Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 01.06.2012 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNI QOʻLLAB-QUVVATLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi PQ–338-son qarorini bajarish, shuningdek futbol klublari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Professional futbol klublari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari 2012-yil 1-iyundan boshlab 2018-yilning 1-yanvarigacha:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar va materiallar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va yigʻimlarning barcha turlarini (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshab qoladigan mablagʻlar futbolni rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 252-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda)