Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 09.04.1999 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT—OʻSh—SARITOSh—IRKEShTOM AVTOMOBIL YOʻLINING OʻSh—SARITOSh—IRKEShTOM UChASTKASIDA LOYIHALASh, REKONSTRUKSIYA QILISh, KAPITAL TUZATISh BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDAGI BITIMNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent—Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom avtomobil yoʻlining Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom uchastkasida loyihalash, rekonstruksiya qilish, kapital tuzatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 1999-yil 27-yanvardagi Bitimga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻz zimmasiga 1999-2000-yillarda Toshkent-Andijon-Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom avtomobil yoʻlining Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom uchastkasida loyihalash, tiklash, tuzatish va rekonstruksiya qilish, yoʻl xoʻjaligi bazasini barpo etish boʻyicha umumiy summasi 30 mln. AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1999-yilda — 10 mln. AQSh dollari, 2000-yilda — 20 mln. AQSh dollariga teng birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirish majburiyatini olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻz zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan umumiy summasi 30 mln. AQSh dollariga teng bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlovni quyidagi tartibda: valyutada 15 mln. AQSh dollarini — Qirgʻiziston Respublikasi mablagʻlari hisobidan, 2001-yil 5-yanvardan boshlab (har chorakda yigirmata teng ulushdagi toʻlov bilan); valyutada 15 mln. AQSh dollarini — 2001-yil 1-yanvardan boshlab koʻrsatib oʻtilgan summa toʻliq toʻlab boʻlingunga qadar uchinchi mamlakatlar avtomobilda yuk tashuvchilaridan tushgan mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirish majburiyatini olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirgʻiziston Respublikasi bilan hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish uchun vakolatli banklar sifatida Qirgʻiziston Respublikasi tomonidan Qirgʻiziston Respublikasi Milliy bankiga, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga vakolat berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi investitsiya dasturida Toshkent—Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom avtomobil yoʻlining Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom uchastkasida loyihalash, tiklash, tuzatish va rekonstruksiya qilish, yoʻl xoʻjaligi bazasini barpo etish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlarni mablagʻ bilan maqsadli taʼminlash uchun qaytarib berish asosida davlat budjeti hisobidan 10 mln. AQSh dollariga teng miqdorda kapital mablagʻlar limiti nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2000-yilgi investitsiya dasturida Toshkent—Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom avtomobil yoʻlining Oʻsh—Saritosh—Irkeshtom uchastkasida loyihalash, tiklash, tuzatish va rekonstruksiya qilish, yoʻl xoʻjaligini barpo etish boʻyicha ishlarni mablagʻ bilan maqsadli taʼminlash uchun qaytarib berish asosida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 20 mln. AQSh dollariga teng summada kapital mablagʻlar limitini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni Qirgʻiziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlari ikki bosqichda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — tiklash, tuzatish va rekonstruksiya qilish, yoʻl xoʻjaligi bazasini barpo etish, shu jumladan, boshqa davlatlar tashkilotlari tomonidan bajariladigan va import boʻyicha yetkazib berish boʻyicha barcha amalga oshiriladigan ishlar hajmlarini belgilagan holda yaxlitlashgan koʻrsatkichlar boʻyicha loyihani texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) bosqichi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-iyulgacha — “ishchi hujjatlarini tayyorlash” bosqichi uchun ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirliklari bilan kelishgan holda hukumatlararo bitim va loyiha TIA shartlariga muvofiq hisob-kitob qilish va schyotlarni yuritishning texnik tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomobil yoʻlini tiklash, tuzatish va rekonstruksiya qilish boʻyicha nazarda tutilgan ishlarni oʻz vaqtida tugallash maqsadida tayyorgarlik koʻrish davri ishlari (loyiha-smeta hujjatlari, zarur boʻlgan yoʻl texnikasi va moddiy-texnika resurslarini xarid qilish)ga haq toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlarining vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan alohida chizmalar va smetalar boʻyicha amalda bajarilgan ishlar va yetkazib berilgan texnika uchun amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ushbu loyiha boʻyicha bajariladigan ishlar uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserniga belgilangan tartibda bitum va yonilgʻi-moylash materiallari ajratsin, hisob-kitoblarga tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq keyinchalik tuzatish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167-son