Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING REGLAMENTIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QOʻMITALARI VA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil № 6, 97-modda):
1) 9-moddasining ikkinchi qismidagi “deputatlar guruhlari, fraksiyalar, bloklarning” degan soʻzlar “fraksiyalarning, bloklarning va boshqa deputatlar guruhlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20-modda.
Oliy Majlis majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zaruriyat boʻlganda boshqa tillarda hamohang tarjimasi taʼminlanadi”;
4) III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III BOB. FRAKSIYALAR, BLOKLAR VA BOShQA DEPUTATLAR GURUHLARI
36-modda.
Oliy Majlis deputatlari qonun hujjatlariga muvofiq fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin.
Har bir deputatlar guruhi Oliy Majlis koʻrib chiqishi uchun kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda muhokama qilishga va ular yuzasidan takliflar kiritishga haqlidir.
37-modda.
Oliy Majlis deputati faqat bitta fraksiyada yoki blokda boʻlishga haqli.
Fraksiyalar, bloklar oʻz faoliyatlarini Oliy Majlis tomonidan roʻyxatga olinganlaridan keyin amalga oshiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida ish olib boradilar.
Fraksiyalar, bloklar Oliy Majlis Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari bilan uzviy aloqada ishlaydilar.
Fraksiyaning, blokning faoliyati qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlib yuborish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis tegishli qaror qabul qiladi.
38-modda.
Fraksiya yoki blok tuzish uchun quyidagilar zarur:
1) tashabbuskor guruh tuzish;
2) fraksiya, blok tuzish niyatini eʼlon qilish;
3) fraksiya yoki blokning taʼsis yigʻilishini oʻtkazish;
4) fraksiya yoki blok rahbarini saylash;
5) fraksiya yoki blok tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomasini qabul qilish hamda uni Oliy Majlisga topshirish.
Fraksiya, blok rahbari (vakili) fraksiyani, blokni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan ariza bilan Oliy Majlisga murojaat etadi.
Arizaga taʼsis yigʻilishining bayonnomasi ilova qilinadi, bayonnomada fraksiyaning, blokning miqdor va shaxsiy tarkibi, shuningdek fraksiya, blok rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va saylov okrugining tartib raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Arizalarni Oliy Majlis sessiyasida qarab chiqish chogʻida fraksiyalarning, bloklarning rahbarlari tuzilgan fraksiyaning, blokning maqsad va vazifalari toʻgʻrisidagi axborot bilan soʻzga chiqishi, boshqa maʼlumotlarni aytishi mumkin.
Oliy Majlis fraksiyalarni, bloklarni roʻyxatga olish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi”;
5) 49-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49-modda.
Oliy Majlis Kengashining tarkibiga Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlari, qoʻmitalari, komissiyalarining (muvaqqatlaridan tashqari) raislari, Oliy Majlis deputatlari fraksiyalari, bloklarining rahbarlari kiradi.
Oliy Majlis Kengashiga Oliy Majlis Raisi boshchilik qiladi”;
6) 62-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. Mazkur nomzodlar lavozimga tayinlanishi yoki saylanishidan avval Oliy Majlisning yoki Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan tegishli qoʻmitalarda, komissiyalarda muhokama qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va saylash toʻgʻrisida Oliy Majlis qaror qabul qiladi”;
7) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“74-modda.
Oliy Majlisga kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish bir necha oʻqishda amalga oshirilishi mumkin, ulardan alohida ahamiyatga moliklari esa, bir necha oʻqishda amalga oshirilishi shart, shuningdek ular fraksiya, blok va boshqa deputatlar guruhlarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi”;
8) 79-moddasidagi “organlarga” degan soʻz “uni kiritgan organlarga (mansabdor shaxslarga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 100-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“100-modda.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar Oliy Majlisga va uning organlariga berilgan maʼlumotlarning toʻgʻri-notoʻgʻriligi uchun yoki ularni atayin yashirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar”;
10) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan toʻldirilsin:
“101-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyada oʻz vakolati muddatiga Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylaydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Oliy Majlis deputatlari orasidan saylanadi”
11) ruscha matni 2-moddasining ikkinchi qismidagi, beshinchi moddasining ikkinchi qismidagi, 13-moddasining birinchi qismidagi, 17-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasidagi, V bobining nomidagi, 48, 50, 51 va 52-moddalaridagi, 58-moddasining birinchi qismidagi, 60, 69 va 70-moddalaridagi, 71-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 73, 76, 78 va 86-moddalaridagi, 87-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 89, 90 va 95-moddalaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
1) 2-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan nazorat qilish, shuningdek ularni amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat”;
2) 36-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 39-moddasining toʻrtinchi xatboshisidagi “ish qogʻozlarini yuritadi” degan soʻzlar “ish qogʻozlarini yuritish uchun javobgar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) ruscha matni 5-moddasining birinchi qismidagi, 11-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasining birinchi qismidagi, 29, 33, 34 va 35-moddalaridagi, 37-moddasining oltinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
83-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 154-modda)