan yonuvchan gazlar sarfi va bosimi datchiklari portlashdan bexatar bo‘lishi lozim.
338. Portlashdan bexatar datchiklar mavjud bo‘lmasa, A toifali binolar uchun yuqorida ko‘rsatilgan datchiklarning umumiy ishlatish turlarini sex imorati tashqarisidagi isitiladigan yopiq shkaflarga o‘rnatib foydalanish lozim. Shkaflarning yuqori qismida svecha, pastida esa shamollatish uchun teshiklar bo‘lishi lozim. Datchiklarni ochiq sharoitda o‘lchash o‘tkaziladigan joylar yaqiniga, shkaf va maxsus xonalarga joylashtirish mumkin.
340. Boshqarish postlari va qalqon (shchit)li xonalarda faqat yonuvchan gazlarning sarfi va bosimini o‘lchaydigan ikkilamchi asboblar o‘rnatilishi lozim. Gaz bosimidan qat’i nazar, bu xonalarga yonuvchan gazlarning impuls quvuro‘tkazgichlarini kiritish man etiladi.
341. Umumiy ishlatiladigan datchiklar yoki gazoanalizatorlar o‘rnatilgan sex ichidagi G va D toifali binolarga yonuvchan gazlarning impuls quvuro‘tkazgichlarini kiritish uchun ushbu binolar yuqori va pastki qismidagi ochiq darchalar orqali sex bilan tutashgan bo‘lishi lozim. Bu holda yuqoridagi darchaning yuzasi bino yuzasining kamida 15 foizini, pastki qismidagisi esa kamida 10 foizini tashkil etishi lozim.
342. Agar G va D toifali sex binolarining ichiga qurilgan yopiq xonalarga yonuvchan gazlarning impuls quvuro‘tkazgichlari kiritilgan bo‘lsa hamda mazkur Qoidalarning 345-bandi talabi bo‘yicha sex bilan tutashish uchun darchalar qilib bo‘lmasa, bu xonalar zaharli gazlar uchun — 1 soatda havoni olti karra, zaharmas gazlar uchun — uch karra almashishini ta’minlaydigan shamollatgich bilan jihozlanishi va shamollatish tashlandiqlari sex tashqarisiga chiqarib yuborilishi lozim.
343. Yonuvchan gazlarning datchik (yoki gazoanalizator)larini joylashtirish uchun sex binolariga taqab qurilgan imoratlarning toifasi portlash-yong‘in va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq hisoblanib aniqlanadi.
344. Agar taqab qurilgan imorat mazkur Qoidalarning 345-bandi talabiga muvofiq sex binosi bilan ochiq darcha orqali tutashgan bo‘lsa, u sex binosi toifasiga kiritiladi.
345. Datchiklar javonga joylashtirilgan bo‘lsa, u shamollatish uchun yuqori va pastki qismida teshiklarga, shuningdek, agar sex isitilmasa, isitish qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
346. Sexlararo gaz quvurlariga tegishli datchiklar xonasini bevosita shu quvurlar ostiga o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xona tomidan quvuro‘tkazgichning pastki qismigacha kamida 2 m ochiq masofa bo‘lishi lozim.
348. Namli gazning impuls quvuro‘tkazgichlari, o‘lchash diafragmalari, datchik va rostlash armatura (drosselli klapan va boshqa)lar bino tashqarisida yoki isitilmaydigan binolarda joylashtirilganda ularni isitish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
349. Nazorat-o‘lchov asboblarini gaz apparatlari va gazo‘tkazgichlarga quvurchalar orqali ulash lozim.
350. Gaz bosimi 0,1 MPa gacha bo‘lsa, nazorat-o‘lchov asboblarini kamida 0,63 MPa ga mo‘ljallangan standart rezina-matoli yengliklar yordamida ulash mumkin.
351. Rezina-matoli yengliklar uzunligi 1 m dan ko‘p bo‘lmasligi hamda gaz quvurlari va asboblarning shtutsyerlariga belbog‘ (xomut)lar bilan mahkamlanishi lozim.
352. Radioaktiv izotoplarni mazkur Qoida talablariga rioya qilib, texnologik jarayonlarni nazorat qilishning boshqa usullaridan foydalanib bo‘lmagan hollarda qo‘llash mumkin.
353. Nazorat-o‘lchov asboblari qalqon (shchit)lari va uskuna yoki binoning qurilish konstruksiyalari orasidagi masofa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
354. Gazo‘tkazgichlarni qurish uchun 7-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq po‘lat quvurlar qo‘llanilishi lozim.
355. Quvurlar va gaz uskunalarining apparatlarini po‘lat listdan tayyorlash metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va qabul qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
a) past bosimli tabiiy va ferroqotishma gazlarning o‘tkazgichlaridagi har qanday diametrli flanetslar — to‘qilgan asbest bog‘ich (shnur) bilan;
b) o‘rtacha va yuqori bosimli tabiiy va ferroqotishma gazlarning o‘tkazgichlaridagi har qanday diametrli flanetslar — paronit bilan.
357. Rezbali birikmalarni zichlashtirish uchun tabiiy olif moyida eritilgan surik yoki oq bo‘yoq shimdirilib eshilgan zig‘ir arqon ishlatilishi lozim.
359. Gazo‘tkazgichlarni yig‘ish va payvandlash ishlari “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
360. Gazo‘tkazgichlar payvand quvurlardan ulanib yasalayotganda uchma-uch tutashtirilayotgan quvurlarning bo‘ylama payvand choklari bir-biriga nisbatan kamida 50 mm masofaga siljitilgan bo‘lishi lozim.
361. Gazo‘tkazgichlar ham payvand quvurlardan, ham yaxlit tortilgan quvurlardan yasalayotganda quvurlarga payvandlanayotgan tarmoqlarning qisqa quvuri, shtutsyerlar, tuynuklarning qisqa quvuri, svechalar va boshqa moslamalar (qisqa quvurdan hisoblaganda) payvand choklaridan kamida 100 mm uzoqlikka o‘rnatilishi va quvurlarning payvand choklariga to‘g‘ri kelmasligi lozim.
362. Gazo‘tkazgichlarning yangi uchastkalari va gaz uskunalarini mavjud gazo‘tkazgichlarga ulash ishlari mazkur Qoidalarning “Gazga xavfli ishlarni bexatar bajarishni tashkil etish” bo‘limi talablariga rioya etib bajarilishi lozim.
363. Barcha gazo‘tkazgichlar va gaz uskunalarini qurilish-montaj, ta’mirlash va payvandlash ishlari bajarilgandan hamda ishlarning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, mustahkamlik va zichlilikka sinash, shuningdek, qo‘shimcha ravishda germetiklikka sinash “Texnologik quvurlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
a) montaj qilingan gazo‘tkazgichlar, uskuna va armatura turlarining loyiha hujjatlariga muvofiqligi;
b) barcha montaj ishlarining, shu jumladan termik ishlov berish va payvandlash ham, to‘g‘ri bajarilganligi va ularning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;
e) loyihadagi barcha mahkamlagichlarning o‘rnatilganligi va himoyaviy yerga ulash moslamasi mavjudligi;
365. Sinovni o‘tkazish tartibi va uslubi mazkur Qoidalar talablarini hisobga olgan holda belgilanadi. Sinov dasturi belgilangan tartibda kelishilib tasdiqlanadi. Sinov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
366. Sinov turi (mustahkamlik va zichlilikka, germetiklikka qo‘shimcha sinash), sinov usuli (gidravlik, pnevmatik) va sinov bosimining kattaligi har bir gazo‘tkazgichning loyihasi bo‘yicha olinadi. Sinov to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmasa, sinov usuli va bosimi miqdori ushbu Qoidalarga muvofiq olinadi.
367. Mustahkamlik va zichlilikka sinashdan oldin tashqi gazo‘tkazgichlarning ichki bo‘shlig‘ini puflab tozalash lozim. Sex ichki gazo‘tkazgichlarning ichini montaj qilishdan avval tozalash lozim.
368. Gazo‘tkazgich va gaz uskunalarini sinash paytidagi bosim qiyoslashdan o‘tgan va tamg‘alangan ikkita manometr yordamida o‘lchanishi lozim. Manometrlarning aniqlik sinfi 1,5 dan kam bo‘lmasligi, korpus diametri esa kamida 160 mm ni va nominal bosimga shkalasi o‘lchanayotgan kattalikning kamida 4/3 va ko‘pi bilan 5/3 qismini tashkil etishi lozim.
369. Gazo‘tkazgichlarni mustahkamlik va zichlilikka sinash pnevmatik yoki gidravlik usulda amalga oshirilishi mumkin.
370. Ichki diametri 300 mm dan katta bo‘lgan past va o‘rtacha bosimli (0,3 MPa gacha) gazo‘tkazgichlarni havo bilan sinash lozim. Bundan tashqari pnevmatik sinov usuli quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
a) agar ko‘tarib turuvchi qurilish konstruksiyalari yoki gazo‘tkazgich suv bilan to‘ldirishga mo‘ljallanmagan bo‘lsa;
b) atrof-muhit havosining harorati 0˚S dan past va gazo‘tkazgichning ayrim uchastkalari muzlab qolishi mumkin bo‘lsa.
371. Kulrang cho‘yandan yasalgan armaturalar o‘rnatilgan gazo‘tkazgichlar uchun mustahkamlikka pnevmatik sinov bosimi 0,4 MPa dan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
372. Ichki diametri 300 mm gacha bo‘lgan yuqori bosimli sexlararo va sex ichki gaz quvurlari, qoidaga ko‘ra, gidravlik usul bilan sinalishi lozim. Ularni mazkur Qoidalar talablari va ishlarni bajarish loyihasida ko‘zda tutilgan maxsus xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rib sinash lozim.
b) estakada va ariqlarda joylashgan gazo‘tkazgichlar, agar bu joylardagi quvuro‘tkazgichlar foydalanishda bo‘lsa.
374. Gazo‘tkazgichlarni mustahkamlik va zichlilikka, sinov usulidan qat’i nazar, bir vaqtda sinash lozim.
376. Alohida turgan tayanchlarga, bino tashqarisida devorlar va tom bo‘ylab yotqizilgan sexning tashqi gazo‘tkazgichlarini sex ichki gazo‘tkazgichlaridan alohida sinash lozim.
377. Mustahkamlikka sinash bosimi kattaligi (Rs) “Texnologik quvurlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan)ning 432-bandi talabiga muvofiq aniqlanishi va loyihada belgilab qo‘yilishi lozim.
378. Ish bosimi R ≤ 0,015 MPa bo‘lgan gazo‘tkazgichlarni Rs = 0,02 MPa ga teng, agar R 0,015 dan 0,1 MPa gacha bo‘lsa, Rs = 1,25 R MPa, lekin 0,1 MPa dan ko‘p bo‘lmagan sinov bosimi bilan sinash lozim.
380. Quvuro‘tkazgichdagi sinov bosimi 10 daqiqa mobaynida (mustahkamlikka sinash) ushlab turiladi, shundan so‘ng ish bosimigacha pasaytiriladi va payvand choklar puxtalik bilan tekshirishdan o‘tkaziladi (zichlikka sinash). Tekshirish tugagach bosim qaytadan sinov kattaligiga ko‘tariladi va 5 daqiqa ushlab turiladi, shundan so‘ng yana ish bosimigacha pasaytiriladi va quvuro‘tkazgichlar takroran ko‘rikdan o‘tkaziladi.
381. Zichlikka sinash muddati gazo‘tkazgichni ko‘rikdan o‘tkazish va ajralma birikmalarning germetikligini tekshirishga ketadigan vaqt bilan belgilanadi.
382. Pnevmatik sinov havo yoki inert gaz (azot) bilan faqat sutkaning yorug‘ paytida o‘tkazilishi lozim.
383. Gazo‘tkazgichlarni pnevmatik sinov zarur xavfsizlik choralari ko‘zda tutilgan, tashkilotning belgilangan tartibda tasdiqlangan yo‘riqnomasi asosida o‘tkazilishi lozim.
384. Mustahkamlikka sinov o‘tkazilayotgan paytda binolarning ichida ham, tashqarisida ham muhofaza hududi belgilab qo‘yilishi lozim. Muhofaza hududining chegaralari bayroqchalar bilan belgilanishi va to‘silishi lozim. Sinalayotgan gazo‘tkazgichdan hudud chegarasigacha bo‘lgan minimal masofa kamida 25 m ni, yirik diametrli gazo‘tkazgichlar va zaharli gazlarning o‘tkazgichlari uchun esa kamida 50 m ni tashkil etmog‘i lozim.
385. Bino ichida joylashgan gaz quvurlari uchun muhofaza hududi tegishli sex (obyekt) boshlig‘i bilan kelishilgan holda, lekin kamida 10 m qilib belgilanishi lozim.
386. Gaz quvurida bosim ko‘tarilayotgan paytda va unda mustahkamlikka sinov bosimi darajasiga erishilganda muhofaza hududida odamlar bo‘lmasligi lozim.
387. Zichlikka pnevmatik sinashdan oldin mustahkamlikka gidravlik sinash bajarilgan bo‘lsa, muhofaza hududi belgilanmaydi. Bu holda gaz quvurini qoldiq suvlardan tozalash uchun havo bilan puflash lozim.
