Soliqlar va majburiy to‘lovlarning budjetga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash, soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga soliqlar va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda to‘lovni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
2. Tijorat banklari vakillik hisob-varaqlarining holatidan qat’i nazar, soliq to‘lovchida mablag‘ mavjud bo‘lgan taqdirda budjetga to‘lovlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
qarzdor korxonaning so‘mlardagi mablag‘i yetarli bo‘lmagan va valyuta hisob-varaqlarida mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi bo‘yicha mazkur valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotiladigan kundagi kurs bo‘yicha, budjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qat’i tartibda sotish huquqi berilsin.
eksport mahsuloti (markazlashtirilgan eksport bundan mustasno) respublika bojxona chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 60 kundan keyin sotilgan hisoblanadi va tegishli barcha soliq to‘lovlari to‘lanishi majbur;
soliq idoralarining so‘rovi bo‘yicha banklar o‘z mijozlari bo‘lmish korxonalarning soliq to‘lovlarini bekamu-ko‘st va to‘g‘ri to‘layotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun shu korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni berishlari shart;
xo‘jalik yurituvchi subyekt xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka o‘tganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘zining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlari qanday holatda ekani to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargandan keyingina yangi hisob-kitob varag‘ini ochishga yo‘l qo‘yiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Ko‘rsatilgan hajmdan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5813-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 06/19/5813/3708-son)
korxonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi yuridik va jismoniy shaxslarga veksellar bilan operatsiyalar bo‘yicha yoki bajarilishi to‘xtatilgan shartnoma bo‘yicha oldindan to‘lash holida tushgan to‘lovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablag‘larini to‘lashga yo‘l quyilmaydi. Mazkur pul mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga o‘tkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korxona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaxsning bank hisob-varag‘iga oldindan o‘tkazilmay berilgan naqd pul mablag‘i miqdorida jarima solinadi.
4. 1996-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida mavoza asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
6. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda veksellarni qo‘llanishi budjet bilan hisob-kitoblar tartibining buzilishiga olib kelinmasligini nazarda tutgan holda veksel muomalasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab respublika Moliya vazirligi va moliya idoralarining tarkibiga respublikaning aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi katta korxonalarida aksiz soliqlari bo‘yicha inspektorlar lavozimini joriy etish, ularning zimmasiga aksiz soliqlarini xomcho‘t qilish va tushumini ta’minlash vazifalari yuklash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchi mazkur katta korxonalar, birinchi navbatda vino-araq mahsulotlari ishlab chiqaradigan shunday korxonalarda daromadlarni muttasil nazorat qilish hamda budjet oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun ularning ro‘yxatini har yili tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 29-martdagi PF-2276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 80-modda)
9. Respublikaning sud va soliq idoralari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzishga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 176-moddasida ko‘zda tutilgan ma’muriy ta’sir choralarini kengroq qo‘llasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.