Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.08.2008 yildagi PQ-951-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PEKIN ShAHRIDA OʻTKAZILGAN 2008 YILGI XXIX YoZGI OLIMPIYA OʻYINLARI SOVRINDORLARI VA QATNAShChILARINI MUKOFOTLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pekin shahrida 2008-yilgi XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining xizmatlarini, ularning mamlakatimizning xalqaro nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga, respublikada bolalar va oʻsmirlar sportining ommaviyligini yanada oʻstirishga qoʻshgan hissasini munosib baholash, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida oʻz Vatanidan gʻururlanish va unga muhabbat, atoqli sportchilarimizning yangidan-yangi sport choʻqqilarini ishgʻol qilish namunasidan ibrat olishga intilish his-tuygʻularini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston homiylari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari va jamoatchiligining Pekin shahridagi XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlarining gʻoliblari, sovrindorlari va qatnashchilariga bir yoʻla beriladigan mukofotlarni quyidagi miqdorlarda belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin medal sohibiga — 200,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablagʻlari hisobidan 100,0 ming dollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumush medal sohibiga — 100,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablagʻlari hisobidan 50,0 ming dollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bronza medali sohibiga — 50,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablagʻlari hisobidan 25,0 ming dollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa qatnashchi-sportchilarga — homiylarning mablagʻlari hisobidan 2,0 ming dollardan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari va qatnashchilari boʻlgan sportchilarga pul mukofotlari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada — jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda bankda ochiladigan depozit valyuta hisobvaraqlaridan soliqlar undirilmagan holda AQSh dollarida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, zaruratni hisobga olgan holda, yozgi Olimpiya oʻyinlarining sovrindorlari boʻlgan sportchilarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi London shahrida oʻtkaziladigan 2012-yilgi XXX yozgi Olimpiya oʻyinlariga sportchilarni tayyorlashni tashkil qilish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasini tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 25-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-951-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 470-modda)