05.12.2009 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 05.12.2009 yildagi 260-son
Kuchga kirish sanasi
09.01.2010
Hujjat 11.12.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUTUN VA ShAMOLLATISh SANOAT QUVURLARINI IShLATIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 30-dekabr 6-15/11-10660/6-son]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) muvofiq, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 5-dekabrdagi 260-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda sanoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan texnik talablarni, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini koʻzdan kechirishda, tekshirishda, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda ish tartibi va normativ muddatlarni, hamda har bir quvur uchun texnik hujjatlarni rasmiylashtirishda roʻyxat va shakllarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar amalga kiritilishi bilan tutun va shamollatish sanoat Quvurlarini ishlatishda xavfsizlik boʻyicha masalalarni aks ettirgan barcha idoraviy normativ hujjatlar ushbu Qoidalarga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§1. Bexatar ishlatishni tashkillashtirishda asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari qurilish, ishlatish, tekshirish, taʼmirlash, konservatsiya va bartaraf etish ishlarini bajaruvchi barcha tashkilotlar, ularga maʼlum koʻrinishdagi ishlarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar va ularning nazorat qiluvchi organlar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish — yangi qurilish, kengaytirish, qayta qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish — obyektning texnik holatini aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini (keyinchalik matnda quvurlar deb yuritiladi) ishlatuvchi, tekshiruvchi, taʼmirlovchi tashkilotlarda, ushbu koʻrinishdagi faoliyati uchun tegishli vakolati boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quvurlarni ishlatish, konservatsiya qilish va bartaraf etish ishlari meʼyoriy huquqiy hujjatlar talablari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan loyihalar, sanoat xavfsizligi doirasida amal qiluvchi normativ hujjatlar va mazkur Qoidalarga binoan amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishlatish, konservatsiya qilish va bartaraf etish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetlashishlar taqiqlanadi. Loyiha hujjatlaridagi barcha oʻzgarishlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yangi qurilgan, tiklangan yoki ishlayotgan korxonalarda kapital taʼmirlash yoki konservatsiyadan chiqarilib ishga tushirilgan quvurlar komissiya tomonidan amaldagi meʼyoriy va texnik hujjatlar talablariga muvofiq qabul qilib olishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2020-yil 4-noyabrdagi 20/YuB-67-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Gʻishtli futerovkali va ketuvchi gazlarning harorati 100°S dan yuqori boʻlgan gʻishtli, temir beton va metall quvurlar ishlatishga kiritilishidan oldin loyiha hujjatlari talablariga, kapital taʼmirdan soʻng yoki kamida 10 kunlik tanaffusdan keyin ishlatishda esa — ishga tushirishdan oldin quvurni ishlatuvchi korxonaning texnik rahbari bilan tasdiqlangan ishni tashkillashtirish rejasiga binoan quritilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§2. Xavfsizlikning umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quvurlar boʻyoq bilan markalanishi va chiroqli toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak. Quvurlarni kunduzgi markasi va chiroqli toʻsiqlari ularning mavjudligidan xabar berib ular mahalliy hudud fonidan yaqqol ajralib turishi, har tarafdan koʻrinishi va bir-biridan keskin farqlanuvchi qizil (zargʻaldoq) va oq markalovchi ranglari bilan ajralib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tutun quvurlarida yuqoridagi chiroqlar quvur choʻqqisidan 1,5 — 3,0 m pastroqqa joylashtiriladi. Har bir yarusda toʻsiq chiroqlarining soni va joylashishi shunday boʻlishi kerakki, istalgan yoʻnalishdagi uchishda (azimutning istalgan burchagida) kamida ikkita toʻsiq chiroqlari koʻrinib turishi kerak. Chiroqli toʻsiqlar sutkaning qorongʻi vaqtlarida (quyosh botishidan to tonggacha), shuningdek sust va qiyin koʻrinish hollarida (tuman, tutun, qor, yomgʻir yogʻishida va h. k.) sutkaning yorugʻ vaqtlarida ham ishga tushirilishi shart. Quvurni tepa nuqtalariga ikkitadan chiroq oʻrnatiladi (asosiy va zaxira). Ular bir vaqtning oʻzida ikkalasi yoki asosiy chiroqni ishdan chiqishida zaxiradagisi avtomatik tarzda yonishi uchun qurilma mavjud boʻlganida bittasi ishlaydi. Yoritish armaturasi sozligini kuzatish ishlari har kuni chiroqlar yoqilgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quvurlarni ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish tartibi meʼyoriy hujjatlar, hamda mazkur Qoidalarni inkor etmagan holda, ishlab chiqarishni alohida sharoitlarini koʻzda tutishga imkon beruvchi amaldagi tizim normativ hujjatlarining talablariga javob berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish va montaj ishlarini bajarishda qurilish meʼyorlari va qoidalari, hamda qurilishda texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quvurlarning qurilishi, bexatar ishlatishi va bartaraf etilishida ishlatilayotgan mexanizmlar, yuk koʻtaruvchi mashinalar, qurilmalar va asboblar mehnat xavfsizligining amaldagi standartlari, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoidalari va ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalariga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi va ishlatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quvurlarni ishlatishda foydalanilayotgan shaxsiy himoya vositalari davlat standartlari, hamda himoya vositalaridan foydalanish va sinashga doir amaldagi qoidalar talablarini qondirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quvurlarning qurilishi, ishlatilishi va bartaraf etilishida ish bajarayotgan xodimlar mehnatini muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnoma mazkur Qoida talablarini inobatga olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Texnik holatni asrash va uni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quvurdan foydalanuvchi tashkilot (keyinchalik ishlatuvchi korxona) rahbari ishlatish xavfsizligiga, quvurning oʻz vaqtida tekshirilishi va taʼmirlanishiga sharoit yaratib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quvurlarni ishlatuvchi har bir korxonada quvurlarga xizmat koʻrsatish, ishlatish xavfsizligi va oʻz vaqtida taʼmirlanishi uchun texnik nazorat xizmati tashkil etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona boʻyicha buyruq bilan sex, ishlab chiqarish rahbarlaridan yoki boshqa tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassislar orasidan texnologik agregatlar quvurlarining texnik holatiga va ishlatish xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha masʼul xodimlar tayinlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishlatuvchi korxonaning malakali mutaxassislari boʻlmasa va quvurlarga texnik xizmat koʻrsatish, bexatar foydalanish va oʻz vaqtida taʼmirlash ustidan