Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 28.08.1992 yildagi PF-461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON IJODKOR YoShLARINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodkor yoshlarning maʼnaviy kamol topish sharoitlarini yaxshilash, ularning faoliyatini kuchaytirish hamda respublikaning madaniy texnikaviy potensialiga qoʻshadigan hissasini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1993-yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddat ichida Nukus shahrida, barcha viloyat markazlarida respublika yoshlarining eng muhtoj qismi uchun 30 xonali, Toshkent shahrida esa 60 xonali uy-joy binolarini loyihalash va qurishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ana shu uylardagi turar joylarni tegishli ijodiy uyushmalar va ilmiy tashkilotlarning tavsiyalari asosida berish tartibini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika komiteti hamda Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 10 kun muddat ichida mazkur uylarni, loyihalash hamda qurishni pul bilan taʼminlash manbalariga oid masalalarni koʻrib chiqib hal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Madaniyat ishlari vazirliklariga, Kinematografiya davlat kompaniyasiga va Fanlar akademiyasiga ijodiy uyushmalar hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddat ichida quyidagi takliflarni kiritish topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalar Davlat mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— respublika maktab olimpiadalarining ijodkor yoshlar xalqaro va respublika tanlovlarining gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish, ularni kirish imtihonlarisiz oʻz sohasi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— aʼlochi talabalar va aspirantlar uchun Oʻzbekistonning atoqli madaniyat arboblari sharafiga qoʻshimcha stipendiyalarni taʼsis etish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ijodkor yoshlarning asarlari va ishlarini bosib chiqarishini yaxshilash toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— kommunal va maishiy xizmat haqini toʻlashda, jamoat transportidan foydalanishda ijodkor yoshlar uchun imtiyozlar berish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— isteʼdodli yoshlarni chet ellarda oʻqish va malaka oshirish uchun yuborish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh soliq boshqarmasi 10 kun muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston ijodiy uyushmalarini asosiy ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha soliqlardan ozod qilish haqida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi 20 kun muddat ichida ushbu Farmonni bajarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni taʼminlovchi qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-461-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 436-modda)