388. Gazo‘tkazgichni yakuniy ko‘rikdan o‘tkazishga faqat sinov bosimi ish bosimigacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
389. Aniqlangan kamchiliklar gazo‘tkazgichning bosimi atmosferanikigacha pasaytirilgandan so‘ng bartaraf etilishi lozim.
390. Agar sinov chog‘ida uzilish, ko‘rinadigan deformatsiya, manometr bo‘yicha bosim pasayishi yuz bermagan, asosiy metall, payvand choki, armatura korpusi, ajralma birikmalar va barcha ulanishlarda havo chiqishi aniqlanmagan bo‘lsa, shuningdek, gidrosinov paytida oqish va terlashlar payda bo‘lmasa, mustahkamlik va zichlikka sinov natijalari qoniqarli deb topiladi.
391. Sexlararo va sex ichki gazo‘tkazgichlar odatdagi mustahkamlik va zichlikka sinashdan tashqari qo‘shimcha tarzda germetiklikka (pnevmatik) sinalishi va sinov davrida bosim pasayishi aniqlanishi lozim. Qo‘shimcha sinash o‘tkazish zarurati loyihada belgilanadi va tashkilotning gaz bo‘yicha texnik nazorat xizmati bilan kelishiladi.
393. Gazo‘tkazgichlarni germetiklikka qo‘shimcha sinash barcha montaj ishlari (mustahkamlik va zichlikka sinash, yuvish, o‘lchov diafragmalarining avtomatika asboblari o‘rnatilishi) tugagandan so‘ng uskuna bilan birgalikda obyektni majmuas sinash jarayoni paytida havo yordamida o‘tkaziladi. Sexlararo gazo‘tkazgichlar uskunadan alohida sinaladi.
394. Yangi qurilgan gazo‘tkazgichlar uchun qo‘shimcha sinash kamida 24 soat davom etishi va loyihada ko‘rsatilishi lozim. Davriy sinovlar paytida, shuningdek, payvandlash va gazo‘tkazgichni qismlarga ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlashlardan keyingi sinov muddati tashkilotda belgilab qo‘yilishi, lekin 4 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
395. Sinash paytida gazo‘tkazgichdagi bosim pasayishi va tuzatish koeffitsiyenti (K) “Texnologik quvurlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan)ning 462-bandi talabiga muvofiq aniqlanishi lozim.
396. Germetiklikka qo‘shimcha pnevmatik sinash natijalari, agar sinov paytida bosimning pasayish tezligi (ichki diametri 250 mm gacha va unga teng bo‘lgan quvuro‘tkazgichlar uchun) quyidagini tashkil etsa, qoniqarli deb hisoblanadi:
397. Katta diametrli quvuro‘tkazgichlar uchun bosimning pasayish tezligi yuqorida ko‘rsatilgan kattaliklarni tuzatish koeffitsiyentiga (K) ko‘paytirib aniqlanadi.
398. Germetiklikka qo‘shimcha sinash tugagach, har bir gazo‘tkazgich bo‘yicha dalolotnoma tuzilishi lozim.
399. GRP va GRU larning gazo‘tkazgich va gaz uskunalari mustahkamlik va zichlikka kirish gaz quvurining zulfinidan chiqish gaz quvurining zulfinigacha bo‘lgan chegarada, bunga ulardagi nazorat-o‘lchov asboblariga boruvchi barcha liniyalar ushbu asboblar oldidagi berkitish jo‘mraklarigacha kiritilib mazkur Qoidalar talablariga binoan havo yoki inert gaz bilan sinalishi lozim.
400. Agar pasport ma’lumotlari bo‘yicha bosim rostlagichlarining boshqarish elementlari va saqlovchi chiqarish klapanlarining kallaklari mustahkamlikka (va zichlikka) sinash bosimiga mo‘ljallanmagan bo‘lsa, ular sinov paytida uzib qo‘yiladi.
401. Gaz xo‘jaligi obyektlari qurilish (rekonstruksiya) yoki kapital ta’mirlash tugagandan so‘ng ShNQ 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar” talablariga muvofiq foydalanishga qabul qilinishi lozim.
402. Foydalanishga qabul qilingan gaz xo‘jaligi obyekti olti oy mobaynida ishga tushirilmagan bo‘lsa, uni foydalanishga tushirishdan avval gazo‘tkazgich va gaz uskunalarni zichlikka takroran sinash, tutun chiqarish va shamollatish tizimlarining holati, uskuna, armatura, himoya-saqlovchi qurilma va avtomatika tizimlarining to‘liqligi va sozligi tekshirilishi lozim. Barcha aniqlangan nuqsonlar obyektni foydalanishga tushirishga qadar bartaraf etilishi lozim.
403. Mazkur Qoidalardan chetga chiqishlar bo‘lgan gaz xo‘jaligi obyektlarini foydalanishga qabul qilish va ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
404. Korxonalarning gaz xo‘jaligini boshqarish dispetcherlik xizmati sexlarga maqbul gaz taqsimlanishini, gaz rejimini bir maromda tutish va gazo‘tkazgich hamda gaz uskunalarining bexatar ishlatilishini ta’minlab, butun gaz xo‘jaligi ishi ustidan boshqaruv va nazoratning ishonchliligi va tezkorligini o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
405. Yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan gaz xo‘jaligining dispetcherlik punkt (GXDP)lari telemexanizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
406. GXDP ga uzatilayotgan teleo‘lchov, telexabar va teleboshqaruvlar hajmi loyihada belgilab qo‘yilishi va gaz ta’minotini boshqarishga dispetcherning tezkor aralashuvini ta’minlashi lozim.
407. Gaz iste’mol qilish sharoitlari o‘zgarganda gazlarni maqbul tarzda avtomatik qayta taqsimlash uchun elektron hisoblash vositalarini o‘rnatish imkoni ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
408. GXDP ga gazo‘tkazgichlarning eng o‘ziga xos nuqtalaridagi gaz bosimi va haroratini, tashkilot gaz quvuriga kelayotgan gazning bosimi, harorati va sarfini, barcha yirik va eng uzoqda joylashgan iste’molchilardagi, avtomatik rejimda ishlayotgan obyektlardagi, shuningdek, boshqa tashkilotlarga boradigan gazo‘tkazgichlardagi gazning bosim va sarfini nazorat qiladigan signal chiroq va asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
409. GXDP mnemosxemasida masofadan turib boshqariladgan zulfinlarning eng chekka holatlari ko‘rsatilishi lozim.
410. GXDP bosim rostlagichlarining vazifalagichlar, drosselli klapanlar va gazo‘tkazgichlardagi zulfinlarni boshqarish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
411. GXDP dagi gaz xo‘jaligi obyektlarining tezkor nazorat, rostlash, aloqa va xabarlash uskunalari I-toifali elektr qabul qilgichlar turiga kiritiladi.
412. GXDP va gaz ishlab chiqaruvchi hamda iste’mol qiluvchi barcha sexlar o‘zaro telefon aloqasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
413. GXDP va ferroqotishmalar pechlarining gaz tozalash xonalari, GTS lar, gaz qutqaruv xizmati, tashkilot yong‘in himoyasi, tibbiy punkt, gaz sexining gaz ta’minotini boshqarish punkti, dispetcher va tashkilot gaz xo‘jaligining bexatar ishlatilishini ta’minlash uchun javobgar shaxs o‘rtasida bevosita telefon aloqasi bo‘lishi tavsiya etiladi.
414. Yirik tashkilotlarning GXDP larida tezkor radioaloqa va tezkor avtomashina, ta’mirchilar guruhi va dispetcher buyruqlarini yozib oluvchi diktofonli tekshiruvchilar bo‘lishi tavsiya etiladi.
415. GXDP ga doimiy xizmat ko‘rsatish xodimlarisiz ishlaydigan gaz xo‘jaligi obyektlaridan chiqadigan himoyaviy xabarlovchilar kiritilgan bo‘lishi lozim.
416. GXDP ni alohida yoki tashkilot energoxo‘jaligini boshqarish punktlariga joylashtirish mumkin. GXDP binosi I- va II-olovbardoshlik darajasidan past bo‘lmasligi lozim.
417. Yonuvchan gazlar quvurlarini GXDP binosiga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. GXDP larni A toifali binolarda joylashtirish man etiladi.
418. GXDP me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda tezkor avariyaviy-ta’mirlash brigadasi va maxsus uskunalangan avtomashina bilan ta’minlanadi. Ushbu brigadaning vazifasiga uskunaning avariyaviy to‘xtashi va doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz ishlaydigan uskunani profilaktik nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni bajarish kiradi.
419. Yirik tashkilotlarning gaz sexlari idorasi tarkibida tezkor mashina uchun garaj hamda avariyaviy-ta’mirlash brigadasi uchun GXDP bilan bevosita aloqa va xabar qilish vositalari bo‘lgan xona ko‘zda tutilishi lozim.
420. Energetika (gaz) sexi va qaramog‘ida gazo‘tkazgichlar hamda gaz uskunalar bo‘lgan bo‘linmalar orasidagi, shuningdek, umumiy gazo‘tkazgichga ega bo‘lgan bo‘linmalar orasidagi xizmat ko‘rsatish uchastkalarining chegarasi aniqlab qo‘yilishi va gazo‘tkazgichlarning sxemalarida ko‘rsatilishi lozim.
421. Tashkilot gaz bilan magistral yoki shahar gazo‘tkazgichi orqali ta’minlansa, ushbu tashkilot hududiga gazo‘tkazgich kirish joyi gazo‘tkazgichlarga xizmat ko‘rsatish chegarasi deb qabul qilinishi lozim. Bunda tashkilot chegarasi tashqarisida o‘rnatilgan va gaz beruvchi tashkilotga tegishli bo‘lgan berkitish qurilmasidan tashqari gazo‘tkazgichning tashkilot hududiga kirish joyida ham berkitish qurilmasi o‘rnatilishi lozim.
422. Metallurgiya korxonasidan boshqa tashkilotga gaz berilayotganda, gaz berayotgan tashkilotning chegarasi gazo‘tkazgichning xizmat ko‘rsatish chegarasi deb hisoblanadi.
423. Energetika sexi (gaz sexi yoki gaz xizmati) va iste’molchi sex orasidagi xizmat ko‘rsatish chegarasi sexlararo gazo‘tkazgichdan iste’molchi sexga ulangan quvurga o‘rnatilgan, gaz xizmati (sexi)ga qarashli zulfin bo‘lishi lozim.
424. GRP lar ham tashkilotning gaz sexi (xizmati)ga, ham gaz iste’molchi-sexga qarashli bo‘lishi mumkin. Agar GRP gaz sexi (xizmati)ga qarashli bo‘lsa, GRP dan keyin joylashgan, gaz sexiga qarashli zulfin, mabodo u bo‘lmasa, iste’molchi sexning tashqi devori –– xizmat ko‘rsatish chegarasi deb hisoblanadi. GRU lar iste’molchi sexning gaz xizmati tarkibiga kiritiladi va uning qaramog‘ida bo‘ladi.
425. Gaz xo‘jaligining har bir obyektiga “Texnologik quvur o‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan)ning 8-bobi talablariga muvofiq texnik hujjatlar yuritilishi lozim.
426. Foydalanish davrida obyektda qilingan barcha o‘zgartirishlar, o‘tkazilgan kapital ta’mirlashlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar obyekt pasportiga kiritib borilishi, shuningdek, o‘zgartirishlar chizmasi yoki sxemasi ilova qilinishi lozim.
428. Turli maqsadlarda ishlatiladigan rostlagichlar, avtomatik signalizatorlar, gazlashganlik indikatorlari va boshqa jihozlar uchun tayyorlovchi-tashkilotlardan berilgan pasportlar bo‘lishi lozim.
429. Gaz sexining alohida obyektlarida hamda tarkibida gaz xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan sexlarda agregatni ta’mirlash, reviziya qilish va asboblarni sozlash bo‘yicha bajarilgan ishlar qayd etiladigan agregat (ta’mirlash) jurnali, shuningdek, foydalanish jurnali ham yuritilishi, unda esa har smenada aniqlangan nosozliklar, shu jumladan, qoidalar va yo‘riqnomalar buzilishlari, buzilishlarni bartaraf etish choralari va ularni bajarish muddatlari yozib borilishi lozim.
430. Sexlarning gaz xo‘jaligi obyektlarini pasporti hamda foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha hujjatlari to‘g‘ri yuritilishi korxonada belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi.
431. Har bir gaz xo‘jaligi obyektidagi barcha bir tipli apparatlar, shuningdek, uzel va detallar, gazo‘tkazgichlar, kompensatorlarning ustunlari, kondensat to‘plagichlar, zulfinlar, svechalar va boshqalar shifrlangan va raqamlangan bo‘lishi lozim. Raqam va shifrlar uskuna va konstruksiyalarning ko‘rinarli joyiga yozilgan bo‘lishi lozim.
432. Bevosita agregat yonida yoki xizmat ko‘rsatish xodimlari turgan joylarda gaz uskunalarining aniq sxemasi osig‘liq bo‘lishi, unda ushbu uskunalarga berilgan raqam va shifrlar ko‘rsatilishi lozim.
