Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI, DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI VA MARKAZIY BANKINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2148]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining 1998-yil 3-iyundagi 04-01-02/386, 98-75, 76-V-son “Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida”gi tushuntirishi (roʻyxat raqami 449, 1998-yil 30-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 25-iyundagi 68, 2007-38, 291-V-son “Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1701, 2007-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 339-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
2010-38-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
32/4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 358-modda)