O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son qarori amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A.N.Aripov) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining namunaviy shtatlari lavozimlar va kasblarning yangi klassifikatoriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
3. “Ma’rifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan direksiya” davlat muassasasi direktoriga:
“Ma’rifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan direksiya”ning murakkab muhandislik-texnologiya, server va kompyuter asbob-uskunalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni ta’minlovchi ayrim rahbarlari va mutaxassislariga 2012-yilning 1-aprelidan boshlab lavozim maoshlarining 100 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda har oylik ustama belgilash;
xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida direksiyaning amaldagi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va “Ma’rifat markazi” binosidan samarali foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” 2011-yil 14-noyabrdagi 302-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 88-modda) 10-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshi, qarorga 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
1. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida milliy va jahon madaniyatini, fan va ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
2. Milliy kutubxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Milliy kutubxona mamlakatning barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va metodik markaz hisoblanadi.
6. Milliy kutubxonaning nashrlarning majburiy nusxasini olish hisobiga shakllantiriladigan, shuningdek nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslaridan iborat bo‘lgan axborot-kutubxona fondi milliy madaniy qadriyatlar hisoblanadi va moddiy madaniy meros obyekti sifatida saqlanishi kerak.
7. Milliy kutubxona yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
8. Milliy kutubxonaning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, “Ma’rifat markazi” binosi.
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko‘maklashish;
axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot resurslarini almashish va o‘zaro foydalanish borasida ular bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;
foydalanuvchilarga Milliy kutubxonaning va respublika axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan uzoqdan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatishni ustuvor rivojlantirib, yetakchi xorijiy axborot resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulangan holda axborot-kutubxona muassasalarining yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;
yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish asosida Milliy kutubxonaning kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.
axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
respublika axborot-kutubxona muassasalari fondlarini komplektlashning asosiy yo‘nalishlari, ularni (xalqaro kitoblar almashishni hisobga olgan holda) milliy va chet el nashrlari bilan eng to‘liq ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni, shu jumladan tadqiqot ishlari o‘tkazishni hamda innovatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishni, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida metodik qo‘llanmalar hamda tavsiyalar tayyorlashni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari va metodlarini takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalariga yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, kitob sotish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini ta’minlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda foydalanuvchilarning barcha toifalariga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatadi, foydalanuvchilar tanlashiga ko‘ra axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sharoitlari, shakllari va metodlarini ta’minlaydi;
foydalanuvchilarga Milliy kutubxona hamda mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan uzoqdan foydalanish, qidirish, yetkazib berishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulanishni ta’minlaydigan elektron vositasida masofadan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
foydalanuvchilarni Milliy kutubxona portali orqali xabardor qilish yo‘li bilan, shuningdek ularni qiziqtiradigan yangiliklar to‘g‘risidagi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda (axborot-kutubxona fondini komplektlash, foydalanuvchilar buyurtmalarini bajarish, hujjatlarni elektron vositasida yetkazib berish va boshqalar) interaktiv axborot xizmatlari ko‘rsatadi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun qo‘shimcha xizmat turlari, shu jumladan pulli xizmatlar, shuningdek axborot resurslarini keng qo‘llashda qidirish, maslahat berish, materiallarni tarjima qilish, skanerlash, bosib chiqarish kabi xizmatlar ko‘rsatadi, pulli xizmatlar ro‘yxati va preyskurantlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatadi;
mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining yig‘ma elektron katalogini hamda Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslari elektron katalogini shakllantiradi va yuritadi;
bosma nashrlarni, audio va video materiallarni, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo‘lish, almashtirish, bepul olish yo‘li bilan komplektlagan holda axborot-kutubxona fondini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalar nusxasini oladi;
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni belgilangan tartibda yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini va statistika hisobotini yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) beradi;
axborot-kutubxona fondi saqlanishini, elektron resurslarning axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, kitoblar-manuskriptlar va nodir nashrlarning elektron fondini shakllantiradi;
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Milliy kutubxonani zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan, chet tillarni va axborot-kutubxona faoliyati asoslarini biladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash uchun kadrlarni tanlab olishni tashkil qiladi;
Milliy kutubxona xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba orttirishlarni tashkil etish bo‘yicha uzluksiz ish tizimini amalga oshiradi;
Milliy kutubxona huzuridagi o‘quv-maslahat kurslarida va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlarida axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq o‘z axborot-kutubxona faoliyatining mazmuni va aniq shakllarini belgilash;