433. Zulfin, jo‘mrak va ventillarni gazo‘tkazgichlarga o‘rnatishdan oldin reviziya qilish va sinash lozim.
434. Gazo‘tkazgich, gaz uskunalari grafiklarda belgilangan muddatlarda rejali-oldini olish ko‘rigidan, reviziya va ta’mirlashdan o‘tishi lozim. Ta’mirlash grafiklari tuzilayotganda, har bir uskunadan foydalanishning mahalliy shart-sharoitlari hisobga olinib, pasport yoki tayyorlovchi-tashkilotlarning yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya etish lozim. Bosim rostlagich, saqlovchi klapan, filtr va boshqa jihozlar yiliga kamida bir marta, agar tayyorlovchi-tashkilot bergan pasportlarda bundan kamroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qismlarga ajratilib reviziya qilinishi lozim.
435. Avtoblokirovka va signalizatsiyalarning sozligi asboblardan foydalanish yo‘riqnomasiga muvofiq bir oyda kamida bir marta imitatsiya usulida, shuningdek, gaz iste’mol qiluvchi agregat belgilangan chegaraviy parametrga yetishganda rejali to‘xtatilgach tekshirilishi lozim.
436. Impuls quvurlari va rezina-matoli yengliklarning binoda joylashgan gazo‘tkazgich va nazorat-o‘lchov asboblari shtutsyerlariga zich ulanganligi haftada kamida bir marta, bino tashqarisida esa –– oyiga kamida bir marta tekshirilishi lozim. Zichlik ko‘z bilan yoki gazoanalizator yordamida tekshirilishi lozim.
437. Gazo‘tkazgich, gaz jihozlari va uskunalari yiliga kamida ikki marta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
a) qaytargich (zatvor), svecha, kondensat to‘plagich, kompensator, rostlagich, chang chiqarish qurilmasi, berkitish armaturasi, gaz yondirish, puflash va signalizatsiya qurilmalarining holati va soz ishlashi;
v) binolar ichida joylashgan gazo‘tkazgich va apparatlardagi chok va flanetsli birikmalarning zichligi;
g) quvuro‘tkazgichlar holati, quvurlar armaturasi, ustunlar, ularning tayanch o‘rindiq va boshmoqlari, anker boltlari va poydevorlar yer usti qismining ahvoli;
d) mazkur Qoidalar va gaz uskunasini bexatar ishlatish yo‘riqnomalari talablariga rioya etishni, shuningdek, agregat va foydalanish jurnallarini to‘g‘ri yuritilishni.
439. Texnik ko‘rik natijalari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar va rejali-oldini olish ta’mirlash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi hamda bajarilgan ishlar uskuna (agregat) jurnaliga va tegishli pasportga yozib boriladi.
440. Sexlararo va sex gazo‘tkazgichlarining, shuningdek, gaz uskunalarining tashqi yuzasiga har 5 yilda, flanets va boltlarga esa har 2 yilda himoyaviy lok-bo‘yoqli qoplama surtilishi lozim.
441. Kimyoviy yemirilishga faol gaz yoki bug‘lar bilan ifloslanadigan joylarga o‘rnatilgan gazo‘tkazgich va jihozlarga, shu jumladan, tayanch konstruksiyalar, maydoncha va zinapoyalarga 3 yilda kamida bir marta kimyoviy yemirilishga qarshi maxsus qoplama surtilishi lozim.
442. Bunday qoplamani muddatidan oldin surtish zarurligi sex yoki ishlab chiqarish komissiyasi tomonidan belgilanadi.
443. Gaz xo‘jaligining yong‘in va portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarida olovli ish (payvandlash, gaz bilan kesish va hokazo)lar amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
444. Ta’mirlash paytida gazo‘tkazgichlarda elektr payvandlash ishlarini bajarishga undagi gazning ortiqcha bosimi 0,3 MPa dan ortiq bo‘lmaganda ruxsat etiladi.
445. Ish bajarilayotgan joyda gaz bosimini nazorat qilish uchun manometr o‘rnatib, uni ish paytida doimo kuzatib turish lozim.
446. Siyraklashuv ostida ishlayotgan gazo‘tkazgich va apparatlarda gaz bilan kesish va payvandlash ishlarini bajarish man etiladi.
447. Ishlayotgan gazo‘tkazgichlarda gaz bilan kesish yoki payvandlash ishlari bajarilayotganda katta alanga paydo bo‘lmasligi uchun gaz chiqish joylari asbest iplar, metall ponachalar bilan zichlanishi (chekankalanishi) va asbest ushoqlari aralashtirilgan yumshoq shamot loyi surtilishi lozim.
448. Ish bajarish joyida yong‘in o‘chirish va gaz alangalangan paytda ishchilarni evakuatsiya qilish vositalari bo‘lishi lozim.
449. Ishlayotgan gaz quvuriga ulanilgandan keyin payvand chokini sovun eritmasi bilan zichlikka tekshirish lozim.
450. Gazo‘tkazgich va gaz iste’mol qiluvchi agregatlar o‘rnatilgan bino (joy)larda payvandlash yoki gaz bilan kesish ishi bajarilgan bo‘lsa, havoning gazlashganligi tekshirilishi, bunda atrof-muhit havosidagi kislorod miqdori hajm bo‘yicha kamida 19 foiz bo‘lishi lozim.
451. Havo namunasi quyidagicha olinadi: havodan yengil gaz uchun (tabiiy va b.) –– yuqori zonadan; havodan og‘ir gaz (propan-butan va b.) uchun –– pastki zonadan; ferroqotishma gazi uchun –– yuqori va pastki zonalardan.
452. Payvandlash yoki gaz bilan kesish ishlarini bajarish mobaynida ko‘rsatib o‘tilgan bino (joy)lar yaxshilab shamollatib turilishi lozim.
453. Gazo‘tkazgich uchastkasi yoki gaz apparatini uzib qo‘yib, so‘ngra uning ichida ish bajarish zarur bo‘lsa, ularni ishlayotgan gazo‘tkazgichlardan berkitish qurilmalari yordamida uzib qo‘yish va berkitish qurilmasidan keyin list tiqin o‘rnatish lozim. Agar berkitish qurilmasi sifatida listli zulfin ishlatilsa, tiqin o‘rnatish talab etilmaydi.
455. Uzib qo‘yilgan apparat va gazo‘tkazgich uchastkalari ichidan gazni tozalash uchun ularni inert gaz yoki havo bilan puflash lozim.
456. Zaharli gazlar apparati va gazo‘tkazgichlarining ichki bo‘shlig‘idan ketma-ket ikki marta olingan namunalar tahlilida uglerod oksidi miqdori 20 mg/m³dan ortiq bo‘lmasa, gazo‘tkazgich va apparatlar puflanishini to‘xtatish mumkin.
457. Tabiiy gaz quvurlarini puflash to‘xtatilishi ham xuddi shu usulda metan miqdori tahlil qilib aniqlanadi, u namunada hajm bo‘yicha yoki kislorod miqdorining 1 foizidan ortiq, namunadagi kislorod esa hajm bo‘yicha 19 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Suyultirilgan gaz quvurlarini puflash tugatilishi propan-butan miqdori bo‘yicha aniqlanadi, u hajm bo‘yicha 0,5 foizdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
458. Gazo‘tkazgichlar va apparatlar gaz bilan to‘ldirilayotganda havo to‘liq siqib chiqarilguncha puflanishi lozim. Puflash faqat svechalar orqali amalga oshiriladi.
459. Pech, qozon va boshqa agregatlarning o‘txonasiga gaz-havo aralashmasini kiritib puflash man etiladi.
460. Gazo‘tkazgichni puflashdan oldin zulfinlar zarur holatga keltirilishi, suvli qaytargich (zatvor)larga suv quyish, barcha qopqoqli tuynuklar, darcha va svechalar zich yopilishi lozim, bundan puflash uchun mo‘ljallangan svecha mustasnodir.
461. Gazo‘tkazgichlar uzluksiz va ketma-ket puflanib, asta-sekin iste’molchiga yaqinlashib borish lozim. Puflash jarayonida chiqayotgan gazni yondirish man etiladi. Puflashni tugatish oxirgi (puflash havosi chiqarib yuborilayotgan) svechadan olinadigan namuna tahlil qilinib aniqlanadi. Bunda gazdagi kislorod miqdori ketma-ket ikkita olingan namunalarda 1 foizdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
462. Gazo‘tkazgichni puflash paytida gaz-havo aralashmasi atmosferaga chiqarilayotgan 50 m radiusli joyda barcha turdagi transportlar harakatini to‘xtatish, ochiq olovni qo‘llash va payvand ishlarini, shuningdek, puflash jarayonida qatnashmayotgan odamlarning turishini man etish lozim. Gazo‘tkazgich va alohida apparatlarni puflash paytida gaz chiqariladigan joylar yaqiniga postlar qo‘yilishi lozim.
463. Gaz bosimi ostida bo‘lgan gazo‘tkazgichlarga tiqinlarni o‘rnatish va olish, shuningdek, o‘lchash diafragmalarini almashtirish man etiladi, bundan texnologiya sharoitlariga ko‘ra to‘xtatib bo‘lmaydigan sex va ishlab chiqarishlarning gazo‘tkazgichlari mustasnodir.
464. Ko‘rsatib o‘tilgan sex va ishlab chiqarishlardagi gazo‘tkazgichlarning ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishi va kelishilishi lozim.
465. Ushbu gazo‘tkazgichlarga tiqinlarni o‘rnatish va olish, shuningdek o‘lchash diafragmalarini almashtirish, ularda gazning ortiqcha bosimi 0,5 kPa dan ortiq bo‘lmaganda va quyidagi gazlar uchun ushbu miqdorlardan (kPa) ortiq bo‘lmaganda bajarilishi lozim:
466. Tashkilotlarning gaz xo‘jaligi obyektlaridan (gaz iste’mol qiladigan pech, qozon va boshqa agregatlarning gaz uskunalari, sexlararo va sex gazo‘tkazgichlari, ferroqotishma gazlarini tozalash uskunalari, gaz rostlash punkt va uskunalari, gaz ballonlari va hokazolar) gaz sizib chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
468. Gazo‘tkazgichlarning birikma va armaturalarini, rezbali va flanetsli birikmalarini, choklar va boshqalarni zichligini sovun yoki boshqa ko‘pik hosil qiluvchi eritma bilan tekshirish lozim. Noldan past haroratlarda eritmaga xlorli kalsiy yoki xlorli natriy qo‘shish lozim.
469. Bevosita iste’molchi oldidagi (rostlash qurilmalaridan keyin) eng kam ruxsat berilgan bosim 0,5 kPa dan kam bo‘lmasligi lozim.
470. Gaz bosimi eng kam ruxsat berilgan miqdordan pasayib ketsa, gaz iste’molchilari darhol o‘chirilishi lozim. Iste’molchilarni hatto avtomatik o‘chirish qurilmalari bo‘lishiga qaramay qo‘lda o‘chirish lozim.
471. Ishlab chiqarishlarning gazni iste’mol qilish tartibi tashkilot bo‘yicha tasdiqlangan gaz iste’mol qilish rejasi asosida gaz xo‘jaligi dispetcheri tomonidan belgilanadi.
472. Yoqilg‘i gazlarni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi sexlarning xodimlari gaz ishlab chiqarish va iste’mol qilish tartibining barcha o‘zgarishlari to‘g‘risida gaz xo‘jaligi dispetcheriga darhol xabar qilishlari lozim.
473. Puflash svechalaridan ortiqcha bosimni atmosferaga chiqarish uchun foydalanish man etiladi, bundan avariya holatlari mustasnodir (xavfsizlik choralarini ko‘rish sharti bilan).
474. Gaz quvurlari va apparatlari ichiga odamlar tushib ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish uchun mazkur Qoidalarning 457 — 461-bandlariga muvofiq ularni uzib qo‘yish va gazdan tozalash lozim. Bundan tashqari, gaz quvurlari va apparatlaridagi gaz-havo aralashmasi ish jarayonida yaxshi shamollatilmaydigan joylardan kamida har soatda havo namunasini olish yo‘li bilan uglerod oksidi va portlashga xavfli komponentlar borligi tekshirib turilishi lozim.
475. Gaz o‘tkazgichlarning texnik holati doimiy ravishda nazorat qilinishi lozim. Gaz o‘tkazgichlardan foydalanish, ularni nazorat, reviziya qilish va ta’mirlash “Texnologik quvur o‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) va mazkur Qoidalar hamda boshqa normativ-texnik hujjatlar asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
476. Gaz o‘tkazgichlardan xavfsiz foydalanish ustidan doimiy nazoratni sex gaz o‘tkazgichlaridan bexatar foydalanish uchun javobgar shaxs amalga oshiradi.
477. Gaz o‘tkazgichlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha davriy texnik nazorat yiliga kamida bir marta o‘tkazilishi lozim.
478. Berkitish armaturasi, drosselli klapanlar, kondensat to‘plagich, kompensator va boshqa qurilmalarni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va ishga yaroqligini tekshirish muddatlari gaz uskunalaridan foydalanish bo‘yicha tayyorlovchi-tashkilot talablari hisobga olinib tegishli grafiklarda belgilab qo‘yiladi.
