09.04.2009 yildagi O‘RQ-208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BAHOLASh FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 41, 42 va 43-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41-modda. Baholovchi tashkilot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot oʻz faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning isteʼmolchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega boʻlgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Baholovchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi baholash ishlarini oʻtkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan boʻlsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻtkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Baholovchining yordamchisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan oʻtkazish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega boʻlmagan jismoniy shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻladigan ish stajiga qoʻshiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 12—15-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12-modda. Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asoslardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomaga oid majburiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi oʻrtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashning maqsadi;

baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;

baholash obyektini baholashdan oʻtkazish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu litsenziyaning tartib (roʻyxatdan oʻtkazilganlik) raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qoʻyiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bogʻliq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Baholovchi tashkilotning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlardan foydalanish erkinligi taʼminlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy taʼsir etadigan boʻlsa, baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatib oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektlarini baholashdan oʻtkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan oʻtkazishni rad etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Baholovchi tashkilotning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga koʻra koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida oʻzining ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining soʻrovnomasiga koʻra baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari haqida axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonun hujjatlarining boshqacha tarzda buzilganligi faktlari toʻgʻrisida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish davomida buyurtmachidan olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda oʻqishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining soʻrovnomasiga koʻra axborot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“151-modda. Baholovchi tashkilot tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha professional xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot quyidagi qoʻshimcha professional xizmatlar koʻrsatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoʻshimcha professional xizmatlar ham koʻrsatishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 16 va 17-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16-modda. Baholash obyektini baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi baholovchi tashkilotning mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning va (yoki) baholovchining baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati boʻlgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-boʻyinchilik va quda-andachilik munosabatlarida boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga oid talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (roʻyxatdan oʻtkazilganlik) raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashning maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlarning mazkur maʼlumotlar olingan manbalar koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qoʻllanish chegaralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlangan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan voz kechish sabablari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har bir beti baholash obyektini baholashdan oʻtkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, hisobot baholovchi tashkilot rahbarining imzosi, mazkur tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi va buyurtmachiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot har xil sharhlashga yoʻl qoʻymasligi yoki chalgʻitmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“181-modda. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nizoliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur boʻlgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza oʻtkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr boʻlishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni oʻtkazishga va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotni ilgari oʻzi bajargan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchliligi toʻgʻrisida olingan ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda, nizo sudda koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektini baholashdan oʻtkazish materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga koʻra tayyorlanadi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga koʻra baholash obyektini takroriy baholashdan oʻtkazadi va baholash obyektining qiymati toʻgʻrisidagi xulosasini sudga taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 19—21-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19-modda. Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar boʻladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz oʻtkazganligi yoki lozim darajada oʻtkazmaganligi, maxfiy maʼlumotlarni oshkor etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar koʻrishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Baholovchi tashkilotlarning va baholovchilarning birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar oʻz manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-208-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 178-modda)