Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.06.1995 yildagi PF-1164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT MULKI BOʻLGAN KORXONALARNI AKSIYALAShTIRIShNI JADALLAShTIRISh VA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish surʼatlarini jadallashtirishni amalga oshirishga imkon beradigan normativ-huquqiy baza yaratildi. Hukumat tomonidan Davlat xususiylashtirish dasturi tasdiqlangan, unda qonunda belgilangan yondashuvlar aniqlashtirilgan, maqsadlar, ustuvorliklar belgilangan, tarmoqlar va hududlar boʻyicha xususiylashtirishga doir topshiriqlar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtga kelib respublikada uch mingdan koʻproq davlat korxonalari aksiyalashtirilgan. Ushbu jarayonlar “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalarida, shuningdek, Andijon, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida faol amalga oshirilmoqda. Bir qator aksiyalashtirilgan korxonalarning hatto qisqa muddatdagi faoliyati ham ular ishining ancha yaxshilanganidan, aksionyerlar daromadlarining koʻpayganligidan, mulkdorlik tuygʻusining, ijodiy va mehnat potensialining safarbarligi oshganligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq bir qator vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari yangilikka intilmayaptilar hamda korxonalarni aksiyalashtirish jarayonining Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi muhim roli va ahamiyatini tushunib yetmayaptilar. Korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda maʼmuriy-boshqaruv xodimlari orasida hanuzgacha saqlanib qolgan boshqaruvning maʼmuriy buyruqbozlik tizimi paydo qilgan boqimandalik kayfiyati aksiyalashtirish muddatlarini choʻzib yuborishning va baʼzan uni eʼtirof etmaslikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holat davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga har tomonlama koʻmaklashishga, ushbu jarayonlarni jadallashtirish boʻyicha zarur tushuntirish va operativ ishlarni taʼminlashga daʼvat etilgan bir qator davlat muassasalari ishlarida chuqur ildiz otgan byurokratizm oqibatida ham kuchaymoqda. Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va shu kabilar bir qator boʻlinmalarining masʼul xodimlari koʻpincha byurokratizm va sansalorlikka yoʻl qoʻyishmoqda, aksiyalashtirilayotgan korxonalarning taʼsis hujjatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishda sunʼiy toʻsiqlar vujudga keltirishmoqda, bu bilan aksionerlik jamiyatlarini shakllantirish muddatlarini choʻzib yuborishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan korxonalarni aksiyalashtirishning tashkiliy mexanizmlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan, bu esa baʼzan ushbu gʻoyat muhim ishni amalga oshirishda suiisteʼmolchilik hollariga olib kelmoqda. Qimmatli qogʻozlar bozori sust rivojlanmoqda, qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozori esa amalda tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, viloyatlar, shaharlar va tumanlar rahbarlarining hammasi ham davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qimmatli qogʻozlar bozori va umuman bozor infrastrukturasini rivojlantirish masalalari bilan shaxsan shugʻullanmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bularning barchasi monopol tuzilmalarni tarqatib yuborish yoʻlida koʻplab toʻsiqlar paydo boʻlishiga, boshqaruvning hamda moddiy resurslar va moliya mablagʻlarini taqsimlashning markazlashgan tizimi saqlanib qolishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada “Oʻzmashsanoat” uyushmasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tarkibiga kiruvchi, shuningdek Namangan, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi davlat korxonalarini aksiyalashtirish jarayoni asossiz ravishda choʻzib yuborilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish, bu jarayonga respublika aholisini keng jalb qilish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida amalda boʻlgan qonunchilik va normativ hujjatlarga soʻzsiz rioya qilish boʻyicha ishlari qoniqarsizligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishning tartib-qoidalarini mumkin qadar soddalashtirish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirishni, tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarining aksizlari va sertifikatlarini oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish va chiqarish uchun hududiy, tarmoq va ishlab chiqarish boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligini nazarda tutuvchi yagona tartibni tasdiqlasin. Bunda quyidagilardan kelib chiqilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga tashkiliy rahbarlikni va uni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi davlat korxonasi negizida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatining taʼsischisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish jarayonida roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari va boshqa toʻlovlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aholini davlat korxonalarini aksiyalashtirishga keng jalb qilish va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish maqsadida, aholining pul mablagʻlarini bir joyga jamlovchi va aksiyalarning barqaror daromad berishini taʼminlovchi investitsiya fondlari tarmoqlarini tashkil etish zarur deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari investitsiya fondlariga zarur binolarni muayyan maqsadda ajratish, auditorlik firmalari tarmogʻini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, investitsiya fondlarini axborot bilan taʼminlash va ular uchun mutaxassislar tayyorlash yoʻli bilan investitsiya fondlari tashkil etilishi va ularning faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda 1995-yil uchun iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha qayta oʻzgartirilayotgan davlat korxonalarining aksiyalarini chiqarish jadvalini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda qonun buzilishlari va suiisteʼmolchiliklarni istisno qilish mexanizmini nazarda tutgan holda investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot tegishli tarmoqlarining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni tartibi va muddatlariga soʻzsiz rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi majmuilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 225-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi “Toshkent” respublika fond birjasining, Milliy depozitariy va investitsiya fondlarining oʻz infrastrukturasini rivojlantirishga va reklamaga yoʻnaltiriladigan foydasidan 1996-yil 1-yanvargacha soliq olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ommaviy axborot vositalari aksionerlik jamiyatlari va qimmatli qogʻozlar bozori rivojlantirilishi bilan bogʻliq masalalarni keng yoritsinlar, qimmatli qogʻozlar bilan muvaffaqiyatli ishlovchi korxonalar tajribasi yoyilishiga koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va normativ hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1164-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 142-modda, 10-11-son, 225-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)