Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2021 18.11.1991 yildagi 423-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin, ushbu Qonunning 8, 9, 10 va 12-moddalarida koʻzda tutilgan qoidalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 1-yanvariga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga moslashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron deb hisoblash uchun asoslar roʻyxatini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish respublika jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 1-iyulgacha qonunning 8, 9, 10 va 12-moddalarida koʻzda tutilgan qoidalarning bosqichma-bosqich amalga kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi masalalarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salomatlikni tiklash markazlarini tashkil etish tartibi va muddatlariga, pul bilan taʼminlashga, ularning moddiy-texnikaviy va kadrlar taʼminotiga doir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarning jamoat birlashmalariga ixtisoslashtirilgan korxonalar barpo etish hamda ularning moddiy bazasini mustahkamlashda yordam berish haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash boʻyicha mutaxassislar, shu jumladan chet elda mutaxassislar tayyorlash haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar uchun maxsus ish joylari yaratish haqidagi masalalarni hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992—1994-yillarda ijtimoiy infrastruktura obyektlarini, birinchi navbatda transport vositalari va kommunikatsiyalarni, vokzal komplekslarini, aeroportlar, shuningdek nogironlar yashaydigan turar joy binolarini nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda qayta jihozlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
423-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 79-modda)