shaxsiy nazorat xizmatiga egalik qilish imkoniyati yoʻq hollarda nazorat tegishli vakolatga ega ixtisoslashgan tashkilotlar kuchi bilan amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quvurni ishlatuvchi har bir korxonada mazkur Qoidalar talablariga muvofiq davriy koʻzdan kechirish, tekshirish, quvur tanasining tikligini va poydevorining choʻkish hollarini koʻrikdan oʻtkazish jadvali ishlab chiqilgan boʻlib, texnik rahbar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir quvur uchun uning texnik tavsifi, ishlatishga kiritilgan sanasi, tutun gazlarining tavsifi, taʼmirlash va barcha koʻrinishdagi konstruktiv oʻzgartirishlarda tekshiruvlar natijasi boʻyicha texnik holati kabi maʼlumotlarni mujassamlashtirgan texnik pasport tuzilgan boʻlishi kerak (mazkur Qoidalarga 1-ilova*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishlatuvchi korxona har bir quvur uchun quyidagi texnik hujjatlarni saqlashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurib bitirilgan sanoat quvurini ishlatishga qabul qilish dalolatnomasi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvurning ishchi chizmalari toʻplami, bunda bajarilgan ishlar shu chizmalarga muvofiq ekanligini tasdigʻi yoki loyiha avtori bilan kelishilgan holda, chizmalarga kiritilgan oʻzgartirishlar koʻrsatiladi. Aytib oʻtilgan ishchi chizmalarning komplekti ekspluatatsiya hujjatlari deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlarini bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini belgilovchi sertifikatlar, texnik pasportlar va boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin ishlarning qabul qilinganligi dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish jurnallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilish, konservatsiyadan chiqarish yoki taʼmirlash ishlari tugaganidan soʻng quvurni ishlatishga kiritishdan oldin quritish va qizdirish ishlarini bajarish dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) haqiqiy ish rejimi haqdagi maʼlumot (chiqarilayotgan gazlarning harorati, hajmi va tarkibi), koʻzdan kechirish, bajarilgan taʼmirlash dalolatnomalari va ixtisoslashgan tashkilot tomonidan bajarilgan tekshiruv natijalari boʻyicha xulosalar bilan quvurni ishlatish jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) olingan tasvir sxemalari bilan qurilish jarayonida quvurdagi ogʻishlar va choʻkishlarni nazorat qilish jurnali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quvur boʻyicha ekspluatatsiya hujjatlarining mavjudligi va yuritilishi yuzasidan ishlatuvchi korxona javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ishlatish talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ishlatuvchi korxona quvurlarni ishlatish davrida loyihada belgilangan harorat-namgarchilik sharoitlariga rioya etilishini taʼminlashi kerak. Bunday vaziyatlarda quyidagilar taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) issiqlik agregatlarida (uskunalarda) yoqilgʻining toʻliq yonishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) saqlagich klapanlar hamda tutun nasoslari va yoʻlaklaridagi qurilmalarning soz holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quvurda gazlarning yonish holatlarini toʻliq va soʻzsiz mustasno etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shiber, gaz yoʻlaklari va ularning ulanish joylaridagi nozichliklardan havo soʻrish oqibatlarining bartaraf etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quvurga loyihada belgilangan qiymatlardan yuqori namgarchilik, yuqori yoki past haroratli kimyoviy agressiv gazlarning kirib kelish hollarining mustasno etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Texnologik agregatlarning (uskunalarning) ishlashida ishlatuvchi korxonalar tarafidan ketuvchi gazlarning kimyoviy tarkibi va haroratining muntazam ravishdagi nazorati taʼminlanishi, quvur ishining loyihaviy rejimlarini tiklash boʻyicha choralar oʻz vaqtida koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi turi oʻzgarganida, ketuvchi gazlarning harorati, hajmi yoki kimyoviy tarkibini loyihaviy qiymatlari oraligʻida tutib turish imkoniyati boʻlmaganida, texnologik agregatlarni (uskunalarni) issiqlik texnikasi toʻliq sozlanishi yoki inshootning keyingi ishlatilishi boʻyicha tegishli tavsiyalar olish uchun ixtisoslashgan tashkilotga murojaat qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Katta miqdordagi kul zarralarining chiqib ketishi bilan ifodalanuvchi tutun gazlari olib ketilgani, kulxonalar, hamda tutun quvurlari kallaklari, ularga oʻtirib qolgan kullardan vaqti-vaqti bilan tozalanishi zarur. Tozalash ishlari texnologik agregatlar taʼmirlanishi uchun toʻxtatilgan vaqtda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quvur poydevori ostida negizining notekis choʻkishini oldini olish uchun quyidagilar zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish davrida quvur poydevori uchun qazilgan chuqurlar poydevor qurib bitirilishi bilanoq zudlik bilan tuproq bilan toʻldirilishi va zichlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quvur perimetri boʻyicha qiya ariqlar va yer usti suvlarining oqishi uchun sel kanalizatsiyalarining soz holati kuzatib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quvur poydevoridan 100 m uzoqlikkacha joylashgan suv quvuri va kanalizatsiya tizimlarining soz holati kuzatib borilishi va zarur hollarda ularning suv oʻtkazmaydigan yer osti yoʻlaklariga joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quvurdan 40 m gacha oraliqda joylashgan temir yoʻllarda poyezd va boshqa mexanizmlarning harakatlanish tezligi cheklatilishi (5 km/h gacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) temir yoʻl sostavining harakatlanishi yoki portlatish ishlari oqibatida seysmik taʼsirlar, hamda quvur yaqinida mashina va mexanizmlarning yerni bir maromda tebrantirib ishlashi, shuningdek tebranishni uzatmaydigan boʻshoq materiallar bilan toʻldirilgan poydevor asosigacha chuqurlikda qazilgan xandak maxsus soʻndiruvchi qurilmalar loyihada hisoblab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quvur yaqinida yangi inshootlar qurilganida quvur poydevori osti negizini tutib turish qobiliyatining buzilishiga yoki notekis choʻkishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choralar koʻrilishi. Yondosh poydevorlar bir biriga tutashgan joylarda va bu poydevorlar chuqurlarining taʼsirlanish doirasida (hisoblab topiladi) chuqurlarning tubi quvur poydevori tubi bilan bir sathda joylashtiriladigan boʻlsa, u holda avval quvur poydevori tubi sathidan 0,4 — 1,0 m chuqurlikda shpun qatori qoqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quvurga gaz yoʻlaklarining ulanish joylarida quvur tanasini (poydevorini) gaz yoʻlagidan ajratuvchi deformatsion choklar sifati, hamda germetikligini nazorat qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yer osti suvlarining sathi kulxona tubi nishonidan yuqorilab ketgan hollarda, shuningdek poydevor materialiga nisbatan agressiv yer osti suvlari mavjudligi hollari, uning tashqi yuzasi suvning maksimal sathidan 0,5 m balandlikda gidroizolatsiyalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) loyiha tashkiloti bilan kelishilmagan holda quvurlarga qoʻshimcha issiqlik agregatlarini yoki shamollatuvchi kanallarni ulash, shuningdek ishlatishning harorat- namgarchilik sharoitlarini oʻzgartirish, tanani ustiga qurish, quvurning poydevori va qobigʻini qoʻshimcha teshish va oʻyish, quvurlarga reklama, antenna va boshqa qurilmalarni oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) svetofor, kuzatish maydonchalari va quvur narvonlarida begona jismlar toʻplanishiga yoʻl qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quvurning tsokol qismida va unga yaqin joylarda yonuvchi, portlovchi moddalar va materiallarni saqlash, quvur yaqiniga materiallar omborxonasini joylashtirish va axlatlar toʻplanishiga yoʻl qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quvurdan 30 m dan kam oraliqda kislota, ishqor va boshqa poydevor materiallariga nisbatan agressiv mahsulotlar omborini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quvurga yaqin hududlarga ishlab boʻlingan suv va bugʻlarni chiqarib tashlash, hamda yomgʻir suvi oqimiga eʼtibor berilmasligiga yoʻl qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quvurga yaqin joyda uzoq muddatga chuqur va xandaklarni ochiq qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quvur poydevori tubidan pastda yer osti suvlarini soʻrib chiqarish maqsadida quduqlarni kavlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) maxsus tayyorgarlikdan oʻtmagan va balandlikda ishlashga ruxsatnomasi boʻlmagan odamlarni tutun quvuriga koʻtarilishi qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Texnologik agregatlar (uskunalar) 6 oydan ziyod muddatga toʻxtatilganida, ularga xizmat koʻrsatayotgan quvurlarni saqlashga tayyorlash boʻyicha ishlar bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Quvur konstruksiyasi elementlaridagi nuqsonlar va shikastlanishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quvurdagi nuqsonlar — bu konstruksiyalar, ularning elementlari va materiallari sifati, shakli va haqiqiy oʻlchamlarini meʼyoriy hujjatlarda yoki loyihada belgilangan talablardan ogʻishi boʻlib, ular loyihalashtirish, tayyorlash, qurish yoki oʻrnatish jarayonida hosil boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstruksiyalar va materiallarni tayyorlash va tashish vaqtida hosil boʻlgan nuqsonlar ularni ishlatishdan oldin, qurish va oʻrnatishdagi nuqsonlar esa — inshootni ishlatishga qabul qilishdan oldin aniqlanishi va bartaraf etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Quvurdagi shikastlanishlar — bu konstruksiyalarni ishlatish mobaynida, ularning sifati, shakli va haqiqiy oʻlchamlarini normativ hujjatlarda yoki loyihada belgilangan talablarga toʻgʻri kelganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quvur konstruksiyasidagi shikastlanishlar mexanik (kuchlanish, harorat-namgarchilik), kimyoviy va murakkab taʼsirlar natijasida vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kuchlanish taʼsiridagi shikastlanishlar konstruksiyaning haqiqiy ishlash sharoiti hisoblangan ishlash sharoitiga muvofiq emasligi tufayli vujudga keladi va mahalliy buzilishlar sifatida (uzilishlar, yoriqlar, gʻisht siniqlari, beton armaturasini boʻylama qavariqlanishi va boshqalar), shuningdek inshoot elementlarining haddan tashqari deformatsiyalanishi (tananing qiyshayishi, poydevorning ogʻishi va choʻkishi, tana, metall konstruksiyasining devori va futerovkasi qavariqlanishi va qiyshayishi va boshqalar) shaklida koʻzga tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Harorat-namgarchilik taʼsiridagi shikastlanishlar tik va yuza yoriqlar tizimining hosil boʻlishi, gʻisht va betonning qatlamlarga ajralishi, quvurning tashqi yuzasiga chiqqan holda kondensatning hosil boʻlishi, qish mavsumida yaxlash bilan koʻzga tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kimyoviy taʼsirdan shikastlanish agressiv muhit taʼsiridan vujudga keladi, betonning, qorishmaning, metallning kimyoviy va elektr kimyoviy korroziyasi, himoya qatlamlarining buzilishi bilan koʻzga tashlanadi va katta buzilishlarga olib keluvchi sifatida juda xavfli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Koʻzdan kechirish dalolatnomalarida va tekshiruv natijalari boʻyicha xulosalarda quvur konstruksiyasidagi nuqson yoki buzilishlarning quyidagi alomatlari yuzasidan oʻrnatiladigan xavflilik darajasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” — quvurlarning asosiy tutib turuvchi konstruksiyalarining buzilishiga bevosita xavf tugʻdiruvchi nuqson va shikastlanishlar, tananing meʼyorlarda ruxsat etilmagan egilishi va bukilishi, aylana boʻylab 1 m dan ziyod hududlarda tik armatura oʻzagining bukilishi bilan betonning himoya qatlamining oʻyilishi va qatlamlarga ajralishi, gʻisht bilan terilgan tananing 20 mm dan ziyod chuqurlikka, qorishmaning — 40 mm dan ziyod chuqurlikka buzilishi (qatlamlarga ajralishi), futerovka hududlarining 1 m2 dan ziyod koʻchishi, metall quvurlarini meʼyoriy chegaralardan chiquvchi mahalliy egilishlari, taygalarning birikkan joylaridagi boltlarning kesilishi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“B” — quvurning asosiy tutib turuvchi konstruksiyalarining bevosita buzilish xavfini tugʻdurmaydigan, lekin keyinchalik boshqa element va tugunlarning shikastlanishiga olib keladigan yoki shikastlanishlar rivojlanib “A” toifasiga oʻtib ketish hollarini keltirib chiqaradigan nuqsonlar va buzilishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V” — mahalliy xarakterdagi nuqsonlar va shikastlanishlar. Ularning keyingi rivojlanishi quvurlarning asosiy tutib turuvchi konstruksiyalariga taʼsir etmaydi (yurish narvonlar, svetofor maydonchalari, toʻsiqlar va boshqalarning shikastlanishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Koʻzdan kechirish dalolatnomalarida va tekshiruv natijalari boʻyicha xulosalarda quvurning quyidagicha sinflanuvchi texnik holati haqida xulosa chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soz holati — quvurning barcha elementlari amaldagi normativ va loyiha hujjatlari talablarini qondiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishga yaroqli — ishlab chiqarish jarayonini taʼminlash va quvurning keyingi bexatar foydalanish talablari qoniqtiriladi, lekin amaldagi standartlar va loyiha hujjatlaridan sezilarsiz darajada chetlashishlar mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) cheklangan holda ishga yaroqli — maʼlum bir cheklanishlarni koʻllab, konstruksiyalar holati, texnologik jarayon oʻlchamlari, yuklamalar va taʼsirlar yuzasidan nazorat qilish, shuningdek aniqlangan nuqsonlar va shikastlanishlarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqqan holda, quvurning keyingi ishlatilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishga yaroqsiz (halokatli) — keyingi ishlatishni mustasno qiluvchi asosiy element yoki umuman inshootning tutib turish qobiliyati yoʻqolishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Quvurlardagi “V” toifali nuqson va shikastlanishlarni va sezilarsiz rivojlangan “B” toifasidagi ayrim shikastlanishlarni ishlatuvchi korxonalarning loyiha-konstruktorlik boʻlimlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik hujjatlar boʻyicha bartaraf etishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” toifasidagi nuqson va shikastlanishlar va tez rivojlanib “A” toifasiga oʻtishga moyil boʻlgan “B” toifasidagi shikastlanishlar qatʼiy ravishda ushbu koʻrinishdagi faoliyati litsenziyalangan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan texnik hujjatlarga muvofiq bartaraf etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Holatini texnik nazorat qilish va koʻzdan kechirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Quvurlarning tashqi va ichki konstruksiyalarini muntazam kuzatish, davriy va navbatdan tashqari koʻzdan kechirish va ularni kompleks tekshirish tizim yoʻriqnomalariga muvofiq bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Muntazam ravishda kuzatish texnologik agregatlar (uskunalar) quvurlarining texnik holatini nazorat qilish boʻyicha javobgarlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Quvurlarning davriy tashqi tarafidan koʻrikdan oʻtkazish ishlarini tegishli boʻlinma rahbari tomonidan tayinlangan hayʼat, ishlatuvchi korxonaning texnik rahbari tasdiqlagan jadval boʻyicha, ammo kamida bir yilda bir marta (bahorda) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quvurlarning davriy ichki tarafidan koʻrikdan oʻtkazish ishlari ular ishlatishga kiritilgan vaqtdan 5 yildan soʻng, keyinchalik esa faqat zarur boʻlganida, gazlarni quvurga chiqaruvchi texnologik agregatlar oʻchirilishida, ammo 5 yildan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻisht va monolit futerovkali quvurlarni ichki tarafidan koʻrikdan oʻtkazish ishlari infraqizil texnikasi yordamida teplovizor tekshiruvi bilan almashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda tekshirish chastotasi 5 yilda kamida 1-marta boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Seysmik xavfli zonalarda, ishlar olib borilayotgan hududlarda, choʻkuvchi yer va negizlarga joylashtirilgan quvurlar, shuningdek ular yuqori namlik, ketuvchi gazlarning ortiqcha bosimi sharoitida va boshqa noxush omillar mavjudligida ishlatilganida, obdon sinchiklab koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Quvurlarning navbatdan tashqari tashqi, ayrim hollarda esa — ichki konstruksiyalarini ham koʻrikdan oʻtkazish ishlari tabiiy ofatlar (toʻfon, yer silkinishi, yongʻin va shu kabi), gumburlashlar, inshootni ishlatish sharoitiga taʼsir etuvchi texnologik agregatlardagi jarayonlar tartibining keskin oʻzgarishidan soʻng zudlik bilan, shuningdek nazorat organlari talablari yoki ekspert tashkilotning xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir halokat (insident) dalolatnoma tuzgan holda, tekshirib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Quvur holatini texnik nazorat qilish natijalari ishlatish jurnalida qayd etilishi lozim. Jurnalda muntazam ravishda kuzatish, davriy va navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazish, aniqlangan buzilishlar va nuqsonlar haqida barcha maʼlumotlar, ularni bartaraf etish choralari, taʼmirlash ishlarini tashkillashtirilishiga va bajarilishiga masʼul xodimlarni koʻrsatgan holda, bajarish muddatlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Barcha koʻrinishdagi koʻzdan kechirishlar dalolatnoma tarzida rasmiylashtirilishi kerak. Topilgan shikastlanishlar, ularning oʻlchamlari koʻrsatilgan holda, tutib turuvchi tananing tashqi yoki ichki yuzasi yoki gazni olib ketuvchi quvur tanalarining yoyib koʻrsatilgan sxemalarida koʻrsatilishi kerak. Eng katta hosiyatli va xavfli shikastlanishlar ularning rivojlanish dinamikasini kuzatish maqsadida foto yoki video suratga olish bilan qayd qilib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Koʻzdan kechirish jarayonida quvurdagi topilgan nuqson va shikastlanishlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish yuzasidan javobgarlik ishlatuvchi korxona rahbariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Quvur tanasi tashqi yuzasini koʻzdan kechirish ishlari dastlab optik qurilmalar yordamida koʻrikdan oʻtkazilgan yuruvchi narvon, svetofor maydonchalaridan turib, shuningdek koʻtaruvchi moslama yoki bino va inshootga qoʻshni joylashgan konstruksiyalardan turib binokllar, yuqori aniqlikdagi videokameralar va boshqa optik texnikalar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Quvur tanasini tashqi tarafdan koʻzdan kechirishda tutib turuvchi konstruksiyalarning holati: gʻisht terilishi, beton, betonning armatura bilan jipslashish zichligi, undagi mavjud ochilib qolishlar va bukilishlar, tik yoriqlarning mavjudligi va kengligi, betonning himoya qatlamini qatlamlarga ajralishi, betonning sust zichlangan hududlarini mavjudligi va kattaligi, konstruksiyalar holati, metallning korroziyalanish darajasini baholash, lak boʻyoq qoplamasining holati, payvandlash choklari, parchinmix va bolt birikmalarining butligi, yurish narvonlarining quvur tanasiga mahkamlangan joylaridagi shikastlanishlari, vint tutqichlari, ularning mahkamlanish tugunlari holati va boshqa koʻrish bilan ajratib boʻladigan va baholanadigan nuqsonlar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Futerovkani va gazni olib ketuvchi quvur tanasini ichkari tarafidan koʻzdan kechirish ishlari maxsus ruxsat boʻyicha, xizmat koʻrsatilayotgan agregatlar toʻxtatilib, ulardan quvur ajratilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Futerovkani va gazni olib ketuvchi quvur tanasini ichkari tarafidan koʻzdan kechirish ishlari koʻtaruvchi moslamalar yordamida, optik texnikalardan foydalangan holda, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Futerovkaning koʻchish belgilari yoki quvur negizidagi mavjud qoʻporilishlar, kimyoviy yemirilish natijasida vujudga kelgan futerovkadagi gʻisht va qorishmalarning buzilishi, gʻisht koʻchkilari, suvoqning qatlamlarga ajralishi, kesimlarga ajratgichdagi futerovka yoki ajratuvchi devorining koʻrinuvchi abraziv eyilishlar topilgan holatlarda, quvurning ichki yuzasi butun uzunligi boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan koʻtaruvchi moslama yordamida asliy koʻzdan kechirilishi kerak. Bunda, futerovkaning koʻchish alomatlari boʻlmasa — “pastdan tepaga” sxemasi boʻyicha, koʻchishlar mavjud boʻlganida faqat “tepadan pastga” sxemasi boʻyicha koʻzdan kechirish ishlarining bajarilishiga ruxsat beriladi. Pastga tomon yoʻnalishda futerovkani osilib turgan hududlari, qatlamlarga ajralgan suvoqlar va garnisajlar quvur ichkarisiga tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Futerovkani koʻzdan kechirish ishlarini ichki video suratga olish uchun maxsus apparaturadan foydalanilgan holda, xizmat koʻrsatilayotgan agregatni toʻxtatmasdan turib, amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. “Quvurdagi quvur” turidagi quvurlarning oraligʻi koʻzdan kechirilishi ichki yurish narvonlari va toʻsiqlaridan turib, bajarilishi kerak. Bunday vaziyatlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) temir beton tanasining ichki yuzasi, betonlashdagi ishchi choklar, kremniy — betonli, metall, gʻishtli gazni olib ketuvchi konstruktiv elementlar