479. Berkitish armaturasining sozligi har uch oyda kamida bir marta, kompensatorlarniki esa bir oyda bir marta tekshirilishi lozim.
480. Gazo‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va qurilmalarning ishga yaroqligini tekshirish natijalari foydalanish jurnalida qayd etilishi, aniqlangan nuqsonlar esa xavfsizlik choralari ko‘rilib bartaraf etilishi lozim.
481. Tashkilotda gaz o‘tkazgichlarni bexatar ishlatish va texnik holati uchun javobgar shaxslar ishtirokida gaz quvurlarini reviziya qilish tashkil etiladi.
483. Reviziya o‘tkazish davriyligi gaz quvurlarining xizmat qilish muddati, kimyoviy yemirilish tezligi, foydalanish tajribasi, avvalgi tashqi ko‘rik va reviziyalar natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
484. Odatda, reviziya asosiy gaz agregatlarining rejali-oldini olish ta’mirlanishi o‘tkazilayotgan paytda bajariladi.
485. Gazo‘tkazgichlarning puxtaligi mazkur Qoidalar talablariga asosan mustahkamlik va zichlikka davriy sinash yo‘li bilan tekshiriladi. Sinovlar gazo‘tkazgichlarini reviziya qilish davrida tashkilot ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin 8 yilda kamida bir marta o‘tkazilishi lozim.
486. Ortiqcha bosim ostida ishlayotgan gaz quvurlarida gaz bosimi keskin pasayganda, iste’molchilarga xabar berilmaguncha va ular uzib qo‘yilmaguncha gazning ortiqcha bosimini saqlab turish choralari ko‘rilishi lozim. Bunda sexlararo gazo‘tkazgichlardan biridagi ortiqcha gaz bosimini boshqa gazo‘tkazgichdan gaz yuborib saqlab turish lozim.
487. Sexlararo gazo‘tkazgichlarda ortiqcha gaz bosimini qisqa muddatga saqlab turish uchun ularga mazkur Qoidalar talablariga rioya etgan holda bug‘ yuborishga yo‘l qo‘yiladi.
488. Bug‘latish, puflash va qizdirish uchun gaz o‘tkazgichga bug‘ asta-sekin tashkilot yo‘riqnomasiga muvofiq yuborilishi lozim. Gaz haroratining ko‘tarilishi 1 soatda 15 ˚S dan oshmasligi lozim. Gaz o‘tkazgichlardagi gaz haroratini 65 ˚S dan oshirish man etiladi.
489. Agar gazo‘tkazgichning biror-bir uchastkasida gaz bosimi nolgacha tushgan bo‘lsa, uni ishga tushirishdan avval ushbu uchastkadan tashqari gaz yo‘nalishi bo‘yicha keyingi barcha gazo‘tkazgichlar, shu jumladan, sex gaz quvurlari va iste’molchilarga boradigan quvurlar ham gaz bilan puflanishi lozim.
491. Gaz o‘tkazgichlarda naftalin cho‘kishi va muz hosil bo‘lishi ustidan bosim tafovutlarini davriy ravishda o‘lchash yo‘li bilan puxta nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Gaz o‘tkazgichlardagi muz tiqinlari va naftalin cho‘kindilarini, odatda, bug‘ bilan qizdirib, mazkur Qoidalar talablariga rioya qilib tozalash lozim.
492. Foydalanishdagi gazo‘tkazgichlarni nivelirlash 5 yilda bir marta, yangidan qurilayotganlar esa –– qurilish tugagandan so‘ng ikki yil davomida har yilda o‘tkazilishi lozim. Nivelirlash natijalarini loyiha ma’lumotlari va oldingi nivelirlash natijalari bilan solishtirish lozim.
493. Tayanchlarga yuklamalarning xavfli qayta taqsimlanishini yuzaga keltiradigan va kondensat yig‘ish sxemasini buzadigan loyihadan chetga chiqishlar darhol bartaraf etilishi lozim.
494. Agar gazo‘tkazgichlarning tayanchlari poydevori yaqinida chuqurlik yoki xandaq qaziladigan ishlar bajarilgan bo‘lsa, ushbu uchastkalardagi gazo‘tkazgichlarni yangi qurilganday nivelirlashdan o‘tkazish lozim.
495. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlarni ishga tushirishdan avval o‘txona va tutun yo‘llarini shamollatish zarur, buning uchun yondirgichlarga havo uzatuvchi shamollatgich yoki tutun so‘rgichdan, agar ular bo‘lmasa dudbo‘ronning tortish kuchidan foydalanish lozim.
496. Gaz iste’mol qiluvchi agregat yoqilguncha agregat kollektori oldidagi gazo‘tkazgichni oxirgi svecha orqali gaz bilan puflash lozim. Agregat gazo‘tkazgichi va kollektorlarini yondirgichlarga o‘rnatilgan zulfinlar yopiq bo‘lganda puflash lozim.
497. Yondirgichlarni bevosita yoqishdan avval gaz iste’mol qiluvchi agregat oldidagi gazo‘tkazgichda yetarli darajada gaz bosimi borligi, puflash qurilmalaridan havo uzatilganda esa havo bosimi ham mavjudligi tekshirilishi lozim. Bundan tashqari, o‘txonada yoki tutun yo‘lida (rostlash klapanigacha) siyraklashuv mavjudligini tekshirish va zarur hollarda tortish kuchini rostlash lozim.
498. Yondirgich oldidagi gazo‘tkazgichning berkitish qurilmasini faqat yondirgichga pilik, alanga yoki gaz yoquvchi boshqa vositani yaqinlashtirgandan keyin ochishga ruxsat etiladi.
499. Agar qizdirilgan zona devorlarining harorati 800 ˚S dan ortiq bo‘lsa, yondirgichga pilik, alanga yoki gaz yoquvchi boshqa vositani yaqinlashtirmasdan (qozonlardan tashqari) gaz uzatishga yo‘l qo‘yiladi.
500. Yondirgichlarni yoqish chog‘ida o‘txonaga gazni to‘liq yonishini va alanganing yondirgichdan uzilmasligini ta’minlaydigan minimal miqdorda havo berish lozim. Tortish kuchi cheklangan bo‘lishi lozim. Yondirgichlarni yoqish paytida quyidagi tartibga rioya qilish lozim:
a) puflash yondirgichlarining havo quvurlaridagi drosselli rostlash klapanlarini qisman yopish, injeksiyali yondirgichlarning rostlash shaybalarini esa berkitib qo‘yish;
b) puflash yondirgichlarining gazo‘tkazgichidagi tezkor uzuvchi klapanni ochish va ochiq holatini saqlab qo‘yish. Gaz yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi yondirgichning zulfin yoki jo‘mragini ochish va pilik (mash’al)dagi ochiq olovga ohistalik bilan gaz yuborish. Shundan so‘ng qolgan yondirgichlardagi zulfinlarni ketma-ket ochish;
v) yondirgichlar barqaror ishlay boshlagandan keyin gazo‘tkazgichdagi tezkor uzuvchi klapanni ishga tushirish lozim;
g) agar birinchi yondirgich orqali gaz yuborilganda yonmasa yoki yonib rostlash paytida o‘chib qolsa, gaz yuborishni to‘xtatish, o‘txona va tutun yo‘llarini shamollatish, gaz hamda havo bosimini tekshirish lozim va kam-ko‘stlar bartaraf etilgandan so‘ng qayta yoqishga kirishish mumkin;
d) yondirgichlarni yoqish va rostlash paytida gaz va havo asta-sekin va faqat bosim barqarorlashganda uzatilishi lozim;
e) yondirgichga yoqilg‘i yuklamasini oshirganda avval gaz, keyin havo uzatilishi oshirilishi; yuklama pasaytirilganda esa avval havo, keyin gaz kamaytirilishi lozim. Yoqilg‘ining tartibli sarfini o‘txona yoki ish bo‘shlig‘ining qizib borishiga qarab o‘rnatish lozim.
501. Agar agregatlar har xil yoqilg‘ilarda ishlasa va umumiy tutun yo‘liga ega bo‘lsa, gazda ishlovchi agregatni, odatda, boshqa yoqilg‘i turlarida ishlaydigan agregatlar o‘chiq bo‘lganda yoqish lozim.
502. Ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha to‘xtatib bo‘lmaydigan boshqa yoqilg‘i turlaridagi agregatlar ishlab turgan bo‘lsa, gaz agregatlarni faqat texnologik yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilib yoqish lozim.
503. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlar ta’mirlanayotgan yoki uzoq muddatga (to‘xtash muddati har bir muayyan holatda tashkilot yo‘riqnomasi bilan belgilanadi) to‘xtatilgan bo‘lsa, ularning gazo‘tkazgichlari ishlab turgan gazo‘tkazgichlardan berkitish qurilmalari va listli zulfinlar yordamida yoki ulardan keyin tiqinlar qo‘yib uzib qo‘yilishi lozim.
505. Uzoq muddatga to‘xtagan yoki ichida ta’mirlash o‘tkazish uchun to‘xtagan agregatni qayta ishga tushirish uchun gazo‘tkazgich, tutun yo‘llari va nazorat-o‘lchov asboblari tekshirilgan bo‘lishi lozim.
506. Ishga tushirilgan gaz iste’mol qiluvchi agregatlarni qarovsiz qoldirish man etiladi, bundan dispetcher punktidan nazorat qilinadigan uskunalar mustasno bo‘lib, bunda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
a) uskuna alohida ajratilgan, himoyaviy signalizatsiya va portlamaydigan qilib yasalgan nazorat yoritgichi bilan jihozlangan binoda joylashgan bo‘lishi lozim;
b) qozonlar amaldagi Bug‘ va suv isitish qozonlarini tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari talablariga muvofiq avtomatik xavfsizlik, avtomatik nazorat va rostlash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
507. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlar tutun yo‘llarining holati ularning har bir navbatdagi rejali-oldini olish ta’mirlanishida yoki tortish rejimi buzilganda tekshirilishi lozim.
508. Gaz iste’mol qiluvchi agregatlar nosoz yoki rostlanadigan parametrlarni nazorat qilish asboblari buzuq bo‘lsa va tortish kuchi bo‘lmasa ularni ishlatish man etiladi.
509. Agregatlar o‘txonasiga xodimlar kirib texnik ko‘rik va ta’mirlash o‘tkazishi uchun barcha agregatlarni gazo‘tkazgichlar va umumiy tutun yo‘llaridan uzish, shamollatish hamda zararli moddalar mavjudligiga havo tarkibini tekshirish zarur. O‘txonadagi barcha eshikchalar va tuynuklarni ochib qo‘yish lozim. Zarur hollarda o‘txonalarga toza havo yuborish kerak. Ushbu ishlar bajarilayotganda keltirilgan xavfsizlik talablariga rioya qilish lozim.
510. Gaz bilan kesish, payvandlash va metallarga gaz alangasida ishlov berish bo‘yicha boshqa ishlar, shuningdek, boshqa manbalardan ochiq olovni qo‘llashga quyidagi minimal masofalardagi joylarda (gorizontal bo‘yicha) ruxsat etiladi:
v) yonuvchan gazlarning quvurlarigacha, shuningdek, gaz tarqatish postlarigacha: qo‘lda ishlaganda –– 3 m, mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishda –– 1,5 m.
511. Alohida ballonlardan ta’minlanadigan ko‘chma gaz tarqatish postlari ishlayotganda maxsus konstruksiyali bitta aravachaga yonuvchan gazli ballon bilan kislorodli ballonni o‘rnatishga ruxsat etiladi. Ballonlar o‘zaro urilib ketmasligi yoki yiqilmasligi uchun mahkamlangan bo‘lishi lozim.
512. Suyultirilgan gazli ballonlar ish paytida tik holatda bo‘lishi, siqilgan gazli ballonlarni, ventilini yuqoriga yo‘naltirib, qiya holatda o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
514. Xonalarga o‘rnatiladigan ballonlar isitish radiatorlari va boshqa isitish asboblaridan kamida 1 m, ochiq olovli isitish manbalaridan esa kamida 5 m uzoqda bo‘lishi lozim.
515. Suyultirilgan yoki siqilgan gazli ballonlarning tik quyosh nurlari yoki boshqa isitish manbalari ta’sirida qizishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
516. Ko‘chma yondirgich va ko‘chma agregatlarni gazo‘tkazgichlarga (shu jumladan, suyultirilgan gazning) rezina-matoli yengliklar yordamida ulash mumkin. Bu yengliklar GOST 9356 bo‘yicha 0,63 MPa ga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
517. Englik uzunligi 30 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. U uchta alohida bo‘laklardan ko‘p bo‘lmasligi, bo‘laklar o‘zaro ikki yoqlama maxsus nippellar yordamida ulanishi lozim.
518. Englik uchlari gazo‘tkazgich va yondirgichga belbog‘ (xomut) yordamida puxta mahkamlangan bo‘lishi lozim. Uzuvchi jo‘mrak (yondirgich yoki ko‘chma agregatga o‘rnatilgan jo‘mrakdan tashqari) yenglikkacha o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
519. Suyultirilgan gazlar qo‘llaniladigan gaz bilan payvandlash, kesish va metallarga gaz alangasida ishlov berishning boshqa turlarini tsokol xonalar va yerto‘lalarda, shuningdek, quduq, shaxta va boshqa yerosti inshootlarida bajarish man etiladi.
