Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSINING 329-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda) 329-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoxud surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.
Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi.
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga koʻra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:
1) oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, hujjatli taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan boʻlsa;
2) olis joylarda boʻlgan yoki chaqiruvga binoan hozir boʻlishdan boʻyin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur boʻlsa;
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qoʻshimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni boʻlmasa”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
OʻRQ-237-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 552-modda)