Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 28.10.1997 yildagi PF-1875-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KAPITAL QURILIShNI TAShKIL ETIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish, tuzilma xususiyati va ahamiyatiga ega boʻlgan yirik obyektlar qurilishi boʻyicha investitsion loyihalarni amalga oshirishda zarur tartib oʻrnatish, valyuta mablagʻlaridan samarali foydalanish, shuningdek xorijiy hamkorlar oldida olingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1997-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy taʼminot manbalaridan qatʼi nazar, qiymati 25 million soʻm va undan ortiq boʻlgan (1991-yil narxida) obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili davlat budjeti bilan birgalikda tasdiqlanadigan respublika investitsion dasturiga kiritilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatidan qatʼi nazar, hukumat kafilligida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilgan holda barpo etilayotgan obyektlar boʻyicha qurilish, rekonstruksiya qilish hamda texnik qayta jihozlashga qaratilgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qabul qilingan xalqaro bitimlarda texnik-iqtisodiy asoslarni tasdiqlashning boshqacha tartibi koʻzda tutilgan boʻlsa, ana shu bitimlarda belgilangan tartiblar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaganiga qadar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning, joylardagi davlat organlarining oʻz mablagʻi, tijorat banklari kreditlari hamda bevosita xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan boshqa investitsion loyihalar boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar koʻrsatilgan organlar, korxonalar yoki ularning yuqori tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi mahsulotlar hamda bajarilgan pudrat ishlari uchun erkin muomaladagi valyuta sarf qilingan holda barpo etilayotgan qurilishlarning manzil roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari obyektlar qurilishini moliyaviy jihatdan taʼminlashda mazkur Farmonda belgilangan investitsion loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini tasdiqlash va kelishish tartiblariga qatʼiy amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsion loyihalarni barpo etish va amalga oshirishning belgilangan tartiblariga rioya qilish boʻyicha shaxsiy javobgarlik buyurtmachi vazifasini bajarayotgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari, tijorat banklari boshqaruvlari raislari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatlar va buyurtmachilar misolida tugallanmagan qurilish boʻyicha yarim yillik statistik hisobotni ishlab chiqib, 1998-yil 1-yanvaridan joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika, soha va hududiy miqyoslarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yakunlarini koʻrib chiqishda asosiy eʼtibor tugallanmagan qurilishlar tahlili hamda ularni kamaytirish choralariga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1875-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 279-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)