yoki kompozitli gazni olib ketuvchi tanalarning holati tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birikma va kompensatorlar, payvand choklari, issiqlik qoplamasi, tortqi va osmalar mahkamligi, toʻsiqlar, koʻzdan kechirish maydonchalari va narvonlarining metall konstruksiyalari, yurish skobalar holati aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) materiallarning yemirilish darajasi baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Metall quvurlarni koʻzdan kechirishda quyidagilar tekshirilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yemirilishga qarshi qatlam, shikastlanishlar mavjudligi hollari — metallning korroziyalanish chuqurligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) metall gʻilofini, payvand choklarini, boltli va parchinmixli birikmalarning butligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) vint tutqichlari holati va ularning tugunlarini quvur gʻilofiga va anker qurilmasiga mahkamlanish sozligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quvur osti kursilari va quvurni poydevorga anker bilan mahkamlanish holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Quvurlarni koʻzdan kechirishda, ularda loyihada koʻrsatilganidek nazorat oʻlchash asboblari, yashindan himoyalovchi moslamalarning mavjudligi va sozligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Quvurlarning yashindan himoyalovchi moslamasi loyiha boʻyicha bajarilishi kerak. Yerga tutashtirish konturi har yili tekshirilishi kerak. Konturning qarshiligi 50 Ω dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har yili chaqmoqlar mavsumi boshlanishidan oldin yashindan himoyalovchi moslama yashinni tutuvchidan to yerga tutashish konturigacha soz holatda ekanligi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Quvur tanasini yoki quvurlar oraligʻini koʻzdan kechirish bilan bir vaqtda, albatta tutun traktini, uning issiqlik muhofazasi holatini belgilovchi nozichliklar va havo soʻrish hollari mavjudligini aniqlash uchun koʻzdan kechirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Quvurlar ogʻishi va poydevor choʻkishi ustidan bajariluvchi geodezik usuldagi kuzatuv ishlatishning birinchi yilida 3 marotaba, ikkinchi yilida 2 marotaba, keyinchalik yiliga bir marotaba amalga oshirilishi kerak. Choʻkishlar barqarorlashganidan keyin (yiliga 1 mm dan oshmagani hollarda) oʻlchashlar besh yilda bir marotaba bajariladi. Quvur tepasining eng katta ogʻishi ushbu qoidalarning 2-ilovasida* keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Quvur ogʻishini oʻlchash natijalari (sanasi koʻrsatilgan holda), suratga olish sxemalari va inshootdagi oʻlchangan deformatsiyalarning normalar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar bevosita oʻlchash ishlarini amalga oshirgan shaxslar yoki ularning rahbarlari tomonidan imzolanadi va quvur texnik pasporti bilan umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻlchash ishlari amalga oshirilgan nuqtalar qayd qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Quvur ogʻishini aniqlashda quyoshning quvur tanasini bir taraflama qizdirishi taʼsirini mustasno etish maqsadida quyoshsiz kunda yoki erta tongda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Quvurlarning ogʻishi va choʻkishini navbatdan tashqari oʻlchash ishlari inshootlardagi deformatsiyalar koʻpayishi alomatlari yaqqol yoki bilvosita kuzatilganida (quvur tanasidagi yaqqol koʻrinib turgan ogʻish yoki egilishlar, tananing tashqi tarafidagi yuzasida gorizontal yoriqlarning yoki gaz yoʻlagini quvur qobigʻi bilan tutashuv choklari, qiya ariqlarni birikish joylaridagi yoriqlarning kengayishi va boshqalar), hamda tabiiy ofatlar va halokatlardan keyin amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida tilga olingan alomatlarga koʻra quvurlardagi ogʻish va choʻkishlar zudlik bilan navbatdan tashqari oʻlchanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Quvurning ogʻishi ruxsat etilgan qiymatlaridan oshib ketganida undan keyingi foydalanishga yaroqliligi haqidagi qarorni ishlatuvchi korxona chiqaradi. Qaror ixtisoslashgan korxonaning, u bajargan har tomonlama tekshiruvi va inshoot konstruksiyasining haqiqiy ishini hisobga olgan holda, tekshirish hisob-kitoblari natijalari boʻyicha bergan xulosasiga asoslangan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Tekshirish ishlarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Sanoat quvurlarini tekshirish ishlari quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quvurning tashqi yuzasini koʻrikdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gazni olib ketuvchi tana yoki futerovkaning ichki koʻrigini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “quvurdagi quvur” turidagi quvurlar orasini koʻrikdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shikast yetkazmagan holda, nazorat uslublarini qoʻllash bilan materiallarning mustahkamligi va holatini aniqlash, namunalarni tanlash va laboratoriya sinovlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) negiz va gidrogeologik tuproqlar tavsiflarining oʻzgarishini, mavjud boʻlsa agressiv taʼsirni tadqiqot qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quvurning ogʻishi, qiyshayishi va choʻkishini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) harorat-namgarchilik, gaz va aerodinamik rejimlarni oʻlchash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) topilgan nuqsonlar va shikastlanishlarni eʼtiborga olgan holda, tana va konstruksiyalarni tutib turish qobiliyatini hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) shikastlanishlarning ehtimoliy sabablarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) xulosalarni rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tutib turuvchi tana, futerovka yoki gazni olib ketuvchi tanalardan sinash uchun materiallar zaruriy boʻlganida, chuqur shikastlangan joylardan olinadi. Gazni olib ketuvchi metall tanalaridan sinashga materiallarni olish uchun elektr yoyli yoki gaz alangasi bilan kesishdan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Harorat-namgarchilik, gaz va aerodinamik rejimlarni oʻlchash ishlatuvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Bunda issiqlik texnikasi agregatidan to quvurgacha boʻlgan gaz trakti, quvur tanasi, tana va futerovka orasidagi tirqish yoki quvurlar oraligʻi boʻyicha rejim xaritalari tuziladi. Oʻlchashlar loyihada belgilangan maxsus joylarda, bunday joylar mavjud boʻlmagani hollarda gaz yoʻlaklariga kirish joylarida va sinashga materiallar olingan nishonlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Quvur tanasi yuzasidagi mahalliy harorat anomaliyasini, yaʼni betonlashdagi sifatsiz choklar, tutib turuvchi tanadagi yoriqlar, tana materialini gaz singishga boʻlgan qarshiligining kamayishi, tana yoki futerovkaning buzilgan joylari, issiqlik qoplamasining shikastlanishi yoki mavjud emasligi va h.k.ni hosil qiluvchi infraqizil texnikasi (teplovizor tekshiruv) yordamida aniqlash ishlari asl tekshiruvlar oʻrnini bosmaydi, lekin asl tekshiruvlardan avval amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Quvurlarning rejadagi tekshiruvi quvur