520. Ko‘chma ish posti suyultirilgan gaz bilan ballon orqali ta’minlanganda undagi ish bosimi talab darajasidan tushib ketsa, ballondan gaz olish man etiladi.
521. Barcha gaz tarqatish postlariga boriladigan yo‘laklar erkin bo‘lishi lozim. Ballonlarni o‘tish yo‘lak va yo‘llariga qo‘yish man etiladi.
522. Yondirgich, keskich va boshqa apparaturalarni ish o‘rnida gaz payvandchi va kesuvchilar tomonidan ta’mirlash man etiladi.
523. Dastaki yondirgich yoki keskichni yoqish paytida avval kislorod ventili bir oz ochilishi, keyin yonuvchan gaz ventili ochilishi va havoni chiqarib yuborish uchun yenglik qisqa muddatga puflangandan so‘ng gazlarning yonuvchan aralashmasi yoqilishi lozim.
524. Ish paytida yondirgich (keskich) alangasi gaz ta’minoti manbasidan teskari tarafga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Agar buning imkoni bo‘lmasa, gaz ta’minoti manbasini metall qalqon yoki materiali yonmaydigan parda bilan to‘sish lozim.
525. Yonuvchan gazlarning yengliklarini kislorod bilan va kislorod yengliklarini esa yonuvchan gaz bilan puflash, shuningdek ish paytida yengliklarni o‘zaro almashtirish man etiladi.
526. A toifa binolarda gazo‘tkazgichlarning flanetsli va rezbali birikmalari, armatura va asboblar zichligini sovun ko‘pigi bilan tashkilot yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta tekshirish lozim.
527. A toifa binolarning har bir eshigida bino toifasi va portlash xavfi bo‘lgan zonaning sinfi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu binolarning ko‘rinarli joylarida avariyalarni bartaraf etish rejasi va birinchi zaruriyatdagi telefonlar ro‘yxati osig‘liq bo‘lishi lozim.
528. A toifa binolarda elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha ishlar elektr tarmog‘i uzilgandan so‘ng bajarilishi lozim. Zarur bo‘lsa, portlamaydigan qilib yasalgan akkumulyatorli ko‘chma yoritkichlardan foydalanish lozim.
529. A toifa binolarda artish va moylash materiallarini sutkalik ehtiyojdan ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda, zich yopiladigan metall javon yoki qutilarda saqlash lozim.
531. Tashqi uskunalar yaqinida, shuningdek, A toifa binolar yaqinida va ichida chekish va ochiq olovdan foydalanish man etiladi, bu haqda ko‘rinarli joylarga xavfsizlik belgilari qo‘yilishi lozim.
533. GRP binolarida ish bajarayotganda asosiy va ehtiyot (u mavjud bo‘lsa) chiqish eshiklarining qulfi ochib qo‘yilishi lozim.
534. GRP va GRU uskunalariga xizmat ko‘rsatish grafiklarda ko‘zda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Bunda yiliga kamida bir marta, agar tayyorlovchi-tashkilot pasportida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bosim rostlagichi, saqlovchi klapan va filtrlarni qismlarga ajratib uskuna joriy ta’mirdan o‘tkazilishi lozim.
535. Saqlovchi berkitish va chiqarish klapanlarining sozlanganligini va ishlab ketishini ikki oyda kamida bir marta, shuningdek, ularni reviziya va ta’mirlashdan keyin tekshirish lozim. GRP (GRU) larda saqlovchi berkitish klapanlari mavjud bo‘lsa, ularning ishlab ketishi hisoblangandan 15 foiz ortiq bosim bilan sozlanishi lozim. Saqlovchi chiqarish klapanlari bosim 5 foizga ko‘tarilganda ochila boshlashga va bosim 15 foizga ko‘tarilganda to‘liq ochilishga sozlangan bo‘lishi lozim.
536. Uskunani reviziya qilish yoki ta’mirlash paytida iste’molchilarga gazni GRP va GRU larning aylanma liniyasi (baypas) orqali berish uchun GRP da yoki GRU yonida ulardan chiqayotgan gaz bosimini rostlaydigan navbatchi bo‘lish lozim.
537. Bunda manometrlar baypasdagi rostlash zulfinidan oldin va keyin o‘rnatilgan hamda xizmat ko‘rsatish xodimlariga yaqqol ko‘rinadigan bo‘lishi lozim.
538. Saqlovchi chiqarish klapani yoki manometr ta’mirlash uchun echib olinganda, ularning o‘rniga sinalgan klapan yoki manometr o‘rnatilishi lozim. Ushbu jihozlarsiz GRP va GRU larni ishlatish man etiladi.
539. GRP va GRU lardan chiqayotgan gazning bosimi iste’molchilarning gaz quvurlariga o‘rnatilgan bosim rejimiga muvofiq rostlanishi lozim.
540. GRP va GRU dan chiqishdagi gaz bosimining o‘zgarib turishi belgilangan ish bosimidan 10 foiz ortiq bo‘lmasligi lozim.
541. GRP yoki GRU ga o‘rnatilgan filtrlarni tozalash uchun ochishdan avval ularni zulfinlar vositasida uzib qo‘yish va tiqinlar o‘rnatish lozim.
543. Filtrlovchi nasadka (kasseta) chiqarib olingandan keyin filtr korpusi puxtalik bilan tozalanishi lozim. Kassetani qismlarga ajratish va tozalash GRP binosidan tashqarida bajarilishi lozim.
544. GRP va GRU uskunalariga xizmat ko‘rsatish (sozlash, ta’mirlash, tozalash va h.) va ularni normal ishlashida yuz bergan chetga chiqishlarni bartaraf qilish ishlari to‘g‘risida foydalanish jurnaliga yozish lozim. GRP va GRU uskunalarining detal va uzellarini almashtirish bilan bog‘liq ta’mirlash (reviziya) ishlari ularning pasportiga yozilishi lozim.
a) foydalanish xavfsizligi va puxtaligini ta’minlash uchun yo‘riqnomada belgilangan muddatlarda texnik holatni ko‘rik (obxod)dan o‘tkazish;
b) saqlovchi berkitish va chiqarish klapanlarining ishlab ketish parametrlarini 2 oyda kamida bir marta, shuningdek, uskunani ta’mirlash tugagandan so‘ng tekshirish;
g) joriy ta’mirlash –– yiliga kamida bir marta, agar gaz uskunasini tayyorlovchi-tashkilot boshqa ta’mirlash muddatlarini belgilamagan bo‘lsa;
d) kapital ta’mirlash –– ko‘rik va joriy ta’mirlash natijalari bo‘yicha tuzilgan nuqsonlar qaydnomasi (defekt vedomosti) asosida uskuna, o‘lchov vositalari almashtirilganda, isitish, shamollatish, yoritish tizimlari, bino konstruksiyasi ta’mirlanganda.
546. GRP va GRU xonalarining eshiklari xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lmagan paytda qulflab qo‘yilishi yoki himoya signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. GRP binosining tashqi tarafida yoki GRU ning devorida ko‘rinarli joyga “Gaz. Yong‘inga xavfli” degan ogohlantirish yozuvi qilinishi lozim.
547. Gaz tozalash va GSS uskunalari ta’mirlash uchun va avariya holatlarida to‘xtagan paytda apparat va uskunalarni gaz kelish manbasi tarafdan tiqinlar o‘rnatilib uzib qo‘yish lozim.
548. Elektr energiyasi uzilganda yoki GSS ga o‘rnatilgan gazpuflagichlarning birortasi avariyaviy to‘xtaganda shu gazpuflagichdagi haydash quvurchasida tezkor uzuvchi klapan avtomatik tarzda yopilishi zarur. Bundan tashqari, haydash gazo‘tkazgichidan gaz tozalash trakti va so‘ngra elektrpechga gaz bormasligi uchun klapandan keyin o‘rnatilgan, elektrlashtirilgan zulfin ham avtomatik yopilishi lozim.
549. Gazo‘tkazgich va gaz tozalash apparatlarini gaz bilan puflash va to‘ldirish paytida portlovchi aralashma hosil bo‘lmasligi uchun dastlab bug‘ (inert gaz) yordamida havo to‘liq siqib chiqarilgandan keyingina gaz berilishi lozim.
550. Ta’mirlash yoki uzoq muddatga to‘xtash vaqtida gaz trakti havo bilan to‘ldirilganda gaz oldin bug‘ yoki inert gaz yordamida siqib chiqarilishi lozim. Gaz traktini havo bilan to‘ldirish tugagani mazkur Qoidalarning 459 — 461-bandlari talablariga muvofiq belgilanadi.
551. Gazo‘tkazgichlar gaz bilan to‘ldirilayotgan paytda gaz aralashmasidagi kislorod miqdori muntazam ravishda nazorat qilinishi lozim.
552. Havo so‘rilmasligi uchun elektrpechni ishga tushirishdan va gaz berishdan avval gaz trakti va puflash svechalaridagi berkitish qurilmalarining vaziyatini, shuningdek, gaz tozalash apparatlarining qopqoqli tuynuk va darchalari germetikligini puxtalik bilan tekshirib chiqish lozim.
553. Gaz tarkibida kislorod va vodorod miqdori texnologik yo‘riqnomalarda belgilab qo‘yilgan chegaralargacha ko‘tarilganda, ogohlantirish signalizatsiyasi ishlab ketishi lozim.
554. Pech o‘chirilganda va ferroqotishma gazi tarkibida kislorod va vodorod miqdori belgilangan chegaradan ortiq ko‘tarilib ketganda, quyidagi avtomatik xavfsizlik tizimlari ishlab ketishi lozim:
556. Yonuvchan gazlarni chiqarish paytida GChQ ning xizmat ko‘rsatish maydonchasi va zinapoyalarida odamlar bo‘lmasligi lozim. Gaz chiqarish klapanlari yaqinidagi maydonchalardan turib GChQ larga me’yoriy xizmat ko‘rsatish uchun avtomatika o‘chirilishi, gaz chiqarish klapanlari to‘liq yopilishi va klapanlardan keyin joylashgan quvur ustunlarga inert gaz yoki bug‘ berilishi lozim.
558. GChQ larga barcha xizmat ko‘rsatish ishlari gazga xavfli hisoblanadi va mazkur Qoidalarning “Gazga xavfli ishlar bexatar bajarilishini tashkil etish” bo‘limi talablariga rioya etib bajarilishi lozim.
559. Nazorat-o‘lchash asboblari foydalanish jarayonida yiliga kamida bir marta qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim. Bundan tashqari, ishchi manometrlar qo‘shimcha tarzda nazorat manometri yordamida 6 oyda kamida bir marta tekshirilishi va tekshirish natijalari tegishlicha qayd etilishi lozim. Nazorat manometrlari bo‘lmasa, qiyoslashni boshqa tekshirilgan manometr yordamida o‘tkazish mumkin.
561. Suyuqlikli manometrlardan davriy o‘lchashlar uchun foydalanishga faqat gaz bosimi 0,03 MPa gacha bo‘lganda ruxsat etiladi.
562. Gazning impuls o‘tkazgichlarini puflash uchun asbob va datchiklar uzib qo‘yilib bug‘, siqilgan havo yoki gaz yordamida amalga oshiriladi. Bug‘ bilan puflash asbobdan gazo‘tkazgichga qarab bajariladi. Siqilgan havo bilan puflash gazo‘tkazgich tarafga qarab amalga oshirilishi, bu paytda gazo‘tkazgichdan impuls o‘tkazgichi uzib qo‘yilishi va havo atmosferaga chiqarib yuborilishi lozim. Gaz bilan puflash impuls o‘tkazgichni egiluvchan shlang vositasida svechaga ulab asbob turgan tarafga qarab amalga oshiriladi.
563. Radioaktiv izotopli asboblardan foydalanilsa, “Radiatsiya xavfsizligi qoidalari va sanitariya me’yorlari” SanQvaM 0193-06 va “Radioizotopli asboblarni o‘rnatish va ulardan foydalanishdagi sanitariya qoidalari” SanQvaM 0252-08 talablariga muvofiq ushbu asboblarni xavfsiz ishlatish usullari to‘g‘risida yo‘riqnoma bo‘lishi lozim.
564. Ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan barcha o‘lchash vositalari tegishli normativ hujjatlarida belgilangan tartibda ta’mirlashdan va davlat qiyoslovidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim..
565. Metallurgiya korxona va ishlab chiqarishlarining gaz xo‘jaligida xavfli ishlarga tayyorgarlik va ularni bexatar olib borish tartibi keltirilgan.
Mazkur Qoidalar “O‘zmetkombinat” ochiq aksionerlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zstandart” agentligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Berkitish armaturasi materialini tanlash paytida gaz bosimi va harorat bo‘yicha foydalanish sharoitlari quyidagi ma’lumotlar asosida hisobga olinishi lozim.
