Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.2022 17.09.2010 yildagi O‘RQ-258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.11.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi OʻRQ-790-sonli “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 19-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 824-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 221-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“favqulodda vaziyat — odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 8-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “aholi hayoti va sogʻligʻini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish” degan soʻzlar “odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 9-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi va 11-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “harbiylashtirilmagan tuzilmalar” degan soʻzlar “qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “atrof tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolarning hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning hayot faoliyatini tiklash” degan soʻzlar “fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-258-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 316-modda)