ishlatishga kiritilishi bilan bir yildan soʻng amalga oshiriladi, keyinchalik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) gʻishtli va aerodinamik quvurlardagi oʻtuvchi gazlar noagressiv yoki kuchsiz agressiv boʻlsa — 20 yildan soʻng, gazlar agressiv va namgarchiligi yuqori boʻlsa (kondensat hosil qilish bilan) — 15 yildan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) temir beton monolitli quvur 15 yildan soʻng, yigʻma quvurli 10 yildan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) metall quvurlar 10 yildan soʻng, kompozit materiallardan quvurlar 5 yildan soʻng. Keyingi tekshiruvlar har besh yilda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Quvurlarni tekshirish muddatlari xizmat koʻrsatiluvchi texnologik agregatlar (uskunalar)ning rejadagi taʼmirlash muddatlari bilan moslashtirilishi kerak. Tekshiruvlar inshootni barcha konstruktiv elementlarini qamrashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Quvurlarning texnik holatini va qoldiq resursini aniqlash boʻyicha navbatdan tashqari tekshiruvi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “A” va “B” toifadagi shikastlanishga olib kelgan tabiiy ofatlardan (toʻfon, yer silkinishi, yongʻin va shu kabilar) keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “A” va “B” toifadagi shikastlanishga olib kelgan “gumburlash”lardan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quvurning ogʻishi ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gʻisht yoki temir beton tana devorining qisman buzilishi aniqlansa, metall quvur qoplamasida kuyindilar hosil boʻlsa, yuza va tik yoriqlar paydo boʻlsa, aylana boʻylab 1 m dan ziyod hududlarda betonning himoya qatlamida oʻyimlar va qatlamlarga ajralish hollari oqibatida vertikal armatura sterjenlari qiyshayib chiqib qolsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) futerovka hududlarining koʻchishida, ajratuvchi devorlar qulab tushishida, ichki tanani teshib oʻtish bilan shikastlanishida, gʻishtli kallaklar va boshqa tutib turuvchi elementlar buzilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quvur tanasining nam va bugʻdan muhofazasi yoki futerovkaning bugʻdan izolatsiyasi buzilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tananing gʻisht terimlarini 20 mm dan ziyod, qorishmalarni 40 mm dan ziyod chuqurlikkacha buzilishida (qatlamlarga ajralish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) temir-beton tana yuzasining muntazam ivishi yoki yaxlashidan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) tekshiruv yoki ishlatishning meʼyoriy muddatlari tugaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) kapital taʼmirlash yoki tiklash zaruriyatini aniqlash maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) quvur tiklangandan soʻng yana ishga tushirilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) nazorat organlarining buyrugʻi bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. “A” toifasidagi nuqson yoki shikastlanish topilgan hollarda tekshiruvni bajarish muddatlari bir oydan, agar topilgan nuqson yoki shikastlanishlar “B” toifasida boʻlsa, bir yildan kechiktirmagan tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Tekshirish ishlari tegishli vakolatga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quvurlar tekshiruvini amalga oshirayotgan tashkilot ixtisoslashgan boʻlinmaga ega boʻlishi kerak. Boʻlinma shahodat sinovidan oʻtgan, tibbiy hayʼati tomonidan balandlikda ishlashga ruxsat etilgan va amaliy ishlarda tajribaga ega malakali ishchilar bilan jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Futerovkani tekshirishda quvur tanasi bilan futerovka orasidagi qatlamning issiqlik muhofazasi holati, hamda tananing korroziyaga qarshi himoyasi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Tekshiruvlar jarayonida xavfli deformatsiyalar, nuqsonlar, shikastlanishlar yoki inshootning buzilishi mumkin boʻlgan boshqa alomatlar kuzatilsa, bunday hollarda tekshiruv ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot rahbari zudlik bilan bu haqida ishlatuvchi korxona rahbariga yozma ravishda xabar berishi va xabarnoma nusxasini “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlariga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ixtisoslashgan tashkilot rahbari bilan kelishilgan quvurning texnik holatini baholash boʻyicha tekshiruvni amalga oshirish texnik vazifasi (3-ilova*), ishlatuvchi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ishlatuvchi korxona tekshiruv ishlarining bajaruvchisiga quyidagi texnik hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tekshirilayotgan sanoat quvurining texnik pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlarni bajarishda amalga oshirilgan barcha oʻzgartirishlarni va bu oʻzgartirishlar loyihani ishlab chiqqan loyihalashtirish tashkiloti bilan kelishilganligi haqida belgilarni aks ettiruvchi chizmalar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) inshootni ishlatish boʻyicha texnik jurnal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) geodezik tasvir materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) koʻzdan kechirish natijalarining dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) halokatlarni va inshootni ishlatish sharoitiga taʼsir etuvchi texnologik oʻlchamlarning ogʻishini tekshirish dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ilgari bajarilgan tekshiruvlarga ixtisoslashgan tashkilot xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) bajarilgan taʼmirlash ishlari haqida hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ketuvchi gazlarning haqiqiy koʻrsatgichlarini tasvirlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) tekshiriluvchi quvur joylashgan hududning muhandis-geologik sharoiti boʻyicha hisobotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Texnik hujjatlar va texnik vazifalar asosida tegishli vakolatga ega korxona tomonidan quvurni tekshirish dasturi tuzilishi va tasdiqlanishi, ishlatuvchi korxona rahbari boʻlishi kerak (mazkur qoidalarga 4-ilova*).
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2020-yil 4-noyabrdagi 20/YuB-67-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Tekshiruvni amalga oshirish boʻyicha ishlar naryad-ijozat bilan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tekshiruv natijalari xulosa koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Xulosalarda quvurning konstruktiv elementidagi kuzatilgan asosiy nuqsonlar va shikastlanishlar tavsifi, ularning hosil boʻlishi sabablari koʻrsatiladi, keyingi xavfsiz ishlatilishi mumkinligi (yoki mumkin emasligi) koʻrsatiladi va xavfsizlikni taʼminlovchi tavsiyalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvlar natijalari boʻyicha texnik hujjatlarga nuqsonlar sxemalari, quvur tanasining butunligicha yoki uchastkalari boʻyicha foto-, video tasviri, konstruksiyaning juda xavfli shikastlanish va nuqsonlarini tushuntiruvchi suratlar ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosalarning asosiy holatlari quvur tanasini va konstruksiyalarini, ulardagi mavjud shikastlanish va nuqsonlarni eʼtiborga olgan holda tutib turish