respublika axborot-kutubxona muassasalaridan ularning axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida zarur materiallarni so‘rash va olish;
axborot-kutubxona muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha ishlab chiqiladigan qoidalar, nizomlar, yo‘riqnomalar, o‘quv dasturlari va boshqa normativ hujjatlarni kelishish;
tasdiqlangan xizmatlar ro‘yxati va narxlar preyskurantlariga muvofiq. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pulli axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish;
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-kutubxona resurslarini saqlash, ulardan foydalanishning alohida shart-sharoitlarini belgilash;
foydalanuvchilar tomonidan kutubxonaga yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga va Milliy kutubxonadan foydalanish qoidalariga muvofiq qoplash turlari va miqdorlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z axborot-kutubxona fondlaridan, ularning to‘liqligi va butligiga xilof yetkazmasdan axborot-kutubxona resurslarining ortiqcha soni va nusxalarini hisobdan chiqarish, shuningdek ularni axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq sotish;
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish yoki ijaraga olish;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish shartlarini belgilash;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona faoliyati sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarga nashrlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar berish, ularni, shu jumladan milliy madaniy qadriyatlarga va moddiy madaniy meros obyektlariga mansub nashrlarni ekspertizadan o‘tkazish va baholash;
xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanishi, chet tilni bilishi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun moddiy rag‘batlantirish.
Milliy kutubxona o‘z vakolatlari doirasida, o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalardan kelib chiquvchi boshqa huquqlarga ham ega.
Milliy kutubxonada saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslarining saqlanishini, to‘liqligini va butligini ta’minlash;
mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining yig‘ma elektron katalogini va Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslari elektron katalogini shakllantirish;
mamlakatning va Milliy kutubxona elektron kutubxonasining yagona elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish;
axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Milliy kutubxona faoliyatiga belgilangan tartibda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy kutubxonaning shtatlar jadvalini, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Milliy kutubxonaning amaldagi tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori bilan kelishgan holda direktor o‘rinbosarini va ilmiy kotibni lavozimga tayinlaydi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Milliy kutubxona xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini to‘xtatadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Milliy kutubxona xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda Milliy kutubxonaning mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi, kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Milliy kutubxonaning moddiy-texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, axborot-kutubxona fondlari, shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar to‘plamlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, Milliy kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradi.
15. Milliy kutubxonada kollegial organ — yetakchi olimlar, kutubxona rahbarlari va mutaxassislaridan shakllantiriladigan Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi. Milliy kutubxona direktori Ilmiy kengash raisi hisoblanadi, u Ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomni, uning tarkibini, shuningdek Ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi.
16. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Milliy kutubxona qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Milliy kutubxonani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 20-martdagi PQ–1729-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Respublika metodik kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Kengash axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiquvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) huzurida faoliyat ko‘rsatadi.
3. Kengash axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga umumiy metodik rahbarlikni amalga oshirish hamda tartibga soluvchi yagona hujjatlarni ishlab chiqish, axborot-kutubxona faoliyati masalalari bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
4. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
axborot-kutubxona faoliyati va uni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
idoralararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, axborot-kutubxona muassasalarini ular faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish, axborot-kutubxona resurslarini (matn, ovozli yozuv yoki tasvir shaklida) to‘plash, hisobga olish va qidirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etish.
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar, milliy standartlar, tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan tashabbus ko‘rsatadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyati texnologiyasi va metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlari kompleksini tasdiqlaydi, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib boradi;
axborot-kutubxona muassasalari yig‘ma elektron katalogi shakllantirilishining to‘liqligi va sifati, milliy, korporativ va boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini respublika yagona axborot-kutubxona resurs bazasiga integratsiyalash uchun bosma nashrlarning elektron nusxalarini yaratish jadvali bajarilishi monitoringini olib boradi;
axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr etish, ularning adadini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar va axborot markazlarining ish tajribasini almashish maqsadida xalqaro hamda respublika konferensiyalari va seminarlarini tashkil etadi.
7. Kengashning tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish Milliy kutubxona tomonidan amalga oshiriladi.
axborot-kutubxona muassasalari rahbarlarining axborot-kutubxona faoliyatining holati va uni takomillashtirish choralari to‘g‘risidagi axborotini eshitish;
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim masalalarini o‘rganish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi tadqiqot loyihalarini ekspert jihatidan baholash, ular bo‘yicha tavsiyalar va xulosalar berish.
