01.06.2010 yildagi O‘RQ-250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SUD EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7--8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 68-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 174-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari oʻtkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 175 va 176-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“175-modda. Tekshirish obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizani oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) quyidagi mazmundagi 1761-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1761-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 177 va 178-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“177-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178-modda. Kompleks ekspertiza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 182-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida oʻzi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish obyektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert koʻrsatilmagan boʻlsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi, tekshirish obyektlarining saqlanishini taʼminlaydi, ekspertizani oʻtkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar boʻlmasa, ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani oʻtkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 183-moddaning ikkinchi qismidagi “xulosa berishdan boʻyin tovlaganlik, shuningdek bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar “bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 184 va 185-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 186-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspert faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertni u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 188-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, oʻsimlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni hal qilish uchun zarur boʻlsa, haqlidir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 299-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus bilimlarga zarurat tugʻilgan hollarda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) ruxsati bilan ishni koʻrib chiqishda hozir boʻlish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert: oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 2991-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2991-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (mansabdor shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (mansabdor shaxsning) talabiga binoan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) uchun majburiy emas, biroq uning xulosaga qoʻshilmasligi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-250-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 174-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)