Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.01.1991 yildagi PF-124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOLXOZChILAR, SOVXOZLARNING IShChILARI VA QIShLOQ JOYLARIDA YaShOVChI BOShQA FUQAROLARNING ShAXSIY YORDAMChI XOʻJALIKLARINI YaNADA RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloqda ijtimoiy muammolarni hal etishni jadallashtirish, aholiga amaliy yordam berish hamda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmini koʻpaytirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni zarur deb hisoblayman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston MSSR Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat Sovetlari ijroiya qoʻmitalari, nohiya ijroiya qoʻmitalari, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir xoʻjalik posyolka, qishloq, nohiya va viloyatda yangi tomorqa uchastkalariga yoki mavjud tomorqa uchastkalarini kengaytirishga muhtoj boʻlganlarni aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtazorlar qisqartirilishini nazarda tutib, 1991-yilda jamoa xoʻjaliklarining aʼzolari, davlat xoʻjaliklarining ishchilari va qishloqda yashovchi boshqa fuqarolarning tomorqa maydonlariga ehtiyojini qondirish uchun 108,5 ming yer jumladan Qoraqalpogʻiston MSSRda 16,0 ming gektar, Andijon viloyatida 8,7 ming gektar, Buxoro viloyatida 12,6 ming gektar, Jizzax viloyatida 3,1 ming gektar, Qashqadaryo viloyatida 9,8 ming gektar, Namangan viloyatida 7,6 ming gektar, Samarqand viloyatida 7,7 ming gektar, Surxondaryo viloyatida 13,0 ming gektar, Sirdaryo viloyatida 3,9 ming gektar, Toshkent viloyatida 8,2 ming gektar, Fargʻona viloyatida 14,6 ming gektar, Xorazm viloyatida 3,3 ming gektar yer ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari nohiya, posyolka, qishloq va ovul Sovetlari, jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklari rahbarlari 1991-yilning sentyabriga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalari rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston MSSR Vazirlar Kengashi, viloyat, nohiya, qishloq va ovul Sovetlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1989-1990-yillarda ajratib berilgan barcha tomorqa yerlarini qayta roʻyxatga olsin, foydalanilmayotgan uchastkalarni tortib olib, muhtoj oilalarga bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar ijtimoiy-madaniy inshootlar va muhandislik yer osti inshootlari joylashtirilishini hisobga olib, bosh rejalar va namunali loyihalarga qatʼiyan muvofiq tarzda qurilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari egalari uyushmasi (oʻrtoq S.N. Usmonov) aholiga yer uchastkalari ajratishga oid qarorlarni qabul qilish va roʻyobga chiqarishda ijtimoiy adolatga rioya etilishini qatʼiy nazorat ostiga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-124-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 3-son, 35-modda)