Kengash o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi va har yili Respublika axborot-kutubxona tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengash tarkibiga davlat boshqaruvi, axborot-kutubxona faoliyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi rahbarlar va yetakchi mutaxassislardan bo‘lgan Kengash raisining o‘rinbosari va a’zolari kiradi.
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
11. Kengash raisi Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Kengashga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi
12. Kengash faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
14. Kengash majlislari uning vakolatiga kiradigan masalalar tayyorlanishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
15. Kengash majlislarini tashkiliy-texnik ta’minlash Kengash raisi va uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Kengash qarorlari Kengashning majlisda qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kengashning qabul qilingan qaroridan norozi bo‘lgan a’zosi o‘z fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir, u majlis bayonnomasiga tirkab qo‘yiladi.
17. Kengash qarorlari bajarish uchun axborot-kutubxona muassasalariga ega bo‘lgan manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
20. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) va respublika axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek Milliy kutubxona xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil etiladi. Jamg‘arma xarajatlari yo‘nalishlari alohida tasdiqlanadigan Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) tomonidan belgilanadi. Jamg‘arma mablag‘larini joriy boshqarish Milliy kutubxona tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushuvchi mablag‘lar summasidan 5 foiz miqdoridagi ajratma;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa xorijiy donorlarning Milliy kutubxona tomonidan jalb etiladigan imtiyozli kreditlari va grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma mablag‘larini Milliy kutubxonaga o‘tkazish uchun Moliya vazirligining G‘aznachiligida budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy hisob raqami ochiladi.
mablag‘larning 60 foizi — yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, Milliy kutubxona va respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy ta’minlashga hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
Keyingi tahrirga qarang.
mablag‘larning 25 foizi — Milliy kutubxona xodimlariga lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorida rag‘batlantiruvchi ustamalar belgilashga va zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganlik, xorijiy tilni bilganlik, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning samarali shakllarini joriy etganlik uchun mukofotlashga, shuningdek moddiy yordam ko‘rsatishga;
mablag‘larning 15 foizi — sarflash materiallari va Milliy kutubxonada foydalanilayotgan texnologik asbob-uskunalar uchun butlovchi buyumlar, shu jumladan Milliy kutubxonaning alohida qimmatga ega va nodir nashrlarini restavratsiya qilish, konservatsiya qilish va ularning saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar sotib olishga, shuningdek mahalliy va xorijiy nashrlarni sotib olishga va ularga obuna bo‘lishga.
6. Jamg‘arma mablag‘lari Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) tadbirlarining har yili kelgusi yilga tasdiqlanadigan ro‘yxati asosida Milliy kutubxona va respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy ta’minlashni joriy etish tadbirlarini amalga oshirishga va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, kitoblar sotib olishga va davriy nashrlarga (shu jumladan elektron shakldagi davriy nashrlarga) obuna bo‘lishga yo‘naltiriladi.
Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning kelgusi yilga asosiy ko‘rsatkichlari axborot-kutubxona muassasalarining takliflari asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Milliy kutubxona tomonidan tasdiqlash uchun Idoralararo kengashga joriy yilning 1-noyabridan kechikmay kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tadbirlar uchun foydalanish Jamg‘armaning tasdiqlangan xarajatlar va daromadlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi har yili Milliy kutubxona tomonidan tayyorlanadi va joriy yilning 1-noyabrigacha kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladi.
Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi keyinchalik tasdiqlash uchun joriy yilning 1-dekabrigacha Idoralararo kengashga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma mablag‘lari respublikaning boshqa axborot-kutubxona muassasalari uchun Jamg‘armaning g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamidan axborot-kutubxona muassasalarining tegishli budjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha — ushbu muassasalarga yuklanadi.
10. Sarflash materiallari va Milliy kutubxonada foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar uchun butlovchi buyumlar sotib olish Milliy kutubxona tomonidan ushbu maqsadlar uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasida tasdiqlanadigan mablag‘lar doirasida mustaqil amalga oshiriladi.
11. Milliy kutubxona xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish (ustamalar tayinlash, mukofotlar to‘lash) Milliy kutubxonada tashkil etiladigan Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Maxsus komissiyaning tarkibi Milliy kutubxona direktorining buyrug‘i bilan kamida 7 kishidan iborat etib tasdiqlanadi va Milliy kutubxonaning rahbariyati, kasaba uyushmasi tashkiloti, buxgalteriya, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va boshqa mas’ul xodimlarni o‘z ichiga oladi. Maxsus komissiyaga Milliy kutubxona direktori boshchilik qiladi.