Material | Gaz bosimi, MPa | Harorat, °S |
Kulrang cho‘yan | 0,6 gacha | -35 dan past emas +150 dan ortiq emas |
Bolg‘alanuvchan cho‘yan | 1,6 gacha | -35 dan past emas +150 dan ortiq emas |
Uglerodli po‘lat | 1,6 gacha | -40 dan past emas |
Legirlangan po‘lat | 1,6 gacha | -40 dan past emas |
Bronza (jez) | 1,6 gacha | -35 dan past emas |
Kuchlanish, kV | 1 dan | 35 dan | 150 | 250 | |
1 gacha | 2 gacha | 110 gacha | |||
Quvur o‘tkazgich ustidagi masofa | 1,0 | 3,0 | 4,0 | 4,5 | 5,0 |
1. Kislorod o‘tkazgichlargacha bo‘lgan masofa quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan miqdorlardan kam olinmasligi lozim:
Kislorod o‘tkazgichning tavsifi | Quyidagi shartli diametrli gazo‘tkazgichgacha bo‘lgan minimal | |
500 gacha | 500 dan katta | |
Kislorod bosimi 1,6 MPa gacha: | ||
diametri 200 mm gacha | 400 | 500 |
200 dan 500 mm gacha | 500 | 600 |
500 mm dan ko‘p | 600 | 800 |
Kislorod bosimi 1,6 dan 4,0 MPa gacha: | ||
diametri 200 mm gacha | 1000 | 1000 |
200 mm dan yuqori | 2000 | 2000 |
2. Gazo‘tkazgichlar kislorodo‘tkazgichlar bilan birgalikda yotqizilganda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) sexlararo gazo‘tkazgichlarning estakadalarida (alohida sexlarga o‘tkazilgan tarmoqlardan tashqari) kislorod bosimi 1,6 MPa gacha bo‘lgan ikkitadan ko‘p kislorod o‘tkazgichni yotqizish mumkin emas;
b) cheklangan sharoitlar uchun sexlararo gazo‘tkazgichlar estakadalarida diametri 100 mm gacha va bosimi 1,6 MPa gacha bo‘lgan uchinchi kislorod o‘tkazgichni birgalikda yotqizishga yo‘l qo‘yiladi;
v) kislorodning bosimi 1,6 dan 4,0 MPa gacha bo‘lsa, sexlararo gazo‘tkazgichlar bilan birgalikda yotqizilgan kislorodo‘tkazgichning diametri 200 mm dan oshmasligi lozim;
g) soni ko‘p bo‘lgan kislorodo‘tkazgichlarni yotqizish zarur bo‘lganda, ularni alohida trassada yotqizish lozim. Trassalar parallel bo‘lganda alohida trassadagi eng chekka gazo‘tkazgichlar bilan alohida trassada joylashgan eng chekka kislorodo‘tkazgichlar orasidagi ochiq masofa 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
d) kislorodo‘tkazgichlar sexlararo gazo‘tkazgichlar bilan kesishganda yoki muayyan joyda yaqinlashganda ushbu ilovaning 1-bandida ko‘rsatilgan masofalarni zarur bo‘lsa ikki martadan ortiq kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda eng kichik masofa barcha holatlar uchun 300 mm dan kam bo‘lmasligi lozim;
e) gazo‘tkazgichlar kislorodo‘tkazgichlar bilan birgalikda yotqizilganda ularning armatura va flanets birikmalari bir-biriga nisbatan 1 m dan kam bo‘lmagan masofaga uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim.
3. Gazo‘tkazgichlar boshqa quvurlar birgalikda yotqizilganda mazkur Qoidalarning 81-bandi hamda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) foydalanilayotgan gazo‘tkazgichlar bilan birgalikda qo‘shimcha quvurlar yotqizishga faqat bosh loyiha tashkiloti va tashkilot rahbariyati ruxsati bo‘lishi lozim;
b) mavjud gazo‘tkazgichlar bo‘ylab yo‘ldosh quvur yotqizilgan har bir alohida holat uchun qo‘shimcha yuklanma va gazo‘tkazgich metall konstruksiyasining haqiqiy holati hisobga olinib gazo‘tkazgich va tayanch konstruksiyalarining mustahkamligi va barqarorligi bo‘yicha tekshirish hisob-kitobi qilinishi lozim;
v) gazo‘tkazgich kimyoviy yemirilishga faol suyuqliklarning quvuro‘tkazichlari bilan birgalikda yotqizilganda ular pastda yoki gazo‘tkazgichning yon tomonidan kamida 500 mm masofada joylashgan bo‘lishi lozim.
Kimyoviy yemirilishga faol suyuqliklarning quvuro‘tkazichlarida flanetsli birikmalar bo‘lsa, gazo‘tkazgichlar va ularning tayanch konstruksiyalariga ushbu suyuqlik tushmasligi uchun muhofaza soyaboni o‘rnatilishi lozim. Kimyoviy yemirilishga faol suyuqlikli quvuro‘tkazichlarning flanetsli birikma va berkitish armaturalarini ustunlar yaqinida, zinapoya va mayonchalar ustida joylashtirmaslik lozim;
g) gazo‘tkazgichlarning tuynuk, svecha va boshqa elementlari o‘rnatilgan joylarda yo‘ldosh quvuro‘tkazgichlar ulardan kamida 800 mm dan masofada joylashtirilishi lozim;
d) yo‘ldosh quvuro‘tkazichlarning drenajlari gazo‘tkazgichlar, tayanch konstruksiyalar va ularning elementlariga, armatura va kondensat to‘plagichga drenaj mahsulotlari tushmaydigan masofaga uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim;
e) yo‘ldosh quvuro‘tkazgichlarga nisbatan har bir gazo‘tkazgichning bitta tomoni yaqinlashish uchun bemalol bo‘lishi lozim;
j) xodimlar uchun to‘siqli o‘tish joyi bo‘lgan gazo‘tkazgichlarda yo‘ldosh quvuro‘tkazgichlar shu joydan tashqarida o‘tkazilishi lozim.
4. Gazo‘tkazgich bo‘ylab kuchlanishi 380 V gacha bo‘lgan va gaz xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan (dispetcherlashtirish, signalizatsiya, yoritish va gazo‘tkazgichlar zulfinlarining elektryuritmalarini ta’minlash kabellari) elektro‘tkazgich po‘lat quvurlar ichida yoki bronlangan kabellar ko‘rinishida o‘tkazilishi lozim.
5. Yonuvchan gaz quvurlarini kabel galereya (estakada)lari bilan birgalikda umumiy qurilish konstruksiyalarida yotqizish uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
a) kuchlanishi 10 kV gacha, bronlangan yoki bronlanmagan, jami 30 tadan ko‘p bo‘lmagan kabellar yotqizilishi mumkin;
b) kabellar galereya (estakada)si gazo‘tkazgichlardan pastda joylashgan bo‘lishi lozim. Galereya konstruksiyasi yoki estakadadagi eng chekka kabel bilan gazo‘tkazgichlar orasidagi ochiq masofa 1m dan kam bo‘lmasligi lozim. Kabellarga xizmat ko‘rsatish uchun alohida zinapoya va maydonchalar hamda yong‘in o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim;
v) kabel muftalarini quvuro‘tkazgich armaturalari, tuynuklar va salnikli kompensatorlar o‘rnatilgan joydan kamida 3 m masofada joylashtirish lozim;
g) gazo‘tkazgich va kabel galereyalarining yuk ko‘taruvchi asosiy qurilish konstruksiyalari olovbardoshlik darajasi 0,75 soatdan kam bo‘lmagan temirbeton yoki olovbardoshlik darajasi 0,25 soatdan kam bo‘lmagan po‘latdan yasalishi lozim;
6. Kabellar galereya (estakada)si yonuvchan gazlar (ularning havoga bo‘lgan nisbiy zichligidan qat’i nazar) quvuro‘tkazgichlarining estakadalari ustidan yoki ostidan kesib o‘tishi uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
a) gazo‘tkazgichlar bilan galereya (estakada)ning to‘siqlari orasidagi ochiq masofa galereya (estakada) gazo‘tkazgichlar ostidan o‘tganda 0,5 m dan, galereya (estakada) gazo‘tkazgichlar ustidan o‘tganda esa 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim;
b) gazo‘tkazgichlar estakadalari bilan kabel galereyalari kesishgan uchastkada kabel muftalari gazo‘tkazichlardan kamida 3 m uzoqlikda joylashgan bo‘lishi lozim;
v) kabel galereya (estakada)si va gazo‘tkazgichlar uchun ular kesishgan joyda umumiy tayanch qurish mumkin emas.
Kislorod bosimi 1,6 MPa va diametri 50 mm gacha bo‘lganda | Kislorod o‘tkazgichning to‘rt tashqi diametri |
Xuddi shunday, diametr 50 dan 250 mm gacha bo‘lganda | 250 |
Xuddi shunday, diametr 250 mm dan katta bo‘lganda | 300 |
Kislorod bosimi 1,6 do 4,0 MPa bo‘lganda (diametrga bog‘liqmas) | 350 |
1. A toifali binolar alohida yoki sex binolariga taqab qilib qurilgan bo‘lishi lozim. G va D toifali binolar ichida joylashgan A toifa xonalarning tuzilishi amaldagi texnologik loyihalash me’yorlari, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan bino va inshootlar toifasini aniqlash talablariga javob berishi lozim.
2. A toifali alohida va taqab qurilgan binolardan boshqa binolargacha bo‘lgan, bevosita A toifali binolarning tashqi devoridan o‘lchanadigan, masofa (ishlatilayotgan gazlarning bosimidan qat’i nazar) quyidagi o‘lchamlar (m)dan kam bo‘lmasligi lozim:
A, B, V toifali olovbardoshligi 1- va 2- darajali va G va D toifali 3- olovbardoshlik darajadagi bino va inshootlargacha | 9 |
G va D toifali olovbardoshlik darajasi 4 va 5 bino va inshootlargacha | 12 |
Temir yo‘llarning eng yaqin relsigacha | 10 |
Qizib turgan yuk tashiladigan temir yo‘llarning eng yaqin relsigacha | 15 |
Avtomobil yo‘llarining qatnov qismini chekasigacha | 5 |
Yopiq va ochiq elektr va transformator nimstansiyalar, taqsimlash qurilmalarigacha — EUO‘Q talablariga muvofiq | |
Ochiq olov mavjud, cho‘yan va shlak to‘kiladigan joylargacha | 25 |
Havo EUL trassasining o‘qigacha—kamida 1,5 ustun balandligida | |
Mazkur obyektga aloqador bo‘lmagan, bosimi 0,6 MPa va undan kam bo‘lgan yer usti gazo‘tkazgichlargacha | 5 |
Mazkur obyektga aloqador bo‘lmagan, bosimi 0,6 dan 1,2 MPa gacha bo‘lgan yer usti gazo‘tkazgichlargacha | 10 |
Mazkur obyektga aloqador bo‘lmagan boshqa quvuro‘tkazgichlargacha | 5 |
A toifali binolarning poydevor kesimi va tashqi qurilmalaridan: | |
erosti suv quvurlari va bosimli kanalizatsiyalargacha | 5 |
o‘zi oqar kanalizatsiyagacha | 3 |
issiqo‘tkazgichlar kanalining tashqi devorigacha | 2 |
elektr kuch va aloqa kabellarigacha | 0,6 |
3. A toifali xonalarni yonuvchan gazlar ishlatilmaydigan olovbardoshligi 1- va 2- darajali G va D toifadagi binolar yoniga, shuningdek, A toifadagi binolar yoniga qurishga ularda faqat yonuvchan gazlar ishlatilsa yo‘l qo‘yiladi.
4. A toifali xonalarni boshqa toifali binolarga taqab qurishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
a) olovbardoshligi 1- va 2-darajali binolarning olovbardoshlik chegarasi 0,75 soatdan kam bo‘lmagan, yong‘inga qarshi gaz o‘tkazmas yaxlit devorlari tomonidan qurilishi;
b) taqab qurilayotgan xonalar to‘kilmaydigan qoplamali bo‘lishi, bunda derazalar yuzasi qurilayotgan xonaning 1 m3 hajmiga 0,05 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim;
v) taqab qurilgan xonani boshqa binolardan ajratadigan devorga dahliz-shlyuz bilan jihozlangan eshik oraliqlarini o‘rnatish mumkin;
g) taqab qurilgan inshootlarning yon devorlaridan asosiy binoning deraza va eshik romlarigacha bo‘lgan gorizontal masofa 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
5. A toifali binolarga ularga qarashli elektr nimstansiyalarni taqab qurishda EUO‘Q talablariga rioya qilish lozim.
6. Gaz xo‘jaligining A toifali binolari chordoqsiz va olovbardoshligi 1- va 2-darajali bo‘lishi lozim.
Havoga nisbatan zichligi 0,8 dan yuqori bo‘lgan gazlar qo‘llaniladigan binolarda yerto‘lalar qurish mumkin emas.
