Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 30.03.2010 yildagi PF-4210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 1-apreldagi PF-3983-sonli Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qoʻlda ishlangan amaliy sanʼat buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2017-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 689-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Hunarmand” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan soliq imtiyozi tatbiq etiladigan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari — badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat buyumlarini uy sharoitida ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar roʻyxatini aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan soliq imtiyozining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 93-modda; 2011-y., 52-son, 558-modda; 2012-y., 37-son, 425-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda)