Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.03.1992 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq bayrami Navroʻz munosabati bilan “Mustaqillik, tinchlik, mehr-shafqat” xayriya hasharini va telemarafonini oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy qadriyatlarning tiklanishida Navroʻz bayramining ahamiyatini eʼtiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi, “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent shahar Oktabr nohiyasi “Yangi shahar” mahallasi jamoasi, Chortoq shahar tikuvchilik fabrikasi jamoalarining 1992-yil 14-mart kuni “Navroʻz” umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi jamoasi, “El” xalqaro uyushmasi, Oʻzbekiston bolalar jamgʻarmasi, “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasi, Respublika Nogironlar jamiyati, Qizil Yarim oy jamiyati jamoalarining 1992-yil 21-mart kuni “Mustaqillik, tinchlik va mehr-shafqat” xayriya telemarafonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnat jamoalarining “Mustaqillik, tinchlik va mehr-shafqat” shiori ostida oʻtkaziladigan umumxalq xayriya hashari va telemarafoniga rahbarlik qilish umumxalq bayrami Navroʻzga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish komissiyasiga yuklatilsin. Xayriya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan respublika viloyatlari, shahar, qishloq, mahalla kengashlari, vazirliklar, birja va barcha turdagi korxona va tashkilotlar aniq reja asosida tashkiliy va amaliy tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xayriya hasharidan yigʻilgan va ishlab topilgan mablagʻlar “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasiga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, koʻchat oʻtqazish, bogʻlar yaratish, qabristonlarni sarishtalash ishlariga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Davlat banki telemarafon oʻtkazilayotgan paytda bir kecha-kunduz davomida mablagʻlarni qabul qilib olish uchun navbatchilik ishlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda chet ellik ishbilarmonlardan, madaniyat xodimlaridan iborat barcha mehmonlarning umumxalq xayriya ishlarida, bayramida va telemarafonida ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Davlat teleradio kompaniyasi, Madaniyat vazirligi va Davlat matbuot qoʻmitasi umumxalq xayriya ishlari, Navroʻz tantanalarini va telemarafonining maʼnaviy va tarbiyaviy, badiiy jihatdan yuksak saviyada oʻtishi uchun barcha ijodiy kuchlarni safarbar etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-son