Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023 08.08.2013 yildagi PQ-2022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam koʻrsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor konyunkturasi oʻzgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari, shuningdek xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari boʻlgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab-ehtiyojga boʻlgan joriy va istiqboldagi konyunkturani oʻrganish yuzasidan tashqi bozorlarning chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda mamlakatimizning kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilish uchun potensial imkoniyatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning assortimenti va turlarini tizimli asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozorlardagi raqobatdoshlik darajasini aniqlash, tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish, buning asosida eksportga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab-ehtiyojga mos kelishini taʼminlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda, ehtimol tutilgan xaridorlarni izlashda, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda, eksport operatsiyalarini amalga oshirishda, eksport qiluvchilarni ehtimol tutilgan xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi boʻyicha talab etiladigan zarur litsenziyalar, sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnoma va yigʻimlarni olish va toʻlashda yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining chet ellardagi tender savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, “davra stollari” va boshqalarni tashkil etish yoʻli bilan mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy xaridorlarning muloqotlarini tashkil etishga koʻmaklashish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi nodavlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi va yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarish yuqori organi hisoblanadi, ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijrochi organi va uning mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarining boshlangʻich miqdori 5,0 milliard soʻmni tashkil etadi, buning 2,5 milliard soʻmi davlat budjeti mablagʻlaridan beriladigan bir yoʻla badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar — kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklariga tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar koʻrsatishdan shartnoma qiymatining 1 foizigacha, ammo 100 ming soʻmdan kam boʻlmagan boʻlgan komission ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarining manbalari hisoblanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamgʻarma tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga moʻljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga yetkazib berishni olgʻa siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bogʻliq roʻyxatdan oʻtish yigʻimlari hamda boshqa toʻlovlarni toʻlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport shartnomalarini tuzgan, yangi bozorlarga chiqish va yangi mahsulot turlarini eksport qilishni taʼminlagan holda chet ellardagi koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun begʻaraz moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yetarli mablagʻlari boʻlmagan kichik tadbirkorlik subyektlarining taʼsischilari (ishtirokchilari) tarkibiga kirish, keyinchalik Jamgʻarma ulushini tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish boshlangandan soʻng ikki yil mobaynida bozor qiymatida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish, mahsulotning dizayn darajasini xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda chet elda mahalliy mahsulotga boʻlgan talabni inobatga olib, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplagan holda moliyaviy yordam koʻrsatish. Jamgʻarma tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan keyinchalik qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar, boj hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jamgʻarma muassislarining tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish, uning nizomini tasdiqlash hamda Jamgʻarma Kengashini shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi va uning hududiy filiallari tuzilmasini tasdiqlasin, Jamgʻarmani marketing, tashqi savdo operatsiyalari va xalqaro huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻliq taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Jamgʻarma Kengashi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda, Jamgʻarmaning, shuningdek uning respublika mintaqalaridagi hududiy filiallarining hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari shtatlar birligi va tuzilmasini belgilasin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 12-son, 110-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasini Toshkent shahar, Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 1-uyda joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, uni zarur texnika, asbob-uskunalar va aloqa turlari bilan jihozlash koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarmaning hududiy filiallari shakllantirilishi va joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasini va uning hududiy filiallarini joylashtirish ijara haqi undirilmasdan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 8-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2022-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 437-modda; 2016-y., 12-son, 110-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)