07.04.1999 yildagi PF-2282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning muqaddas eʼtiqodi — islom diniga oid boy maʼnaviy-madaniy merosini asrab avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy gʻoyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama oʻrganish, tahlil etish va zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash, ularga lozim boʻlgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan maʼlumotlar bilan xalqimizning diniy savodxonligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universiteti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universiteti oʻz faoliyatini oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga taalluqli amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uning diniy taʼlim sohasidagi koʻp yillik tajribasidan foydalanish asosida yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dinshunoslik asoslari, yoʻnalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi oʻrni bilan bogʻliq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur oʻzlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassis — bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom diniga oid taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining tajribasini atroflicha oʻrganish, tahlil etish va Toshkent islom universitetidagi oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, millatimizning buyuk ilmiy, maʼnaviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur oʻrganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʻrnini tadqiq etish asosida hozirgi koʻpdinlilik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yoʻnalishlari, gʻoyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom taʼlimoti va falsafasi boʻyicha ilmiy ommabop asarlar, darsliklar, oʻquv dasturi va qoʻllanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis — oʻqituvchilarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Universitetning tuzilmasi, nizomi, ikki bosqichli oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda jahondagi ilgʻor ijobiy tajribalar atroflicha oʻrganilsin, tahlil etilsin va amaliyotga joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Universitetning ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi asosan mamlakatimizdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan, jumladan, shu yoʻnalishda xorijdagi taʼlim va ilmiy markazlarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali oʻqituvchilar va xodimlar, shuningdek, salohiyatli soha mutaxassislari — amaliyotchilar qatoridan shakllantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Universitet tarkibida quyidagi ikki taʼlim fakulteti tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islom tarixi va falsafasi fakulteti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiqh, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet qoshida islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litsey tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy va oʻquv tarbiya jarayonlariga eng zamonaviy tadqiqotchilik, pedagogik va axborot texnologiyalarni tadbiq etish koʻzda tutilsin va taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mamlakatimizda hamda chet ellarda mavjud boʻlgan va yurtimizga olib kelingan islom taʼlimotiga oid manbalarni jamlash, roʻyxatga olish, talab darajasida saqlash va kelajak avlod uchun yetkazish maqsadida Islom universiteti tarkibida manbalar xazinasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin. Jamgʻarmaning faoliyatini mablagʻlar bilan taʼminlashning asosiy manbalari sifatida quyidagilar belgilansin: davlat grantlari, toʻlov-kontrakt asosidagi mablagʻlar, oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, xalqaro investitsiyalar, xayriya badallari va oʻz faoliyatidan tushadigan daromad mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bojxona toʻlovlari va barcha turdagi soliqlardan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Universitetni tashkil etish bilan bogʻliq barcha ishlar 1999-yil iyul oyiga qadar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kunlik muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2282-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 4-son, 91-modda)