Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.01.1997 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ikkinchi kredit liniyasidan foydalanishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan ikkinchi kredit liniyasidan samarali foydalanish va Oʻzbekiston Respublikasining kichik va oʻrta korxonalarini moliyaviy taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan 120 mln. AQSH dollari miqdoridagi ikkinchi kredit liniyasi Oʻzbekiston Respublikasining kichik va oʻrta korxonalarini moliyaviy taʼminlash uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 mln. AQSH dollari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 mln. AQSH dollari — ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 mln. AQSH dollari — Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” banki boshqaruvlari raislariga tegishli Kredit bitimlarini imzolash uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbariyati bilan kelishib olingan muddatlarda Buyuk Britaniya (London shahri)ga borishlariga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Banklar uyushmasi bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishgan holda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Moliya vaziri B. S. Hamidovga “Asaka” bankiga va boshqa tijorat banklariga beriladigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida 60 mln. AQSH dollari summasidagi Kafolat bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi tegishli Kafolat bitimlari boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaziy bank “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻrtasida tuzilgan kredit bitimini kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab ikki hafta muddatda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son