08.01.1992 yildagi PF-314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlarining roli va masʼuliyatini oshirish, qonun chiqarish faoliyatini kuchaytirish, aholiga huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini tashkil etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin. Qarorda quyidagilarni tuzish koʻzda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 7-maydagi PF-3243-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti hamda “Hayot va qonun” yuridik jurnalini chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining huquqqa doir siyosatini oʻtkazishda respublika davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli huquqiy masalalarni yechish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish chogʻida Prezident manfaatlarining ifodachisi boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarning sudlarida tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan nizolarni koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidan vakillik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi mana shu vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa respublikalar hamda ajnabiy davlatlarning tegishli davlat organlari va yuridik muassasalari bilan, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib borishga hamda shartnomalar va bitimlar tuzishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi ikki oy muddat ichida huquqiy muhofaza qiluvchi boshqa organlarning ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy siyosatini muvofiqlashtiruvchi Kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlashi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik organlarining huquqiy xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish, shuningdek fuqarolarga huquqiy yordam berish bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatiga litsenziya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat komitetlari va idoralar oʻzlarining huquq doirasida qabul qiladigan hamma uchun majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarni huquqiy jihatdan ekspertiza qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiyoriga oʻtkazilgan masalalarga doir qonun hujjatlarini oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyat sudining doimiy sessiyasiga, respublika hududida alohida tartib bilan ishlaydigan obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi davlat notarial idorasi va huquqiy maslahat berish xonalariga tashkiliy rahbarlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat komitetlari va idoralari zimmasiga oʻzlarining huquq doirasida meʼyoriy hujjatlarni chiqarish chogʻida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan yagona huquqiy siyosatni oʻtkazish majburiyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya komitetlari uch oy muddat ichida sudlarni, notarial idoralarni, ZAGS organlarini va advokatlarning huquqiy maslahat berish xonalarini binolar, inshootlar, transport vositalari hamda tashkiliy texnika bilan taʼminlashga yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligiga qonun chiqarish tashabbusi huquqini berish masalasini muhokama qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taklif kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-314-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 98-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 69-modda)