Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 03.05.2002 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq bayrami — 9-may — Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 57 yilligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 9000 (toʻqqiz ming) soʻm miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita va Milliy xavfsizlik xizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda toʻlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz erkinligi va shaʼni himoyachilarini sharaflashga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 3-may,

152-son