7. A toifali ikki qavatli binolar orayopmasida (ochiq yoki panjarali to‘shama bilan to‘silgan) darchalar bo‘lishi lozim. Darchalar yuzasi havoga nisbatan zichligi 0,8 va undan kam bo‘lgan gazlar qo‘llaniladigan binolarda har bir qavat umumiy yuzasining (darchalar egallagan yuzalarni qo‘shgan holda) 15 foizdan va havoga nisbatan zichligi 0,8 dan ko‘p bo‘lgan gazlar qo‘llaniladigan binolarda esa 10 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar tarqalishining oldini olish zarur bo‘lgan ishlab chiqarishlardagi qavatlararo orayopmalarga darchalar qurmaslik lozim, bundan ularni texnologik talablar bilan qurish belgilangan holatlar mustasnodir.
8. A toifa binolarning hajmiy-rejaviy yechimlari shamollatilmaydigan va turg‘un hudud (qop)lar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
9. Havoga nisbatan zichligi 0,8 dan yuqori bo‘lgan yonuvchan gazlar ishlatiladigan A toifa xonalardagi xandaq, o‘ralar, pol osti ariqcha va tonnellar ko‘mib tashlangan bo‘lishi lozim.
Texnologik jarayon sharoitlariga ko‘ra A toifa xonalarda ochiq o‘ra va ariqchalar mavjud bo‘lsa, bu xonalarda ishlatiladigan yonuvchan gazlarning havoga nisbatan zichligi 0,8 va undan kam bo‘lishi lozim. Bu holda chuqurligi 0,5 m dan ko‘p bo‘lgan o‘ra va ariqchalar uzluksiz ishlaydigan kiritish-tortish ventilatsiyasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
10. A toifa xonalardagi deraza va yorug‘lik fonarlarini oynaklash uchun deraza oynasi qo‘llanilishi lozim. Armaturali oyna, shishablok yoki oynafilit qo‘llash man etiladi.
11. Ikkinchi qavatning ustyopmasida perimetri bo‘yicha balandligi 1,2 m bo‘lgan to‘siqli montaj darchasi qilinishi lozim. Ushbu darcha mashina zali kranining ishlash xududida bo‘lishi lozim.
12. A toifali alohida turgan binolar va taqab xonalar joylashgan hudud balandligi kamida 1,25 m bo‘lgan yengil to‘siq bilan muhofazalanishi lozim.
13. A toifa xonalar ichida yangi qurilayotgan gaz xo‘jaligi obyektlari va tashqi uskunalar, odatda, to‘liq avtomatlashtirilgan, masofadan turib boshqariladigan va dispetcher punktidan yoki normal sharoitlarda portlashga xavfli zonalari bo‘lmagan hamda doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmaydigan yonma-yon xonadan nazorat qilinadigan qilib loyihalanishi lozim.
14. A toifa xonalarda joylashtirilgan alohida apparat, mashina va kommunikatsiyalarning bo‘rtib chiqqan qismlari orasida, shuningdek, uskunalar va binolarning konstruksiyalari (devor, ustunlari) orasida eni kamida 1 m li o‘tish yo‘laklari bo‘lishi lozim.
15. A toifa xonalarga va tashqi gaz qurilmalariga ularga aloqador bo‘lmagan asbob-uskunalarni joylashtirish man etiladi.
16. A toifa xonalarga gaz keltiradigan gaz kollektorlar binolarning tashqari tomonidan yotqizilishi lozim. Ularni olovbardoshligi 1- va 2- darajali binolarning yonmaydigan va tashlab yuborilmaydigan tomlarida joylashtirish mumkin.
17. A toifali xonalar havosidagi yonuvchan gazlar miqdori ishlatilayotgan gaz muhiti uchun mo‘ljallangan avtomatik gazoanalizatorlar vositasida nazorat qilinishi lozim. Avtomatik gazoanalizator yorug‘lik va tovush signallaridan tashqari zaharmas gazlar konsentratsiyasi alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining 20 foiziga yetganda yoki xonalarning havosida zaharli gazlar konsentratsiyasi sanitariya me’yorlari bo‘yicha chegaraviy ruxsat etilgan me’yorga yetganda avariya shamollatgichi avtomatik yoqilishi uchun impuls berishi lozim.
Signal chiroqlari va tovush xabarlagichlari shchit xonalarida yoki A toifali xonalarning kirish joyida va gaz xo‘jaligining dispetcher bo‘limida bo‘lishi, tovush xabarlagichlari esa, bundan tashqari, mashina zalida ham bo‘lishi lozim. Avtomatik gazoanalizatorlar sanoatda ishlab chiqarilmasa, vaqtinchalik indikatorlar qo‘llanishi yoki xonalar gazlanishi bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha davriy nazorat qilinishi lozim.
Gazoanalizator va gazindikatorlar datchiklari gaz chiqishi va to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi lozim.
18. A toifali xonalarni yong‘in aniqlash va o‘chirish avtomatik qurilmalari bilan jihozlash texnologik loyihalash me’yorlariga muvofiq hamda yong‘inni aniqlash va o‘chirish avtomatik qurilmalari bilan himoyalanishi lozim bo‘lgan binolar ro‘yxati talablarini hisobga olgan holda bajariladi.
19. Gaz xo‘jaligi obyektlari xonalarining isitish va shamollatish tizimlari QMQ 2.04.05-97 “Havoni mo‘tadillash, isitish va shamollatish” va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
20. G va D toifa binolarga taqab qurilgan A toifa xonalarning umumalmashuv shamollatish tizimlari shu binolarning umumalmashuv tortuvchi shamollatish tizimidan alohida bo‘lishi lozim.
21. Portlashga xavfli zonalar uchun elektr uskunalarni tanlash va o‘rnatish EUO‘Q ning 7.3-bobiga muvofiq va portlashga xavfli zonalar toifalari, portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar toifalari va guruhlari tasnifi asosida bajarilishi lozim.
Portlashga xavfli zonalardagi elektr uskunalar portlashdan himoyalanib yasalgan elektr uskunalarga qo‘yiladigan davlat standarti talablariga javob berishi lozim.
22. A toifali xonalardagi elektr kuch va yorug‘lik liniyalarining elektro‘tkazgichlari portlashga xavfli zonalarni avtomatlashtirish tizimi va elektr uskunalar, elektr kuch va yorug‘lik tarmoqlarini montaj qilish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga rioya qilib yasalishi lozim.
23. A va B toifali xonalardagi uskunalarni nazorat qilish va boshqarish uchun ishlatiladigan nazorat o‘lchov asboblari, signalizatsiya va umumiy turdagi aloqa vositalari impuls quvuro‘tkazgichlari va portlashga xavfli zonalari bo‘lmagan alohida qo‘shni xonaga joylashtirilishi lozim, bunda ajratuvchi devor yaxlit, gazo‘tkazmaydigan va olovbardoshligi chegarasi 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi lozim. Devorda kabel va simlar gazdan himoyalovchi quvurlar orqali o‘tishi uchun tuynuk qilish mumkin. Kirish tuynuklari gaz o‘tkazmasligi va yonmaydigan materiallar bilan zich berkitilgan bo‘lishi lozim.
A toifali xonalarda umumiy foydalanish avtomatika asbob va vositalarini EUO‘Q talablariga muvofiq faqat ortiqcha bosim ostida havo bilan puflanib atmosferaga chiqarib yuboriladigan germetik javonlarda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
24. A toifali xonalardagi barcha texnologik, elektrik, shamollatish, isitish uskunalari va metall quvuro‘tkazgichlarini EUO‘Q talablariga rioya qilgan holda ushbu tizimning butun uzunligi bo‘ylab uzluksiz elektr zanjirga toko‘tkazuvchi tutashtirgich orqali ulab va har bir tizimni kamida ikkita joyda elektr uskunalarni yerga ulash va yashindan himoyalash konturiga ulab himoyalash lozim.
Boshqarish shchit va pultlari xonalari ichiga barcha turdagi yonuvchan gazlarning, ularning bosimidan qat’i nazar, impuls quvur o‘tkazgichlarini kiritish mumkin emas.
1. GRP ni texnologik zaruriyat va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarga joylashtirish lozim:
a) 5-ilovaning 1 — 13 bandlari talablariga muvofiq bo‘lgan alohida yoki binolarga taqab qurilgan xonalarga, bunda GRP uskunasining bir qismini (zulfin, filtr, saqlovchi chiqarish klapanlari va h.) GRP xonasidan tashqarida, atrofi to‘silgan maydonchalarda joylashtirish mumkin;
b) olovbardoshligi 1-, 2- va 3-darajali ishlab chiqarish binolarining gaz iste’molchilari joylashgan tomlarda, bunda tomga to‘shalgan isitkich yonmaydigan yoki kam yonuvchan qiyin alangalanuvchi materialdan tayyorlangan bo‘lishi lozim;
v) gaz iste’mol qilinadigan, olovbardoshligi 3-darajadan past bo‘lmagan binolar tashqarisida devorlarga o‘rnatilgan javonlarga, bunda javonlarning yon devorlaridan derazalar, eshiklar va boshqa darchalargacha bo‘lgan gorizontal masofa 1 m dan, yo‘llarning qatnov qismigacha esa 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Binolarning derazalari ostida javonli GRP ni joylashtirish mumkin emas. GRP javonlari yonmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi hamda ustki va pastki qismida shamollatish uchun teshiklar bo‘lishi lozim. Javonlar keltirilgan issiq suv yoki bug‘ tizimi yordamida isitilishi lozim. Javonlarning devorlari issiqlik izolatsiyasi bilan qoplangan, eshikchalari esa qulflanadigan bo‘lishi lozim;
g) binolar tashqarisida alohida o‘rnatilgan, yonmaydigan materiallardan yasalgan tayanchlarda va gazo‘tkazgichlarning tayanch va maydonchalariga o‘rnatilgan javonlarda;
d) bostirmalar ostidagi atrofi to‘silgan ochiq maydonchalarda, agar bu yerdagi iqlim sharoitlari uchun uskunalarning normal ishlashi ta’minlansa.
2. GRP xonalarini ma’muriy va sanitariya-maishiy xonalarga taqab qilib qurish, shuningdek, ushbu xonalarning devorlariga javonli GRP larni joylashtirish man etiladi.
3. GRP xonalaridagi asosiy o‘tish yo‘laklarining eni kamida 0,8 m bo‘lishi lozim. GRP regulyatorlar xonasining uzunligi 6 m dan ortiq bo‘lsa, ikkinchi chiqish joyi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
4. GRP xonasida 1 soatda kamida uch karra havo almashinuvini ta’minlaydigan tabiiy, doimiy ishlaydigan shamollatgich bo‘lishi lozim.
5. GRP da alohida kirish (chiqish) eshigi bo‘lgan va regulyatorlar xonasidan gaz o‘tkazmaydigan, olovbardoshlik chegarasi kamida 0,75 soat bo‘lgan yaxlit devor bilan ajratilgan NO‘A xonasi bo‘lishi lozim. Bu xonaga tashkilot gaz xo‘jaligining dispetcher punkti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi o‘rnatilishi lozim.
6. GRU ning ochiq yoki javonli turini, GRU ga kirishdagi gaz bosimdan qat’i nazar, bevosita gaz iste’molchi agregatlar joylashgan sex va qozonxonalar binolarida o‘rnatish lozim. GRU o‘rnatilgan xonalar G va D toifaga tegishli bo‘lishi va olovbardoshligi 3-darajadan kam bo‘lmasligi lozim.
GRU ni sexning boshqa binosidan ajratilib ichiga qurilgan xonalarida (masalan, boshqaruv punktlarida, shchit xonalarida), shuningdek, asosiy ish maydonchalari ostida, chuqurlashtirilgan berk joylarda va zinapoya supalari ostida o‘rnatish man etiladi.
7. Po‘lat eritish, prokat, termik va boshqa yirik sexlarda barcha sex iste’molchilari uchun bitta yoki har bir alohida joylashgan gaz iste’molchi agregatlar guruhlarining oldiga GRU o‘rnatilishi mumkin.
Bitta binodagi turli xonalarda joylashgan gaz iste’molchi agregatlarga bitta GRU dan gaz berish uchun GRU va gaz iste’molchi agregatlar o‘rnatilgan xonalarga sutkaning istalgan vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bemalol kira olishi lozim.
8. GRU lar xizmat ko‘rsatish oson bo‘lgan, mexanik shikastlanishlar yuz bermaydigan, tebranishlar va issiqlik ta’siri mavjud bo‘lmagan joylarda o‘rnatilishi lozim. Bu joylar shamollatib turilishi va yoritilishi lozim. GRU qizigan metallni tushirish, saqlash va tashish joyidan kamida 5 m masofada joylashgan yoki undan yonmaydigan panjara bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
9. GRP va GRU larning har bir liniyasida filtr, saqlovchi berkitish klapani, gaz bosimi rostlagichi, svechalar, yuqori va quyi tomonli berkituvchi qurilmalar, rostlagichdan keyingi bosimni va filtrda bosim o‘zgarishlarini o‘lchash uchun manometrlar bo‘lishi lozim.
GRP va GRU larning parallel ulangan liniyalardan tashkil topgan har bir uzeli orasiga svecha o‘rnatilgan ikkita berkitish qurilmali aylanma gazo‘tkazgichlar (baypas), quyi tomonda saqlovchi chiqarish klapan (ularning soni loyihada belgilanadi) va GRP gaz kollektorlarining yuqori va quyi tomonida qayd qiluvchi manometrlar bo‘lishi lozim. Prujina tipidagi saqlovchi chiqarish klapanlari oldiga ochiq holati tamg‘alangan (plombalangan) berkitish armaturasini o‘rnatish mumkin.