Bunda Maxsus komissiya faoliyatiga va u tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga yuqori turuvchi vazirliklar va idoralarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Maxsus komissiyaning majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa, zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi.
Maxsus komissiyaning qarorlari Komissiyaning majlisda qatnashuvchi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolganda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Milliy kutubxona xodimlariga mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi, yuksak kasb mahorati hamda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga va xizmat ko‘rsatishning samarali shakllarini joriy etishga qo‘shgan aniq shaxsiy hissasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganligi, shuningdek xorijiy tilni bilganligi uchun lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorda rag‘batlantiruvchi ustamalar belgilash;
Milliy kutubxona xodimlarini umumxalq bayramlari va boshqa muhim sanalar munosabati bilan Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga bir lavozim maoshigacha mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
alohida hollarda Milliy kutubxonaning ishga yangi tayinlangan yosh xodimlariga (30 yoshdan oshmagan bo‘lgan xodimlarga) yosh mutaxassislar faoliyati natijalariga qarab ustama miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani keyinchalik ko‘rib chiqqan holda 6 oygacha zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganlik, xorijiy tilni bilganlik uchun lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda ustamalar tayinlash;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 94-modda)
qo‘llaniladigan kutubxona jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan innovatsion va yuqori samarali loyihalarni ishlab chiqqanligi va joriy etganligi uchun 5 lavozim maoshi miqdorigacha bir yo‘la mukofotlar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga egadir.
14. Maxsus komissiyaning Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oylik ustamalar belgilash to‘g‘risidagi qarori uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Maxsus komissiyaning bayonnomasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xodimlarga oylik ustamalar belgilash bo‘yicha Milliy kutubxonaning buyrug‘i chiqariladi.
15. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Milliy kutubxona xodimlariga oylik ustamalar, qoidaga ko‘ra, bir yilga belgilanadi.
Bunda joriy davr (yarim yil, bir yil) uchun Milliy kutubxona xodimlari ishini baholash yakunlari bo‘yicha va ayrim xodimlarning ish sifatida aniqlangan o‘zgarishlar asosida Maxsus komissiyaning qarori bilan oylik ustamalarning belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilishi yoki bekor qilinishi, shuningdek o‘z ishi ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishgan boshqa xodimlarga belgilanishi mumkin.
16. Milliy kutubxona xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moddiy yordam istisno hollarda — ularning murojaatiga ko‘ra yoki Milliy kutubxona kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha (xodimlarning to‘y va yubiley marosimlari, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, og‘ir kasalliklarga yo‘liqish, tabiiy ofatlar oqibatlari va shu kabilar) tegishli xodimning ikki lavozim maoshigacha miqdorda beriladi.
Milliy kutubxona xodimlariga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi qaror muassasa bo‘yicha tegishli buyruq chiqarilgan holda direktor tomonidan qabul qilinadi.
17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga tayinlangan ustamalar, mukofotlar va to‘lanadigan moddiy yordam summasi Milliy kutubxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga olingan daromadlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Milliy kutubxona belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritilishi, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
19. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha Milliy kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
mablag‘lardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi hamda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida Milliy kutubxona direktorining hisobotini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning daromadlari barqaror shakllantirilishini ta’minlash, o‘z vaqtida moliyalashtirish va Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) tadbirlari ro‘yxatini har yili tasdiqlaydi;
Milliy kutubxonaning takliflari bo‘yicha Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va notijorat tashkilotlarini jalb etadi, shuningdek xayr-ehson qiluvchilarning, shu jumladan xorijiy xayr-ehson qiluvchilarning grantlari va mablag‘larini jalb etishda Jamg‘armaga ko‘maklashadi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanishini ta’minlaydi;
daromadlar manbalari bilan bog‘liq holda kutubxona muassasalarining asosiy yo‘nalishlari (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan Idoralararo kengashga takliflar kiritadi;
kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) tadbirlari ro‘yxati bajarilishini tahlil qiladi va monitoring olib boradi hamda tegishli materiallarni Idoralararo kengashga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilar tomonidan ulardan noqonuniy yoxud belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanganligi aniqlangan taqdirda Milliy kutubxona nomidan da’volar qo‘zg‘aydi;
o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.