qobiliyatini baholash qismida tegishli hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Bajarilgan tekshiruvlarning barcha materiallari tegishli quvur texnik pasportiga ilova qilinadi. Topilgan nuqsonlar haqidagi maʼlumotlar ularni bartaraf etish muddatlarini belgilagan holda, inshootning texnik holati jurnaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Quvurlarni koʻzdan kechirish va tekshirish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Quvur va gaz yoʻlakchalarini tashqari tarafdan koʻzdan kechirishda kamida 2 odam, ichki tarafdan esa — kamida 3 odam ishtirok etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Gaz yoʻlaklaridagi va tutun quvurlaridagi ishlar qatʼiy ravishda bu hududlarni obdon shamollatib va ishlab turgan qozonlar (agregatlar) tarafidan tutun gazlarini kirib kelish sabablari oldi olinganidan soʻng, shuningdek bugʻni puflovchi liniyalarni oʻchirish bilan (tiqinlarni joylab) amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Quvurlarni koʻzdan kechirish va tekshirish ishlari majburiy ravishda shaxsiy himoya vositalaridan (kaska, koʻzoynak, himoya kamarlari, respirator), shuningdek ishlarni tashkillashtirish loyihasida koʻrsatilgan boshqa vositalardan foydalangan holda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Quvur ichida koʻtarish va tushirishlar uchun yurish narvonining shaxtasi butun uzunligicha va ishchi maydonchasi sathidan 2,5 m balandlikda 4 tarafidan toʻr bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Rigellar, kashaklar yoki koʻtargich sim arqonlari boʻyicha koʻtarish va tushirishlar, shuningdek bir vaqtning oʻzida bir necha odamning quvurdan skobalar yoki tashqi yurish narvonlari boʻyicha koʻtarilishi yoki tushirilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Ishlar 1,3 m va undan katta balandlikda bajarilishida amaldagi standartlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan havoza va kajavalar oʻrnatilishi kerak. Havoza va kajava buyumlariga ularni ishlab chiqaruvchi tomondan berilgan texnik pasportlari boʻlishi kerak. Mustahkamligi va bardoshliligi hisoblangan havozadan foydalanuvchi tashkilotning xavfsizlik texnikasiga masʼul xodimi bilan kelishilgan, alohida loyihalar boʻyicha havozalarning oʻrnatilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. 4 m dan ziyod balandlikda boʻlgan havozalar faqat hayat tomonidan qabul qilinib, dalolatnoma rasmiylashtirilganidan soʻng foydalanishga kiritiladi. Komissiya havozadan foydalanuvchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ishlar 1,3 m va undan ziyod balandlikda, himoya toʻsiqlarisiz bajarilishida xavfsizlik kamarlaridan foydalanish zarur. Kamarlarda navbatma-navbat tutilishi uchun karabinlari bilan ikki zanjir boʻlishi kerak. Yurish narvonlaridan himoya kamarisiz foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Osma moslamalar yordamida koʻzdan kechirish jarayonida quvur atrofidagi xavfli hudud quvur balandligining tsokoldan oʻlchangan 0,1 masofasida toʻsilishi va toʻsilgan hududga kirishni taqiqlovchi belgilar osilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Quvurni ishlatuvchi har bir korxonada quvurlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha mahalliy yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi va texnik rahbariyat tasdiqlanishi kerak. Yoʻriqnomalar ishlab chiqarish spetsifikasini, tizimning xavfsizlik normalari va ushbu Qoidalar talablarini hisobga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Taʼmirlash ishlarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ishlatuvchi korxona bino va inshootlarning rejaviy-ogohlantiruvchi taʼmirlash jadvallari quvurlarning joriy va kapital taʼmirlash ishlari bajarilishini koʻzda tutishi va ular inshootning rejaviy va rejadan tashqari texnik koʻriklari va tekshirishlar natijalariga qarab, oʻz vaqtida toʻgʻrilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Joriy taʼmirlashda profilaktik ishlar yoki quvur konstruksiyasining keyinchalik buzilishi hollarini oldini olish maqsadida “V” toifasidagi shikastlanishlarni bartaraf etish ishlari bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Quvurlarning joriy taʼmirida ishlar hajmi va ularni bajarish muddatlari koʻrik natijalari va texnik holatini nazorat qilish boʻyicha masʼul xodimlar talabnomalari asosida belgilanadi. Talabnomalar ishlatuvchi korxonaning texnik nazorat xizmati bilan, bunday xizmat boʻlmagan hollarda jalb etilgan tashkilotlar bilan kelishiladi (21-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Joriy taʼmirlash ishlari quvurni ishlatuvchi korxona tomonidan yoki tegishli vakolatga ega korxona tomonidan bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Quvurlarni kapital taʼmirlash jarayonida kuchaytirish yoki eyilgan, shikastlangan konstruksiyalarni yoki ularning ayrim qismlarini almashtirish ishlari (quvur tanasini kuchaytirish yoki uzaytirish, futerovkani, yurish narvonlari qismlarini, svetoforli maydonchalar konstruksiyalarini almashtirish, quvur poydevori va tanasini taʼmirlash va boshqalar) bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Kapital taʼmirlashda ishlar hajmi ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar boʻyicha quvurning texnik holatini tekshirish xulosalari asosida belgilanadi. Kapital taʼmirlash ishlarini bajarish uchun ishlatayotgan korxona tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Quvurlarni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlar tegishli vakolatga ega korxona yoki ishlatayotgan korxonaning boʻlinmasi tomonidan bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Quvurni tashqi tarafidan (kallak qismidan tashqari) joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini xizmat koʻrsatilayotgan texnologik agregatlarni (uskunalarni) oʻchirmasdan turib, amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Tekshirish ishlarini amalga oshirgan ixtisoslashgan tashkilot tarafidan quvur konstruksiyalarining keyingi taʼmirlashlar oraligʻidagi davrda halokatsiz ishlatilishi mumkunligi haqida xulosasi mavjud boʻlsa, xizmat koʻrsatilayotgan agregatlarning (qurilmalarning) taʼmirlanishi bilan bir vaqtga keltirilgan mukammal taʼmirlash ishlarining bir necha bosqichda bajarilishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Taʼmirlash ishlari bajarilganida asosiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Quvurni taʼmirlash boʻyicha barcha koʻrinishdagi ishlar maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan ishlarning bajarilishi boʻyicha ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Tananing tashqi yuzasini taʼmirlash boʻyicha ishlar svetoforli maydonchalardan, perimetr boʻyicha joylashgan osma havozalardan, kronshteynlarga oʻrnatilgan osma kajava yoki reshtovkalardan turib, bajarilishi kerak. Barcha moslamalar ishlarni bajarish loyihasi talablariga muvofiq tayyorlangan va sinovdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning quvurni mavjud elementlariga yoki maxsus oʻrnatilgan konstruksiyalarga ishonchli mahkamlanishiga alohida eʼtibor berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yuzani tozalash, gʻisht terimlaridagi