10. Har bir rostlash liniyasida barcha flanetsli birikma va armaturalarni aylanib o‘tuvchi tok o‘tkazish tutashtirgichlari bo‘lishi lozim. Yerga ulagichning tok yoyilishiga impulsli qarshiligi 10 Ω dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
11. Ishlab chiqarish sharoitlari bo‘yicha uzluksiz gaz ta’minoti talab qilinadigan metallurgiya sexlari uchun GRP va GRU larda saqlovchi berkitish klapanlarini o‘rnatish man etiladi.
12. Har bir GRP liniyasiga filtrlar o‘rnatmasdan GRP xonasidan tashqarida filtrlarni markazlashtirilgan usulda o‘rnatish mumkin, bu holda zaxira filtr bo‘lishi shart. Bir tizimda va filtrlari bo‘lgan GRP dan keyin yoki gaz tozalash punktidan 1000 m dan kam uzoqlikda joylashgan GRP va GRUlarda filtrlar o‘rnatish shart emas.
Gazo‘tkazgichlarning tashkilotga kirishidagi gaz tozalash punktlarida yoki GRP oldida o‘rnatiladigan, 0,07 MPa dan yuqori bosim ostida ishlaydigan vissin filtr va separatorlar amaldagi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
13. GRP va GRU larning quyi tomonida bosimning belgilangan chegaradan oshishini va pasayishini bildiradigan va dispetcher punktlariga yoki navbatchi xodimlar xonasiga xabar beradigan signalizatsiya bo‘lishi lozim.
14. GRP va GRU dagi saqlovchi chiqarish klapanlar, shu jumladan, bosim rostlagichlariga o‘rnatilgan, ish bosimi 15 foizga ko‘tarilganda klapan to‘liq ochilishini va gaz svechalar orqali chiqarib yuborilishini ta’minlashi lozim.
Saqlovchi klapandan keyingi svechaning diametri klapanning chiqarish quvurchasi diametridan kam bo‘lmasligi lozim.
15. Har bir GRP liniyasidagi berkitish qurilmalarining flanetsli birikmalari rostlagichlardan oldin va keyin qistirma halqalarga ega bo‘lishi lozim, liniya ta’mirlash uchun uzilganda ularning o‘rniga tunuka tiqin o‘rnatilishi lozim.
16. Bosim rostlagichidan keyin zulfindan oldin rostlagichni sozlash uchun puflash svechasi, rostlagich unumdorligidan kamida 15 foiz gazni o‘tkazishga hisoblangan, o‘rnatilishi lozim.
17. GRP larga, shu jumladan, javonli GRP ga, gaz keltiruvchi gazo‘tkazgichlarda xona (javon)dan tashqarida vaqti-vaqti bilan kondensatni maxsus sig‘imlarga to‘kish uchun shtutsyerlar bo‘lishi lozim.
18. Keltiruvchi va olib ketuvchi gazo‘tkazgichlarga GRP dan oldin va keyin rostlagichlar xonasigacha 5 m dan yaqin va 100 m dan uzoq bo‘lmagan masofada berkitish qurilmalari o‘rnatilishi lozim. Ushbu berkitish qurilmalarini, agar ular sexlararo gazo‘tkazgichlarning tarmog‘ida va sexga kirish quvurida GRP rostlagichlari xonasidan 100 m dan uzoq bo‘lmagan masofada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, o‘rnatish shart emas. Faqat bitta sex (obyekt)ni ta’minlaydigan GRP dan keyin ham zulfin o‘rnatilmaydi. GRP dan oldin elektryuritmali zulfin o‘rnatilishi lozim.
19. GRU gacha gazo‘tkazgichga berkitish qurilmasi o‘rnatilishi lozim. GRU dan keyin gazo‘tkazgichga berkitish qurilmasini o‘rnatish talab etilmaydi.
20. Chiqarish svechalari saqlovchi chiqarish klapanlaridan mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq balandlikka chiqarilgan bo‘lishi lozim.
21. GRP va GRU larni ishlatish paytida tashkilot ish joylaridagi shovqin tavsifi va ruxsat etilgan darajasi amaldagi me’yorlarda belgilangan miqdorlardan oshmasligi lozim.
1. Barcha sexlararo va sexlarning yonuvchan gaz gazo‘tkazgichlari (quvurlar, fasonli detallar) “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xulosasiga muvofiq normativ-texnik hujjat deb topilgan) va ushbu Qoidalarga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi lozim.
2. Quvuro‘tkazgichlar ishlab chiqarilishida ishlatiladigan tayyor mahsulot va materiallarning sifati va texnik xususiyati ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan tegishli sertifikat va pasportlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
3. Quvurlarni tashilayotgan muhitning parametrlariga bog‘liq holda 1-jadvalga muvofiq tanlash lozim.
4. Changushlagichlar va iflos gaz gazo‘tkazgichlar g‘iloflari, shu jumladan, vertikal va pasayib boruvchi uchastkalari uchun quyidagi markali po‘latlarni qo‘llash lozim:
1-jadval | ||||||||
Quvurlarni tashilayotgan muhitning parametrlariga bog‘liq holda tanlash | ||||||||
Po‘lat markasi, mustahkamlik sinfi, standart | Quvurlarga standart, | Shartli diametr, mm | Sinov va talab turi (standart va ushbu Qoidalar bandi) | Chegaraviy parametrlar | ||||
Shartli bosim MPa, (kgs/sm2) | Maksimal harorat, oS | Quvur devorining qalinligi, mm | Quvur devori qalinligiga ko‘ra minimal harorat, ichki bosimdan devordagi kuchlanish [σ] bo‘lganda | |||||
>0,35 | £0,35 [s] | |||||||
1 | 2� | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
Choksiz quvurlar | ||||||||
10, 20 GOST 1050 | GOST 550 A, B guruhlar | 10 — 300 | GOST 550 | £10 (100) | 450 | £12 > 12 | -40 -30 | — |
GOST 8731 V guruh, quymadan tayyorlangandan tashqari | 50 — 400 | GOST 8731 gidrosinov kafolati bilan | £10 (100) | 450 | £12 >12 | -40 -30 | -40 -40 | |
GOST 8733 V guruh | 10 — 150 | GOST 8733 gidrosinov kafolati bilan | £10 (100) | 450 | £6 | -40 | -40 | |
20 GOST 1050 | 20 — 50 | £10 (100) | 450 | £12 >12 | -40 -30 | -40 -40 | ||
300, 350, 400 | £10 (100) | 450 | — | -30 | -40 | |||
500 | £10 (100) | 450 | — | -30 | -40 | |||
50 — 400 | £10 (100) | 450 | — | -30 | -40 | |||
50 — 400 | £10 (100) | 450 | £12 >12 | -40 -30 | -40 -40 | |||
50 — 350 | £10 (100) | 450 | £12 >12 | -40 -30 | -60 -40 | |||
10 G 2 GOST 4543 | GOST 550 A, B guruhlar | 10 — 300 | GOST 550 | £10 (100) | 450 | £6 6 dan 12gacha ³ 12 | -70 -60 -40 | — -70 |
20 — 50 | £10 (100) | 450 | £6 6 dan 12gacha | -70 -60 | — -70 | |||
GOST 8733 Gruppa V | 10 — 50 | GOST 8733 s gidrosinov kafolati bilan | £10 (100) | 450 | £6 | -70 | -70 | |
GOST 8731 V guruh, quymadan tayyorlangandan tashqari | GOST 8731 s gidrosinov kafolati bilan | £10 (100) | 450 | £12 >12 | -50 -40 | -60 — | ||
Elektrpayvandlangan t�g‘ri chokli quvurlar | ||||||||
20 GOST 1050 | GOST 20295 | 150 — 800 | GOST 20295 (SUG dan tashqari) | £2,5 (25) | 400 | <12 | -20 | -40 |
£1,6 (16) | 400 | ³12 | -20 | -40 | ||||
GOST20295 | 500 — 800 | GOST 20295 SUG uchun 5-band talabini hisobga olib | £2,5 (25) | 200 | <12 | -20 | -40 | |
£1,6 (16) | 200 | ³12 | -20 | -40 | ||||
GOST 10705 V guruh | 10 — 500 | GOST 10705 (SUG dan tashqari) | £2,5 (25) | 300 | £12 | -20 | -30 | |
K 52 GOST 20295 | GOST 20295 | 150 — 800 | GOST 20295 (SUG dan tashqari) | £4 (40) | 400 | <12 | -20 | -40 |
GOST 20295 | 500 — 800 | GOST 20295 SUG uchun 5-band talabini hisobga olib | £2,5 (25) | 200 | <12 | -20 | -40 | |
Vst 3 sp 5 GOST 380 | GOST 10705 V guruh | 10 — 500 | GOST 10705 | £1,6 (16) | 300 200 | £6 >6 | -20 0 | -30 -20 |
GOST 10706 V guruh | 400 — 1400 | GOST 10706 (SUG dan tashqari) | £1,6 (16) | 200 | £12 | -20 | -20 | |
VSt Zsp 4-5 GOST 380 | 200, 350 | £1,6 (16) | 300 | £10 | -20 | -30 | ||
VSt Z ps 4 VSt Z sp 4 GOST 380 | GOST 10706 V guruh | 400 — 1400 | GOST 10706 (SUG dan tashqari) | £1,6 (16) | 200 | -20 | -40 | |
Elektrpayvandlangan to‘g‘ri chokli quvurlar | ||||||||
17G1S-U TU 14-3- 1138-82 | 1200 | £2,5 (25) | 400 | £12 | -40 | -40 | ||
17G1S-U TU 14-3- 1424-86 | 1000 | £2,5 (25) | 400 | £12 | -40 | -40 | ||
17 GS, 1 7 G 1 S TU 14-1- 1921-76 | 500, 700, 800, 1000, 1200 | £1,6 (16) | 300 | £12 | -40 | -50 | ||
13 G2AF | 1000 | £2,5 (25) | 400 | £12 | -60 | -60 | ||
12 G2S, 14 XGS | 1209—86 | 600 | £1,6 (16) | 250 | £12 | -40 | -40 | |
Elektrpayvandlangan spiral chokli quvurlar | ||||||||
20 GOST 1050 | 500 — 1600 | £2,5 (25) | 350 | £12 ³12 | -40 -30 | -40 | ||
K50, K52 GOST 20295 | GOST 20295 | 150 — 800 | GOST 20295 (SUG dan tashqari) | £2,5 (25) | 400 | £6 >6 | -50 -40 | -60 -50 |
GOST 20295 | 500 — 800 | GOST 20295 (SUG dan tashqari) | £2,5 (25) | 200 | ³6 | -40 | — | |
K42 GOST 20295 | GOST20295 | 150 — 800 | GOST 20295 (SUG dan tashqari) | £2,5 (25) | 300 | — | -30 | — |
VSt3sp3 VStZsp2 VStZps2 GOST 380 | 200 — 500 | £1,6 (16) | 300 | £6 £12 | -30 -20 | — | ||
St3sp5 GOST 380 | 500 — 1400 | £2,5 (25) | 300 | £12 | -20 | -20 | ||
09G2FB | 1400 | £7,5 (75) | 350 | — | -60 | — |
Yer usti gazo‘tkazgichlardan tashkilot hududidagi bino va inshootlargacha bo‘lgan minimal masofa gorizontal bo‘yicha quyidagi miqdorlardan (m larda berilgan) kam bo‘lmasligi lozim:
A va B toifali ishlab chiqarish va ombor binolarigacha: | |
0,6 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 5 |
0,6 dan 1,2 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 10 |
V, G, D toifali ishlab chiqarish va ombor binolarigacha: | |
0,6 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 2 |
0,6 dan 1,2 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 5 |
Oson alangalanuvchi va yonuvchan materiallarning ochiq omborlarigacha: | |
0,3 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 20 |
0,3 dan 1,2 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 40 |
Temir yo‘l va tramvay yo‘lining eng yaqin relsigacha: | |
1,2 MPa gacha bosimli gazo‘tkazgichlar uchun | 3 |
Shuning o‘zi, tor sharoitlarda va temir yo‘llarga mahalliy yaqinlashishda | 2 |
Avtomobil yo‘llarigacha (yo‘l chekkasidagi toshgacha, yo‘l yonining tashqi cheti yoki yo‘l ko‘tarmasining etagigacha) | 1,5 |
Yer osti muhandislik tarmoqlarigacha (suv quvurlari, kanalizatsiya, issiqlik tarmoqlari, telefon kanalizatsiyasi, elektr kabel bloklari), gazo‘tkazgich tayanchi asosidan hisoblaganda | 1 |
Ochiq taqsimlash qurilmasi va ochiq oststansiya panjarasigacha | 10 |
Eritilgan metall va shlakni chiqarish joyi va ochiq olov manbasigacha | 10 |
Shuning o‘zi, qizdirish yuz berishi mumkin bo‘lgan uchastkada gazo‘tkazgich qoplama bilan himoyalanganda | 5 |