Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.03.1994 yildagi PF-795-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ VA BOJXONA TOʻGʻRISIDAGI QONUNLARIGA RIOYA ETILIShI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, davlatning yagona soliq va bojxona siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida qoʻshimcha choralar koʻrsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda katta va juda katta miqdorlardagi soliqlarni, bojlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, tovar-moddiy boyliklarni respublikadan tashqariga gʻayriqonuniy ravishda olib chiqib ketish va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ziyon yetkazadigan boshqacha tarzdagi qonunbuzarlik faktlari boʻyicha har tomonlama tekshiruv oʻtkazilib, qonunlarga muvofiq jinoiy ishlar qoʻzgʻatilsin, tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazilsin hamda tergovga tegishli materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi soliq va bojxona toʻgʻrisida qonunlarga qanday rioya etilayotgani borasidagi jinoyatlar hech kechiktirilmay va tezkorlik bilan tergov qilinishini tashkil etib, qilmish uchun jazoning muqarrarligini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublikaning sud organlariga mazkur toifadagi jinoiy ishlar sudlarda eng muhim ish sifatida tezkorlik bilan koʻrib chiqilishini taʼminlash, chiqarilayotgan hukmlar va qarorlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng oshkor qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasiga soliq va bojxona organlaridan huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladigan materiallarni koʻrib chiqish ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash, ushbu materiallar boʻyicha qoʻzgʻatiladigan jinoiy ishlar tergovining borishi, toʻliqligi, sifati va muddatlari ustidan qattiq nazoratni joriy etish taklif qilinsin, sudlar tomonidan shunday ishlar koʻrib chiqilishi chogʻida prokurorlarning albatta qatnashishlari taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori, Oliy sudi raisi, Adliya vaziri, Davlat soliq qoʻmitasining raisi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining raisi sansalorlik, murosasozlik va prinsipsizlik qilganliklari, shuningdek ishlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzganliklari uchun soliq va bojxona organlarining rahbarlarini, shuningdek shahar, tuman prokurorlari va sudyalarini qonunlarga muvofiq qatʼiy javobgarlikka tortsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan organlarning rahbarlari mazkur Farmon bajarilishining ahvolini har kvartalda umumlashtirib, Hukumatga zarur axborotni berib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-795-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)