11.12.1998 yildagi PF-2154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

OʻZBEKNEFTGAZ NEFT VA GAZ SANOATI MILLIY KORPORATSIYASINI “OʻZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz qazib chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, yangi neft va gaz konlari oʻzlashtirilishini jadallashtirish, neft va gazni qayta ishlash hamda tashish samaradorligini oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish, respublikaning neft va gaz sanoatida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda neft-gaz tarmogʻini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekneftgaz” Milliy korporatsiyasini “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftgazqurilish” va “Oʻzdavneftmahsulot” davlat aksiyadorlik birlashmalarini tegishli ravishda “Oʻzneftgazqurilish” va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” va “Oʻzneftniqaytaishlash” ishlab chiqarish birlashmalarini “Oʻztransgaz” va “Oʻzneftniqaytaishlash” aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftgaztaʼminot” savdo ishlab chiqarish aksiyadorlik birlashmasini “Oʻzneftgazishchitaʼminot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzneftgazqazibchiqarish” davlat aksiyadorlik birlashmasi hamda “Oʻzbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi negizida “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftqazibchiqarish” davlat aksiyadorlik birlashmasi hamda “Oʻzneftgazgeologiya” davlat geologiya korxonasining pudrat burgʻulash tashkilotlari negizida “Oʻzburgʻuneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqning hamda “Oʻzmashsanoat” uyushmasiga qarashli “Oʻzbekkimyomash” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining mashinasozlik korxonalari negizida “Oʻzneftgazmash” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga oʻtkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonga muvofiq oʻzgartirilgan yoki tashkil qilingan aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalari paketining 51 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita xolding kompaniyasiga hisob beradigan davlat korxonalarining mulki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xolding kompaniyasiga uyushgan qatnashchilar — aksiyadorlik jamiyatlarida davlatga tegishli boʻlgan aksiyalarning paketlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xolding kompaniyasi hamda uning aksiyadorlik kompaniyalarining ustav jamgʻarmalariga oʻtkazilgan aksiyalarning paketlarini va davlatga tegishli mulkni samarali boshqarish uchun javobgarlik “Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasida va xolding aksiyadorlik kompaniyalarida davlatga tegishli aksiyalarni, shuningdek tarmoqning davlat korxonalaridagi mulkini fond bozorlarida sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi yuridik shaxs boʻlib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” xolding kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini “Oʻzbekneftgaz” neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1992-yil 23-dekabrdagi PF-518-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 228-modda)