Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.02.1997 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, imon-eʼtiqodini mustahkamlash va muborak haj amallarini ado etishda qulayliklar va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 1997-yilgi haj ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyxatini respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchiligi markazi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalarining joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini eʼtiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masʼuliyati toʻlaligicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1997-yil haj safarini tashkil etishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita bevosita yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (A.Roʻzmetov) 1997-yil aprel oyida ziyoratchilarning Jidda shahriga borib-kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida joʻnash va qaytish manzillarini joylarda tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Davlat soliq Qoʻmitasi (Sh.Gataulin) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh.Karimov) Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va haj davrida ularga yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borish oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarning oldini olish va ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbeksavdo” davlat aksionerlik uyushmasi (Z.Fayziyev) va “Oʻzbekbirlashuv” uyushmasi (F.Burxonov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining buyurtmalariga asosan, ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini joylarda tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (R.Azimov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga binoan mamlakatimizdan hajga ketayotgan har bir fuqaro uchun 1346 (bir ming uch yuz qirq olti) AQSh dollarini imtiyozli — vositachilik haqi olmagan holda almashtirib berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi soʻmlarini joylarda umumlashtirilgan holda yigʻib olish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining tegishli boʻlimlariga topshirish Oʻzbekiston musulmonlari idorasining masʼul xodimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu mablagʻlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdori konvertatsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati komissiyasi hajga boruvchilar uchun respublika birjasi orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga 4845600 (toʻrt million sakkiz yuz qirq besh ming olti yuz) AQSh dollarini sotishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.M. Baxodirov va Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 18-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son