yoriqlarga, tana betoni va armaturasidagi yemirilish qatlamlarini olish, tortuvchi halqalar holatini tekshirish ishlari tepadan pastga qaratib, nuqsonli hududlarni tiklash, yoriqlarni yamash, halqalarni tortib qoʻyish, torkretirlash va tanani temir beton halqalarini joylash usuli bilan kuchaytirish ishlari esa — pastdan tepaga qaratib amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Materiallarni koʻtarish va qurilish axlatlarini pastga tushirish, ularning hajmiga qarab yoki quvur tanasiga mahkamlangan shaxta yuk koʻtargichi yordamida yoxud tana va chigʻir stansiyasining tepa qirqimiga joylashtirilgan blok tizimlariga ega poʻlat balka yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Quvurlarning ichkari tarafini taʼmirlash ishlari ular kul va boshqa choʻkindilardan tozalanib, shamollatilishi yetarliligi va havoda tutun gazlari, zararli va portlovchi moddalarning yoʻqligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Quvurlarning ichki tarafida bir vaqtning oʻzida bir nechta yaruslarda ishlashda ularning har biri yuqoridagisidan yaxlit himoya toʻshagi bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Bir vaqtning oʻzida ikki va undan koʻp yaruslardan turib, futerovkani qismlarga ajratish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Quvurlarning ichki tarafidagi taʼmirlash ishlari yoritish va aloqa vositalari bilan jihozlangan, kajava stansiyasi bilan harakatga keltiriluvchi, qatʼiy ravishda ehtiyot kanatlarni qoʻllash orqali shaxta yuk koʻtargichlari yoki osma maydonchalardan foydalanib, amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Quvur futerovkasini qismlarga ajratish tepadan pastga tomon amalga oshiriladi. Yuqoridagi futerovkaning oʻz-oʻzidan qoʻporilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun pastki qatorlardagi futerovkani koʻchirishga ruxsat berilmaydi. Tanlama ravishdagi taʼmirlashda futerofkaning ayrim hududlarini chiqarish ishlari uning qolgan qismi bardoshliligini taʼminlagan holda, amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Ajratuvchi devorni taʼmirlash ishlariga quvur futerovkasi obdon tekshirilib uning elementlarini bexosdan tushib ketishini mustasno qiluvchi choralar koʻrilganidan soʻng kirishishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Sanoat quvurining ogʻishlari yoki boʻylama oʻqining qiyshayishlarini aniqlash bilan bogʻliq ishlar tegishli vakolatga ega korxona tomonidan tananing tikligini doimiy kuzatib turgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha boʻyicha bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Quvurning konstruktiv elementlari ishlatish xususiyatlarini toʻla hajmda tiklamasdan turib, uni ishlatish mumkin boʻlmasa, maxsus loyiha boʻyicha quriladigan vaqtinchalik metall quvurlaridan foydalanish yoʻli bilan texnologik agregatlarning (uskunalarning) ishlashini taʼminlashga ruxsat etiladi. Agregatlarni (uskunalarni) vaqtinchalik quvurga ulash ishlari ular toʻxtatilgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday vaziyatlarda asosiy quvurga keluvchi gaz yoʻlagida vaqtinchalik quvurni doimiy quvurdan ajratuvchi mustahkam devor quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin quvur hududi toʻsilib, taʼmirlovchilarning koʻtarilish joyida gʻisht, beton parchalari va boshqa elementlarning tushishini mustasno qiluvchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Taʼmirlash ishlari tugatilganidan soʻng ishlar rahbari barcha taʼmirlash xodimlarining chiqarilganligiga ishonch hosil qilishi, shuningdek quvur ichida moslamalar, materiallar va asboblar yoʻqligini tekshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Ishlatishga qabul qilib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Quvurni mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar tegishli vakolatga ega taʼmirlagan korxona tomonidan qabulga taqdim etiladi. Ishlarni qabul qilish hayʼati korxona rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi va komissiya tarkibiga quvurni ishlatuvchi boʻlim rahbari, quvurning texnik holatini nazorat qilish boʻyicha masʼul xodim va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi inspektori albatta kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Kapital taʼmirlashdan oʻtgan quvurni ishlatishga qabul qilib olish qabul hayʼati tomonidan dalolatnomani rasmiylashtirgan holda, amalga oshirilishi kerak. Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kiritilgan oʻzgartirishlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan ishchi chizmalarining toʻliq toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yashirin ishlarni bajarish uchun dalolatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qoʻllanilgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalarning pasportlari va sertifikatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) beton nazorat namunalarini sinash dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korroziyaga qarshi, issiqlik izolatsiyasi va futerovkalash ishlarini bajarish dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ishlarni bajarish, panellarni, osmalarni va metall konstruksiyalarni tayyorlash jurnallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quvur elementlarini tugunma-tugun qabul qilish dalolatnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Bajarilgan ishlar (shu jumladan yashirin ishlar) sifatini koʻzdan kechirish va asbob-diagnostika nazoratining natijalari topshirish-qabul qilish hujjatlari bilan umumlashtiriladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Ishlatishdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Quvurlarni ishlatishdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tekshirish ishlarini bajargan tashkilot tomonidan halokat holatidagi quvurni kuchaytirish yoki taʼmirlash imkoniyati yoʻqligi haqida xulosa berilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sanoat obyektining umumiy tiklanishi natijasida quvurdan foydalanish zaruriyati qolmasa yoki yangi quvurni oʻrnatish talab etilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quvurni saqlashga tayyorlash boʻyicha ishlar bajarilishini talab etuvchi xizmat koʻrsatilayotgan agregatlar (uskunalar) toʻxtatilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Ishlatishdan chiqarilgan quvurlar vaqtincha saqlashga tayyorlanishi yoki bartaraf etilishi kerak. Gʻishtli va temir beton quvurlarni qismlarga ajratish ishlari odamlar va atrofdagi bino va inshootlar xavfsizligini taʼminlovchi maxsus ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Quvurlarning maxsus loyiha boʻyicha va buning uchun boʻsh maydonchalar mavjud boʻlgani taqdirda, kesib ajratish yoki nishonga olib portlatish usuli bilan bartaraf etilishiga (olib tashlanishiga) ruxsat beriladi. Taxmin qilinayotgan agʻdarilish tarafida sektor radiusi quvur balandligining 1,5 baravaridan, quvurning qarama-qarshi tarafida esa — 15 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agʻdarish hududidagi maydoncha oʻralgan boʻlishi va postlar bilan qoʻriqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Mazkur Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi B.M. TEShABOYEV