16.08.1995 yildagi PF-1213-son
Hujjat 02.05.2007 sanasi holatiga
Hujjat 28.04.2026 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Farmoni
PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARIDA ISH HAQI MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARIDA ISH HAQI MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
8. Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin”.
Budjet muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga mazkur fond mablagʻlari hisobidan xodimlarning ish haqiga shaxsiy ustama haqlarini belgilash huquqi berilsin.
Ana shu fondni tashkil etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar 1995-yilda mehnat haqi fondini tejash hisobidan qoplansin.
Moliya vazirligi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin hamda unda aniq maqsadni koʻzlab foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirsin.
8. Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, nogironligi boʻlgan bolalar, ayollar va erkaklar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari va nogironligi boʻlgan shaxslar reabilitatsiya markazlari xodimlarini ragʻbatlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
1995-yil 16-avgust,
1995-yil 16-avgust,
PF-1213-son
PF-1213-son