Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
SUD XODIMLARINING MANSAB DARAJALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 164-II-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida nizom”;
2) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi”;
3) 2-moddaning birinchi xatboshisidagi “Sud” degan soʻz “Sud va Markaz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3-moddadagi “Sud xodimlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 4-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan soʻzlar “Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga, Markaz direktoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Oliy xoʻjalik sudi raisining yordamchilariga” degan soʻzlar “Oliy xoʻjalik sudi raisining yordamchilariga, Markaz direktorining oʻrinbosariga, Markazning boʻlim boshliqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xoʻjalik sudining bosh (katta) konsultantlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy xoʻjalik sudining bosh (katta) konsultantlariga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulxona boshliqlariga, bosh mutaxassislariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulxona boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, Markazning katta konsultantlariga, kadrlar boʻyicha katta inspektoriga va devonxona mudiriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 5-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari apparati” degan soʻzlar “umumiy yurisdiksiya sudlari apparati va Markaz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 7-moddadagi “Sudlarga” degan soʻz “Sudlarga va Markazga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 10-moddadagi “sud” degan soʻz “sud va Markaz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 11-moddadagi “sudlarda” degan soʻz “sudlarda hamda Markazda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 13-moddadagi “Sud” degan soʻz “Sud va Markaz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 14-moddadagi “sud” degan soʻz “sud va Markaz” degan soʻzlar bilan almashtiril sin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-aprel,
OʻRQ-207-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 177-modda)