26.03.2002 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqning ishlab chiqarish infratuzilmasini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, mintaqalar aholisini sifatli ichimlik suvi taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar Kengashi “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga toʻlov muddati 25 yil, shu jumladan imtiyozli davri besh yil boʻlgan kredit berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot bankining krediti Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit bitimi asosida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkommunxizmat” agentligi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya davri (2002 — 2006-yillar)da foizlar va vositachilik haqi Osiyo taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 1-yanvardan boshlab asosiy qarzni qoplash, kredit boʻyicha vositachilik haqi va foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi yetishmayotgan qismi esa — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi toʻlashga yetishmayotgan qismiga mablagʻlar nazarda tutiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va kommunal-foydalanish birlashmalari, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalarining oʻz mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda viloyatlar va shaharlar budjetlari zaxira jamgʻarmalari, shuningdek manfaatdor korxonalar va tashkilotlar mablagʻlari hisobiga Loyihani moliyalashtirishda qatnashishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha boʻyicha batafsil texnik-iqtisodiy hamda muhandislik-loyiha hujjatlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kredit mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi uchun masʼuliyat “Oʻzkommunxizmat” agentligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan Kredit bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasidagi Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Loyiha bitimini, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan shaharlarning “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari bilan Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Kredit bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasidagi Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha bir hafta muddatda yuridik xulosa bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006 — 2010-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda, loyihani moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining yetmagan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasida mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligi bir oy muddatda belgilangan tartibda 7 kishidan iborat Loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda joylarda har biri 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhlarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida erishilgan kelishuvga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, xizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq toʻlovlari, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va bojxona toʻlovlari (yagona ijtimoiy toʻlov va bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida pudratchilar 2011-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda buyurtmachi toʻlashi uchun taqdim qilinadigan bajarilgan ishlar hajmiga, istisno tariqasida, qoʻshilgan qiymat soligʻining nul stavkasini qoʻllaydilar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Loyihani amalga oshirishda, shu jumladan Loyiha doirasida qoʻllangan soliq imtiyozlari va afzalliklari hisobiga Hukumat ulushining qatʼiy hisobi yuritilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan mazkur Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalarning berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)