Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.01.2004 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKINLARNING PAYHON QILINISHI VA NOBUD BOʻLISHIGA QARSHI KURASHNI YANADA KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari qishloq xoʻjaligi ekinlarining payhon qilinishi va nobud boʻlishining oldini olish muammolariga yetarli eʼtibor bermayotganliklari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari ushbu dolzarb masalaga toʻla jalb qilinmayotganligi va ularga nisbatan talabchanlikning pastligi oqibatida, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ekinlarning payhon qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan yetarli chora-tadbirlar koʻrilmayotganligi natijasida ayrim xoʻjaliklarga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining payhon qilinishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida sezilarli ravishda yoʻl qoʻyilayotganligi tashvishli holdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlari avvalo risqu-roʻzimiz boʻlmish gʻalla maydonlarini payhon qilinishining oldini olish va nobud boʻlishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish hamda ushbu masalada tegishli idoralar rahbarlarining masʼuliyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinlarning payhon qilinishi va nobud boʻlishiga qarshi tegishli chora-tadbirlar koʻrmayotganliklari hamda bu borada zarur nazoratni taʼminlamayotganliklari uchun qattiq ogohlantirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlarining ekinlarni payhon qilinishi va nobud boʻlishi holatlari uchun masʼuliyatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha shoshilinch tadbirlar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinzorlarda chorva mollarini boqish, ularni qarovsiz qoldirish va ekinzorlar orqali hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalari oʻtishi, shuningdek, ekinlarning payhon qilinishi va nobud boʻlishiga olib keluvchi boshqa salbiy holatlarga qarshi kurash choralarini yanada kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla posbonlari bilan hamkorlikda ekinlarni payhon qilinishining oldini olish boʻyicha muntazam ravishda reydlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari payhon qilinishi mumkin boʻlgan joylarda tashkil etilgan kuzatuv postlari xodimlari va dala qorovullarining faoliyati samaradorligini oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” jamgʻarmasi qishloq xoʻjaligi ekinlari payhon qilinishining oldini olish boʻyicha mahalla faollari va keng jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda tarbiyaviy-tushuntirish ishlarini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Eʼtiborga olinsinki, amaldagi qonunchilikda ekinzorlarni payhon qilganlik uchun belgilangan javobgarlik asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarning ekinzorlarni payhon qilishi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekinzorlarni texnika vositalarida bosib oʻtish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquqbuzarlik uchun belgilangan jarima bilan bir qatorda ekinzorlarni payhon qilish oqibatida keltirilgan zarar aybdor shaxs hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) qishloq xoʻjalik ekinlarining payhon qilinishi va nobud boʻlishining oldini olish yuzasidan tashkiliy profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazish haqida qoʻshimcha tadbirlar belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R.Qodirov) qishloq xoʻjaligi ekinlarining payhon qilinishi va nobud boʻlishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Xazratqulov), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), ommaviy axborot vositalari qishloq xoʻjaligi ekinlari payhon qilinishi va nobud boʻlishining oldini olishga qaratilgan amaldagi qonunchilikning targʻib qilinishini va bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarning muntazam ravishda yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari I. Joʻrabekov va T. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 14-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son