Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.07.2004 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining mamlakatimiz madaniy va maʼnaviy hayotida, adabiyot va sanʼatimizni rivojlantirish, yosh ijodkorlarning isteʼdodini roʻyobga chiqarish va tarbiyalashda tutgan alohida oʻrnini eʼtiborga olib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqimizning boy tarixiy-ilmiy, adabiy merosini, jahon adabiyoti va madaniyati yutuqlarini targʻib etish hamda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishda ijodkor ziyolilarning salohiyatidan yanada samarali foydalanish borasidagi faoliyatini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gazeta muassislari — Madaniyat ishlari vazirligi (F. Zokirov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (A. Oripov), noshir — “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (B. Alimov) tahririyatning moddiy-texnik ahvolini yaxshilash, ijodiy jamoasini yosh, iqtidorli kuchlar bilan mustahkamlash va xodimlar uchun zarur ish sharoiti yaratishga qaratilgan tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) Matbuotchilar koʻchasi, 32-uyda joylashgan tahririyat xizmat xonalarini joriy taʼmirlashni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) 2004-yilda gazeta tahririyatiga bosmaxona qogʻozi, kompyuterlar va boshqa texnik jihozlar olish va xodimlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 60 mln soʻm mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gazeta tahririyatiga ijodiy xodimlar va mualliflarga qalam haqini shartnoma asosida hamda kelishilgan narxlarda ish haqi fondiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida toʻlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308-son