Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.06.1999 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ALOQA DEU” OʻZBEKISTON—KOREYA QOʻShMA KORXONASI FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi va “DEU Telekom” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan aloqa asbob-uskunalari va texnikasini ishlab chiqarish boʻyicha “Aloqa DEU” Oʻzbekiston—Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish, korxona qarzlarini kamaytirish va uni moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Aloqa DEU” qoʻshma korxonasining janubiy koreyalik sherigi “DEU Telekom” kompaniyasining 16327,4 ming AQSh dollari miqdoridagi ilgari olib kelingan butlovchi buyumlarni, “Aloqa DEU” qoʻshma korxonasining “DEU Telekom” kompaniyasi oldidagi koʻrsatib oʻtilgan summadagi qarzini oʻzaro hisobga olish shartlarida tegishli kontrakt tuzgan holda qaytarib olib ketishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib chiqib ketiladigan asbob-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari undirilmaydi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur kontrakt boʻyicha valyuta tushumining bir qismi majburiy sotilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aloqa DEU” qoʻshma korxonasiga mahsulotlarni Koreyaga ortib joʻnatish va 16327,4 ming AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskunalar va butlovchi buyumlarni saqlash va joʻnatish boʻyicha bojxona tartibotlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DEU Telekom” kompaniyasiga mazkur kontrakt boʻyicha butlovchi buyumlarni “Aloqa DEU” qoʻshma korxonasi hududida (Urganch shahri) uchinchi shaxslarga sotgungacha saqlash uchun imkon yaratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “DEU Telekom” kompaniyasi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish va faoliyatini qayta ixtisoslashtirish, uning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish boʻyicha tadbirlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294-son